Qiziqarli

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Oʻzbekistonda non hech qachon pichoq bilan kesilmaydi. Tanovul avvalida uni qoʻl bilan sindirib, har bir mehmon qarshisiga bir necha boʻlakdan tarqatadilar.

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Nonni hech qachon teskari holatda, yuqori tomonini pastga qaratib qoʻyish kerak emas. Aytishlaricha, bu nonga nisbatan ulkan hurmatsizlik boʻlar ekan.

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Oʻzbekistonda shunday odat mavjud: oilaning biror aʼzosi uzoq safarda ketishdan avval uyidan chiqmay turib, butun nondan bir boʻlak tishlashi lozim. Ushbu tishlangan nonni uyning koʻrinarli joyga osib qoʻyishadi. Yoshi ulugʻlarning aytishlaricha, non oʻz sohibining safardan qaytishini intizorlik bilan kutadi. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Oila qurgan yoshlarning nikoh kunida ularning oilaviy munosabatlari hamisha shirin va davomli, bir umrli boʻlishi uchun maxsus udumga koʻra non sindiriladi. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Oʻzbekiston xalqi uchun non bilan qasam ichish juda katta ahamiyatga ega, ushbu qasamni buzish esa kechirilmas xato sanaladi. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Non aylana shaklda boʻlgani sababli ayrim vaqtlarda likopcha vazifasini ham oʻtaydi. Uning ustiga turli shirinliklar solib, yaqinlarga tarqatishadi, shashlik, qovurilgan va qaynatilgan goʻshtni non ustiga solib berish ham odat tusiga kirgan. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Mehmonlar uchun dasturxon tuzalayotgan vaqtda stol ustidagi nonlar soni juft boʻlishi kerak. Agar uyda bitta yoki uchta non qolgan boʻlsa, ularning biri ikkiga sindirib qoʻyiladi. Toq sonli nonlarni odatda marʼaka marosimlarida dasturxon ustiga keltiradilar. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Oʻzbekistonda uyga kelgan mehmonlarga sovgʻa va shirinliklar qatorida non berib xayrlashish odat tusiga kirgan. Ushbu nonlar soni ham hamisha juft boʻlishi kerak. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Non pishirish jarayoni boshidan oxiriga qadar qoʻl mehnatini talab qiladi. Bu borada qiziqarli hikoya ham mavjud: Oʻrta Osiyoda mahalliy odamlar odatda nonlarni doʻkonlardan emas, nonvoyxonalardan harid qilishgan. Oʻtgan asrning 70 yillarida SSSR oziq-ovqat sanoati vazirligi ilmiy tadqiqotlar institutiga non pishirishni mexanizatsiyalashtirish talabini qoʻyadi. Institut mutaxassislari loyiha ustida juda koʻp vaqt mehnat qiladilar, ammo nonning shaklini mashina yordamida chiqarish imkonsiz ekanligini tan olishadi. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt

Oʻzbekistonda non tayyorlashning koʻplab usullari va retseptlari bor. Mamlakatning har bir viloyati va hududi oʻzining ajoyib retseptlari bilan maqtana oladi. Misol usun Fargʻona vodiysida qatlama nonlari juda ommalashgan. Uni tayyorlash vaqtida har bir qavat oʻrtasiga sariyogʻ yoki qaymoq surtiladi. Aynan ushbu hududda jizzali va koʻk patir ham tayyorlanadi. Qashqadaryo nonlari javdar unidan pishiriladi va betakror taʼmi bilan bir umrga yodingizda qoladi. Zogʻora non oʻta qadimgi retsept asosida tayyorlanishi bilan diqqatga sazovordir. Samarqand nonlari esa toʻyimli va qalin ekanligi bilan sizni hayratga soladi. 

Oʻzbek noni haqida qiziqarli 10 fakt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar