Ordos — dunyodagi eng katta shahar-sharpa

Xitoyda yillab boʻshab yotgan haddan tashqariyirik infratuzilmaviy loyihalar – shaharlar, savdo majmualari va aeroport-sharpalar koʻp. Xitoy hukumati bu obyektlarni kelajak uchun “toʻkislik” maqsadida qurilgan, ertami-kechmi ularni odamlar, xizmatchilar, yoʻlovchilar yoki icharachilar toʻldiradi, deb doimiy ravishda eʼlon qilib kelmoqda.

Bir vaqtning oʻzida hukumat sunʼiy ravishda iqtisodiyotni “tezlatmoqda” – bunday infratuzilmaviy loyihalar (shular jumlasiga qatnovi juda kam boʻlgan avtomobil yoʻllarini, misyoki alyuminiy va shu kabi boshqalar bilan boʻgʻzigacha toʻldirib tashlangan omborxonalarni ham kiritsa boʻladi) ichki yalpi maxsulot oʻsishining koʻrsatkichiga foizidan 1-1,5 punktini qoʻshib boradi.

Ichki Mongoliya provintsiyasidagi Ordos shahrini 2003 yilda qurishni boshladilar. Bu joyda mongollar aholining atigi 17 foizini tashkil etishiga qaramay shaharni aynan mongol uslubida qurishga qaror qilingan (shaharning nomlanishi ham shu tufaylipaydo boʻlgan, “Oʻrda” soʻzidan olingan).


Natijada 2010 yilda 355 kvadrat kilometrga teng maydonda 1 million kishiga moʻljallangan shahar qurib bitkazilgan. Darvoqe, undagi aholi zichligi masalan, Moskvaga nisbatan 4 barobar pastroq). Biroq 2013 yilning oxiriga kelib Ordos shahri atigi2 foizga istiqomat qiluvchilar bilan toʻlgan — unda hamon 20 ming kishi yashab kelmoqda.












Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



