Oʻtmishga nazar: Mardonavor hind ayoli – Indira Gandi

1917 yili19 noyabr kuni Ollohobod shahrida oʻz mamlakatida oʻzgartirishlar amalga oshirish va insonlarga yordam qoʻlini choʻzish taqdiri bilan buyuk hind ayoli Indira Gandi dunyoga keldi. Uning otasi mashhur siyosatchi, mustaqil Hindiston premer- ministry Javohirlal Neru, bobosi esa milliy kongress aʼzosi edi. Shu bois, bolalikdan Indira siyosatchilar davrasida tarbiya topdi. Uning tanishlari orasida hatto “Millat otasi” Maxatma Gandi ham bor edi (biroq koʻpchilik oʻylaganidek ular qarindosh emas). Uning maslahatiga koʻra, qizaloq uy sharoitida tikishni rivojlantiradigan qizlar toʻgaragini ochdi. Qizaloqlar birgalashib qalin matolardan shippak va dastroʻmollar tikishdi. Shu bilan birga, aynan Maxatma Gandi Indirani siyosiy faoliyatga qiziqtira boshladi.

Indira 19 yoshga toʻlganida sil kasalligi tufayli eng yaqin suyanchigʻi – volidasidan judo boʻlgan. Aynan shu vaqtda qamoqda saqlanayotgan Javohirlal Neru tushkunlikka tushgan qiziga falsafiy esseni yodga soluvchi mashhur maktublarni yozgan edi.
1934 yili Indira Yevropa va hind anʼanalarini oʻzida jamlagan milliy universitetda oʻqiy boshladi. Hayotning ogʻir va daxshatli kunlarida Indirani ziyrak, kamtar va mehribon Feruz Gandi qoʻllab-quvvatladi. Feruz Gandi olovga sigʻinuvchi va hind pisand qilmaydigan parslardan edi. Biroq ular turli toʻsiqlarga qaramay turmush qurdilar. Juftlik 13 oy davomida britaniya hukumati tomonidan qamoqda saqlandi.1947 yili ozodlikka chiqqan Indira xalqni azobga solayotgan ochlik, qashshoqlik, savodsizlik va turli kasalliklarga guvoh boʻldi. Har tomonda diniy kurashlar avj olgan boʻlsa-da, Indira hech narsa oldida qoʻrquvga tushmagan.

1960 yili janubiy shtatlarga uyushtirilgan safardan soʻng Feruz Gandining yurak xuruji sabab oʻlim toʻshagida yotgani haqidagi habarni oldi. Bu paytda Gandi honim turmush oʻrtogʻidan alohida yashar edi. Habar Indirani daxshatga soldi. Shundan soʻng u uzoq vaqt omma koʻziga koʻrinmadi.
1964 yili Indira soʻnggi suyanchigʻi otasidan ayrildi. Yangi premer-ministr sifatida uning tarafdori Neru Shastri tayinlandi. Biroq, ikki yil oʻtib vafot etgan Shastri oʻrnini Indira honim egalladi.

Uning hukmronlik yillarida mamlakatda sanoat keskin surʼatlarda rivojlana boshlagan. Qishloq hoʻjaligida “yashil inqilob” boʻlib oʻtgan. Gandi honim mamlakat banklarini milliylashtirishga erishdi. Bu davrda Panjob sikx separatistlari bilan turli nizolar kelib chiqa boshlagan edi. Sikxlar harakati yetakchisi Jarnail Sikx Bxidranval sikxlarni boshqaruvda mustaqil jamiyat deb eʼlon qilgan. Uning izdoshlari Panjobda induistlargan hujum qilishda ayblandi. Separatistlarni Pokiston hukumati qoʻllab quvvatlar edi.
1984 yili ular sikxlarning asosiy qadamjolaridan biri – Amritsardagi “Oltin ibodatxona”ni egalladi. Bunga javoban hukumat tomonidan “Moviy yulduz” harbiy operatsiyasi amalga oshirildi. Sikxlar qasosi uzoq kuttirmadi – 1984 yili 31 oktyabrda Indira Gandi oʻz tansoqchisi tomonidan oʻldirildi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



