Odamlar gavjum va changli shaharlardan charchaganlar uchun: dunyoning 17 ta moʻjizaviy qishloqlari

odam.uz suzning yuragingizni zabt etadigan va har qanday sayohatning yodda qoladigan, oʻziga tortadigan fazilati boʻlib qola oladigan, 17 ta gʻaroyib va aql bovar qilmas goʻzal qishloqlarning termasini yigʻdi. Ishonchimiz komil bu surʼatlarni koʻrganingizdan soʻng, siz albatta bu qishloqchalardan biriga tashrif etishni istaysiz.

Oʻyinchoqlar kabi, togʻ yon bagʻrilaridagi bir necha yaruslarga choʻzilgan, yorqin uychalar, suzib yurgan oq qushlar bor boʻlgan moviy koʻl, suvning oynadek tiniq yuzida aks etadigan Alplar - bularning barchasi jonlangan ertak tasavvurini uygʻotadi.
Galshtat aholisi 1 000 kishidan oshmaydi. Joylashuvi esa, unikal: buyuk Alp togʻlari va Xalshtatterzee koʻli oraligʻida.

Moviy osmon, lavanda dalalari, Alp togʻlari, oʻrtayer dengizi oshxonasi va Provansning yoqimliligi - ruhan dam olish uchun yana nima kerak? Bu joyning diqqatga sazovor joylaridan biri bu - Agu qasri (Chàteau des Agoult) boʻlib, u XII asrda qurilgan. Qasrdagi 12 burchakli piramidal rotonda shaharchaga nom bergan. U yerda antik musiqaning yozgi festivallari oʻtkaziladi.

Taychjun shahri chakkalaridan birida, vaqt oʻtishi bilan barcha aholisi tark etib ketgan, xarbiy aholi yashash joyi boʻlgan edi. Hukumat uylarni buzib tashlashga qaror qildi. 86 yoshli urush fahriysi esa, oʻz hovlisini buzilishdan saqlab qolish uchun uylarning devorlarini turli xil personajlar va naqshlar bilan bezab, boʻyab chiqdi. Bugungi kunda bu joy Tayvanning turistik diqqatga sazovor boʻlgan joylarining eng koʻp tashrif etiladiganlaridan biri.

Marsashlokk - Maltadagi koloritli baliqchilik qishlogʻi. Gavanda dovullar boʻlmaydi, shuning uchun sariq rangli qumtoshdan qurilgan uylar suvga juda yaqin joylashgan boʻlib, qirgʻoqda piyodalar va mashinalar yurishi uchun tor yoʻlaklar qoldirganlar. Marsashlokkning aholisi 3 000 kishiga yaqin halos. Erkaklarning koʻpchiligi, oʻz vaqtida ularning ota bobolari qilganlari kabi, baliq ovi bilan shugʻullanadilar.

Peru va Boliviya chegarasidagi Titikaka koʻlida uru qabilasi yashaydi va ular koʻlda 42 ta suzib yuruvchi orollarni obod qilganlar. Bu orollarni urularning oʻzlari qamishdan quradilar. Aynan shu xom ashyodan baliq oviga boradigan, qayiqlarni ham yasaydilar. Sivilizasiyadan yiroqligiga qaramay, qamish orollarida quyosh panellarini koʻrish mumkin. Ular mahalliy aholiga televizor koʻrish imkonini beradi.

Alberobello, YUNESKO tomonidan tarixiy va gumanitar meʼrosning bir qismi deb tan olingan, 1400 ta trull-uychalar kompleksi bilan mashxur. Trull - ohaktoshdan qurilgan dehqonlar uylari - quruq (rastvorsiz) gʻisht terishning unikal misillari boʻladi. Oʻz nomini ular lotincha trulla, gumbaz soʻzidan olganlar.

Monsanto kichik qishlogʻi "Portugaliyaning eng portugal qishlogʻi" nomini gʻurur bilan olib yuradi. Mahalliy maqol, "Monsantoda tosh uydan tugʻiladimi, yoki uy toshdanmi xech qachon bilib boʻlmaydi", mahalliy arxitekturaning oʻziga xosligini juda aniq aks ettiradi. Valunlar baʼzi uylarning devorlari va tomlari vazifasini bajaradilar.
Qizil cherepisa tomli kichkina uylar bahaybat granit valunlar tagida berkinib olganlar. Tor koʻchalarni esa, huddi devqomat toshda oʻyib qoʻyganga oʻxshaydi.

Uchxisar bu hududdagi eng zich joylashgan qishloqlardan biridir. Albatta, aholining katta qismi zamonaviy qishloqda yashaydi. U mashxur qoyalar yaqinida qurilgandir. Lekin, yashash uchun xonalar qoyalarning ichida ham bor.
Bu markaziy choʻqqi atrofida joylashgan oq tufdan qurilgan minora va shpilli, qoyadagi yashash joyi dunyoda yagona. Qoyaning tepasidan butun vodiyga juda goʻzal koʻrinish ochiladi.

Linszi guruch terrasalari Xitoydagi eng chiroylilardan biri hisoblanadi. Xalq orasida ularni Ajdarho Silsilasi terrasalari deb atashadi. Ular Pin An (Ping An) hushmanzara qishloqchasi atrofida joylashgan. Terrasalar koʻp yillik mehnat maxsuli boʻlib, XII asrdan beri mavjud. 1100 metr balandlikli togʻ yob bagʻrilarida qurilgan. Ularni qurga dehqonlar togʻli rayonlarda oʻzlarining hayotlari haqida qaygʻurganlar. Bu ularning oilalarini boqishning yagona imkoni boʻlgan edi.

Gʻarbiy Sumatradagi bu qishloqcha tepasida baland koʻtarilib turgan, faoliyatda boʻlgan Merapi vulqoni - mamlakatning asosiy tabiiy iftixorlardan biri. Pariangan minangkabau xalqining eng qadimiy qishlogʻi boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun serhafsala sayyoh mahalliy xalq anʼanalari va madaniyati haqida koʻp narsalar bilib olishi mumkin.
Bu yerda anʼanaviy, usti choʻqqili, maftunkor uylar saqlanib qolgan. Ular orasida devorlari rotangdan qurilgan 300 yillik bino va XIX asrning goʻzal masjidi bor.

Kua Van - Xalong koʻrfazidagi hushmanzara baliqchilik qishlogʻi. Bu suv yuzasida joylashgan suzib yuruvchi, baliqchilik qishloqlaridan eng yiriklaridan biri. U yerga qayiqlarda borish, hamda mahalliy aholi Janubiy Xitoy dengizining turli xil maxsulotlarini ovlashini koʻrishingiz mumkin. Mahalliy aholi rangli sol-uylarda yashaydilar. Maktab ham suzib yuruvchi uychalardan birida joylashgan.

Gitxorn - Niderlandiyadagi eng goʻzal qishloqlardan biri. U koʻpincha "Gollandiyaning Venesiyasi" deb ham ataladi, sababi u 7,5 kilometr uzunlikdagi kanallar ustida joylashgan. Qishloqga 1230 yili asos solingan edi. Qishloqda harakatlanish uchun velosiped yoʻlakchasi va koʻp sonli suv kanallari bor. Asosiy transport boʻlib qayiq va elektr dvigatelli katerlar xizmat qiladi. Uylar orolchalarda joylashgan boʻlib, oʻzaro yogʻoch koʻpriklar bilan birlashgan (butun qishloq boʻyicha ular 50 tadan ortiq).

Biburi Angliyaning eng qadimiy va hushmanzara, goʻzal qishloqlaridan biri hisoblanadi. U haqida birinchi bor XI asrda qayd etilgan. Bu yerda vaqt toʻxtab qolganga oʻxshaydi - qadimiy uychalar, goʻzal tabiat va hattoki, uning asl goʻzalligini xech nima buzmasligi uchun, bu yerda jamoat transporti yurmaydi. Qishloqqa ilhom olish uchun shoirlar va rassomlar, hamda kinomatograflar keladilar. Bu yerda "Bridjet Djons kundaligi" hamda Agata Kristi asarlari boʻyicha missis Marpl haqidagi filmlar surʼatga olingan.

Reyne - peyzajlarining syurrealistikligi bilan hayratga soluvchi, baliqchilik qishlogʻi. Oʻziga rom qiluvchi uychalar va atigi 350 ta aholi soni. Reyne oʻz tarixini 1743 yildan boshlaydi. Ford atrofidagi togʻlar tagida joylashgan ixcham qishloqcha. Idillistik qishloqcha, har yili butun dunyodan tabiat goʻzalligini tomosha qilmoqchi boʻlgan sayyohlarni oʻziga rom qiladi.

Gasadalur qishlogʻi Vagar orolining eng baland tik qoyalari oʻrtasidagi ajabtovur goʻzallikdagi vodiyda joylashgan. U Farer arxipelagi tarkibiga kiradi. 2002 yili qishloq aholisi soni atigi 16 kishini tashkil qilgan edi. U vaqtda qishloqqa yetib borish uchun juda - juda koʻp vaqt va mehnat talab etilar edi. 2004 yili qishloq aholisi harakatlanishini onsonlashtirish uchun maxsus tonnel qurilgan edi. Shundan soʻng, bu yerda sayyohlar paydo boʻla boshladi.

San-Djiminyano eramizdan avvalgi III asrda etrusklar tomonidan, kichik qishloqcha koʻrinishida, asoslangan edi. Kichkina qishloq, faqatgina, eramizning X asrida shaharga aylandi. San-Djiminyano juda ham kichkina, Oʻrta asrlar ruhini oʻziga singdirgan, oʻzining minoralari bilan mashxur shaharcha. Oʻrta asrlarda 72 ta minora-uylar boʻlgan edi, xozir faqat 14 ta qolgan. Mahalliy aholi San-Djiminyanoni Toskananing va butun Italiyaning yuragi deb hisoblaydilar.

Kaliningraddagi baliqchilik qishlogʻi - bu soʻzning tom maʼnodagi qishlogʻi boʻlmay, u nemis stilida qurilgan kvartaldan tashkil topgan boʻlib, urushdan avvalgi Kyonensbetg arxitekturasi boʻyicha stillashtirilgan. Bu etnografik, savdo - hunarmandchilik markazi va shahar durdonasidir. Terrotorial maʼnoda Baliqchilik qishlogʻi Kaliningrad yuragi boʻlgan Kanta orolidagi Kafedral sobor yonida joylashgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



