Oʻrta asrlardagi haqiqat detektori qanday koʻrinishda boʻlgan?

"Haqiqat lablari" Rimning eng gʻayrioddiy va mashhur joylaridan biridir. Yolgʻonni suv qilib ichadigan odamlar bu yerga kelgan paytda haligacha qattiq qoʻrquv ichida boʻladilar.

Detektor Plaza della Boca delo Verita maydonida joylashgan.


Medalon Avliyo Mariya in Kosmedin ibodatxonasining yonginasida joylashgan boʻlib, tahminlarga koʻra, u I asrda barpo qilingan antik favvoraning bir qismi boʻlgan va katta ehtimol bilan qadimiy ilohlardan biri boʻlmish Okeanus tavsirini yodga solgan. Bundan tashqari olimlar uning Tibr daryosi ilohi haykali boʻlishi mumkin ekanliginini ham aytishadi.


Haykal aylana koʻrinishda boʻlib, erkak kishi qiyofasini yodga soladi. Marmardan ishlangan detektorning yuzida salobatli soqol tasviri ham bor, umumiy diametri esa 1,75 metrni tashkil qiladi. Haykalning koʻzlari dum-dumaloq, ogʻiz qismi oʻrnida esa ulkan teshik joylashgan.

Tahminlarga koʻra, "Haqiqat lablari" eramizdan avvalgi 4 asrda yaratilgan va XVII asrga qadar dekor elementi vazifasini oʻtab bergan. Oʻrta asrlarga kelib esa odamlar uning ogʻiz qismiga qoʻl qoʻyilgan vaqti, yolgʻonchi odamlarning qoʻli kesib olinishiga ishona boshlaganlar.

U oʻrta asrlardagi haqiqat detektori sifatida mashhurlikka erishgan. Aytishlaricha, qoʻlini haqiqat lablarining ichiga solib, oʻsha vaqtda yolgʻon soʻzlagan odam detektorning jazosiga duchor boʻladi. Bundan tashqari, ayrimlar oʻz vaqtida uning orqa tomonida jallod turgani, aybi isbot etilgan yolgʻonchilarning qoʻlini haqiqatan uzib olganini aytadilar. Biror yolgʻonni isbotlash uchun aybdorlarni aynan mana shu yerga olib kelish odat tusiga kirgan.
"Haqiqat lablari" mashhurligi shunchalar oshib ketganki, uni bir necha filmlarda koʻrish ham mumkin. Odri Xepbern va Gregori Pek ishtirokidagi afsonaviy "Rim taʼtillari" qilmida ham aynan uning ishtirokidagi sahna mavjud ekanligini eslaysizmi?

Bugungi kunga kelib esa Rimga tashrif buyurgan insonlar"Haqiqat lablari" koʻrinishidagi esdalik sovgʻalari, turli oʻyinchoqlar va kichik qurilmalarni harid qilishlari mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



