Oddiygina sitrus mevalar poʻstlogʻini roʻzgʻor uchun kerakli vositaga aylantirish sirlari

Misol uchun sitrus mevalar poʻchogʻidan pazandachilik sohasi uchun sedra sifatida, mebellarni tozalash va tabiiy niqoblar qilishda ham foydalansangiz boʻladi.
Ularni tozalash esa haddan tashqari oson. Buning uchun mevaning ustki qismini yuvib, quritasiz-da, kukun shakliga keltirib maydalaysiz. Endiesa hosil blgan kukunni maxsus idish yoki banka ichiga solib qoʻysangiz bas. Uni yil davomida turli maqsadlar uchun qoʻllasangiz boʻladi.

Sitrusli sirka uy bekalari orasida mashhur vosita boʻlib, uning yordami bilan uydagi turli jihozlar yuzasini osonlikcha tozalab olsangiz boʻladi. Ekologik jihatidan toza, tarkibida hech qanday zararli qoʻshimchalar boʻlmagan va xushboʻy iforga ega boʻlgan mazkur vositani tayyorlash uchun mandarin poʻchogʻi ustiga oddiy sirka quyish va uni bir hafta davomida tindirish lozim. Endilikda aralashmani maxsus dozatorli idish ichiga solib qoʻygancha tozalik ishlariga kirishsangiz boʻladi.

Limon har qanday yoqimsiz hidni nari ketkazishi haqida bilsangiz keprak. Odatda taxtakachlar baliq hamda piyoz maydalangandan keyin yoqimsiz hidga ega boʻlib qoladi. Bunday vaziyatda uning yuza qismiga tuz sepib, yarimta limon boʻlagi bilan tozalang.

Odatda sedrani shirinliklar tarkibiga qoʻshadilar, bu uning mazasini ikki karra oshirish va mayinlashtirish uchun yordam beradi. Ammo sedrani boshqa usullarda ishlatish ham mumkin. Misol uchun kukun shaklida maydalangan sedrani tuz va murch bilan aralashtirsangiz, ovqatlar uchun oʻtkir taʼmli ziravorlar omuxtasi tayyor deyavering.
Bundan tashqari sitrus kukunini istalgan turdagi ichimliklar, jumladan damlangan choy ichiga ham qoʻshsa boʻladi.

Odatda limon poʻstlogʻini tishlarni oqartirish uchun ishlatadilar. Buning uchun uning kukunini tish pastasi ustiga sepish kerak. Yangi poʻstloqning ichki qismi bilan tishlarni yaxshilab tozalash esa ularning yaltirab ketishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari u tishlardagi sariq rangli qatlamni yoʻqotadi ham.

Bundan tashqari sitrus mevalar poʻstlogʻi yuz terisini tozalash, poralarni kichraytirish va yalligʻlanishning oldini olishda ham juda foydalidir. Buning uchun paxtali diskni limon sharbatida namlab olgancha u bilan yuz terisini tozalab olasiz. Istasangiz, sitrus meva poʻstloqlarining ichki qismi bilan yuzni artib, undan niqoblar qilsangiz ham boʻladi. Sitrus mevalar teri holatini tetiklashtirib, uning choʻziluvchan va tekis boʻlishi uchun yordam beradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



