Oʻzbekiston

Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar

Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar
Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar

Ravshana Kurkova (qizlik familiyasi Matchonova) 1980 yil 22 avgust kuni Toshkentda aktyorlar oilasida tigʻildi. Otasi – oʻzbek kino va teatr aktyori Bahrom Matchonov, onasi – aktrisa Raʼno Kubayeva. Toshkentdagi kolledjni bitirgandan keyin Moskvadagi davlat pedagogika universitetining filalogiya fakultetiga oʻqishga kiradi. Parallel ravishda kastinglarda qatnashib, kinolarda rol oʻynaydi. Hozirda Ravshana Rossiya kinomatografiyasida yorqin rollari bilan koʻzga tashlangan iqtidorli aktrisa hisoblanadi.

Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar

Nargiz Zokirova 1970 yil 6 oktyabrda Toshkent shahrida mashhur Zokirovlar sulolasiga taalluqli boʻlgan oilada dunyoga kelgan. Otasi – Poʻlat Morduhayev, onasi – Luiza Zokirova. 14 yoshidan qoʻshiqchilik faoliyatini boshlagan Nargiz koʻpgina tanlovlarda ishtirok etgan. 90 yillarning oʻrtalarida u AQSHga koʻchib oʻtgan. 2013 yilda esa Rossiya televideniyasidagi “Golos” musiqali loyihasida ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi. Hozirgi kunda u Rossiyaning mashhur yulduzlaridan biriga aylangan.

Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar

Sogdiana – haqiqiy ismi Oksana Vladimirovna Nechitaylo 1984 yil 17 fevral kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U sanʼatkorlar oilasida tugʻilmagan boʻlsada, yoshligidan qoʻshiq kuylashga qiziqqan. “Yurmala” dagi tanlovga tayyorgarlik korayotgan paytda oʻziga Sogdiana taxallusini tanlagan. Qoʻshiqchi hayotidagi oʻzgarish uning Rossiyadagi «Фабрика звёзд» shousidagi ishtirokidan boshlangan. Ushbu shouda gʻoliblikni qoʻlga kiritmagan boʻlsa ham, Rossiyalik tomoshabinlarning katta olqishiga sazovor boʻldi.

Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar
Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar

Aziza Muhamedova 1964 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tavallud topdi. 16 yoshida u “Oʻzbekkontsert” qoshidagi “Sado” estrada ansambilining solistlaridan biriga aylandi. 1988 yilda Yurmaladagi Butunittifoq tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. Mana shu muvaffaqiyat pallasida u Moskvaga koʻchib oʻtdi va oʻzining yakkaxon ijodini boshladi.

Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar
Oʻzbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar

Farhod Mahmudov 1972 yil 9 may kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Kino olamiga u tasodifan kirib kelgan. 14 yoshida unga “Boʻrilar” nomli qisqa metrajli filmda suratga tushishni taklif qilishgan. Bu filmdagi roli unga shuhrat olib keldi. Shundan keyin u birin-ketin yana bir qancha filmlarda rollar ijro etdi. Ushbu kasbga qiziqishi ustun kelib, u oʻrta maktabni bitirishi bilanoq Moskvaga ketib, Butun Rossiya davlat kinemotografiya institutiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni bitirgandan keyin u teatr va kinoda rollar ijro eta boshladi. Haqiqiy mashhurlik va shuhrat Farhodga rus mafiyasi haqidagi “Brigada” serialidan keyin keldi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar