Odamlar ishonadigan irim-sirimlar va ularning kelib chiqishi

Siz irim-sirimlarga ishonasizmi, yoʻqmi, biroq ularning kelib chiqishi sizni qiziqtirishi mumkin.

Baʼzi xalqlarda juma kuni 13-sanaga toʻgʻri kelsa, baxtsizlik keltiradi degan irim bor. Bu irimning kelib chiqishi haqida bir necha rivoyatlar mavjud.
Ulardan biri Qadimgi Ahd diniy kitobidan olingan. Unda yozilishicha shu kuni Qobil ukasi Hobilni oʻldirgan. Oʻshandan beri juma kuni 13-sanaga toʻgʻri kelsa, bu kun baxtsizliklar belgisiga aylanib qolgan.
Yana bir rivoyat boʻyicha bu kun tampliyerlar ordeni voqeasi bilan bogʻliq. 1307 yilning 13 oktyabri juma kuniga toʻgʻri kelgan. Aynan shu kuni Fransiya qiroli Phillip IV papa Kliment V ning muhri bosilgan maxfiy hujjatga tayanib, orden aʼzolarini hibsga olishni buyuradi. Orden aʼzolari dinga qarshi chiqishda va fahsh ishlarida ayblanadi. Natijada orden tarqatib yuboriladi, hibsga olingan tampliyerlar esa qiynoqqa solinib, soʻngra qatl qilinadi.
Ostonadan turib narsani oldi-berdi qilish mumkin emas

Gap shundaki, qadim zamonlarda oʻliklar kuli uy ostonasi tagiga koʻmilgan. Shuning uchun ostonada turib oldi-berdi qilish ularning ruhini bezovta qilishi mumkin deb hisoblanar edi. Aynan ana shu sababli ostonada oʻtirish ham mumkin emas.
Bundan tashqari ostona – bexavotir uy bilan xavfli dunyo yoki yanaham qoʻrqinchlisi – tiriklar dunyosi bilan oʻliklar dunyosi oʻrtasidagi chegara hisoblanadi.
Yarim yoʻldan qaytish mumkin emas

Bu irim ham ikki dunyo oraligʻi hisoblangan ostona bilan bogʻliq. Maqsadiga erisholmasdan yarim yoʻlda qaytayotgan odam kuchsiz holda boʻladi. Bu esa ruhlar bezovtaligiga sabab boʻladi. Yoki bizning olamga kirib olishni istagan mavjudodlar uchun imkoniyat boʻladi.
Soat hadya qilish mumkin emas

Hattoki hozirgi oʻta madaniyatli zamonda ham soat hadya qilish nomaqbul sovgʻa hisoblanadi. Bu irim qadimgi Xitoydan kirib kelgan. Unda aytilishicha soatni sovgʻa sifatida qabul qilish janozaga taklif qilishni bildiradi.
40 yoshni nishonlash mumkin emas

Taxmin qilinishicha, qadimgi Kiyev Rusida oʻlganlarning jasadi 40 kun davomida tekshirilar edi. Agar jasad chirimasa u oʻlgan odam yoki avliyo boʻlgan, yoki begunoh ketgan deb hisoblanar edi.
Uydan chiqish oldidan ozgina oʻtirish kerak

Baʼzi xalqlarda tarqalgan bu irimning jin va parilar bilan bogʻliqligi maʼlum. Uydagi parilar odamga koʻchaga chiqganda chalgʻitib, uyga qaytishga majbur qilishi mumkin, deb hisoblangan. Yoʻlga chiqishdan oldin ozgina oʻtirib olinsa, jinlarni chalgʻitish mumkin, ular hech kim hech qayerga ketmayapti, deb oʻylaydilar va ziyraklikni boy beradilar.
Pichoqdan narsa yeb boʻlmaydi

Qadim zamonlardan beri pichoq nafaqat mehnat quroli, balki har xil dushmanlardan va ins-jinslardan himoyalanish vositasi, deb hisoblanib kelingan. Shuning uchun ham irim boʻyicha pichoqdan narsa yeyish ins-jinslarni gʻazabini keltirish mumkin, bu esa oʻz navbatida odamni jaxhldor va agressiv qilishi mumkin degan tushuncha mavjud.
Chorrahadan hech narsa olish mumkin emas

Aytishlaricha, agar biror kasallik yoki baxtsizlikni qandaydir narsaga oʻtkazib, keyin bu narsani chorrahaga tashlab ketilsa, ins-jinslar ularni olib ketadilar. Aynan shuning uchun ham chorrahadan topib olingan narsani olish koʻngilsizliklar olib kelishi mumkin. Topib olingan narsa qanchalik qimmatbaho boʻlsa, kasofati ham shunchalik kuchli boʻladi.
Bir poy oyoq kiyimda yurish mumkin emas

Bu irim ham qadim zamonlardan beri mavjud. Odamlarning aytishicha, bir poy oyoq kiyim kiyish erta yetim boʻlishga olib kelar ekan.
Quyosh botgandan keyin axlat tashlab boʻlmaydi

Bu ham keng tarqalgan irimlardan biri. Uni hamma biladi, biroq kelib chiqishini koʻpchilik bilmaydi. Irimga ishonadigan boʻlsak, kechqurun axlat tashlash siz haqingizda g'iybatlar koʻpayishiga sabab boʻlar ekan. Chunki kechqurun qoronʼgi, koʻpchilikdan sir berkitish mumkin. Demak sizning qandaydir aybingiz bor.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



