Misr ehromlari toʻgʻrisidagi eng qiziqarli va ajoyib faktlar

Quyida sizni Misr ehromlari toʻgʻrisidagi bir necha eng qiziqarli va ajoyib faktlar bilan tanishtirib oʻtamiz.

1. Oramizda koʻpchilik piramidalar ichiga firʼavnlar koʻmilgan deb oʻylaydi. Ammo aslida firʼavnlarning dahmalari ehromning ichida emas, undan sal nariroqda Shohlar Vodiysida joylashgan.

2. Ayrim nemis olimlari Misr ehromlarini kuchli energiya manbalari deya hisoblashadi.

3. Bugungi kunda Misr ehromlarining yoshi taxminan 4 ming yildan 10 ming yilgacha deb baholanadi.

4. Ehromlar toʻgʻrisidagi eng qiziq faktlarning biri ularning bunyod etilishiga tegishlidir – ikkita bahaybat tosh boʻlaklari orasidan hatto odamning soch tolasi ham oʻta olmaydi.

5. Eng katta Misr ehromi Xeops piramidasi hisoblanadi, uning balandligi 146,6 metr, vazni 6 million tonna, umumiy maydoni esa 5 gektarga teng.

6. Ehromlarning devorlarida ularning qurilishlari aks ettirilgan sahnalar tasvirlangan. Agar bu tasvirlarga asoslanadigan boʻlsak shuni aytish mumkinki, ehromlar qullar tomonidan emas, yollanma ishchilar tomonidan qurilgan.

7. Xatto zamonaviy texnologiyalarning yoʻqligida ham misrliklar Xeops ehromi uchun tekis poydevorni barpo etishni uddalaganlar.

8. Xeops ehromininng qirralaridagi eng yuqori ogʻish 250 metr uzunlikda, juda borsa 5 santimetrdan oshmaydi.

9. Xeops ehromining qurilishi uchun 2,3 million dona bir-biriga mos tarzda tanlab olingan tosh bloklari kerak boʻlgan.

10. Misrliklar piramidasimon ehromlarning yagona quruvchilari emaslar. Misol uchun, bunday binolarning qurilish anʼanalarini Sudan hukmdorlari ham oʻzlashtirib olganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



