Ortiqcha vazn bilan kurashuvchilar uchun taomnoma

Malakali dietologlarni tanlab parxez qilish mumkin, ammo barchasi uchun pul va vaqt yetishmaydi. Shunday ekan , shaxsiy, oʻziga hos parxezni qanday tashkil etsa boʻladi? Buning uchun hiyla kerak emas, parxez shart emas, faqatgina toʻgʻri ovqatlanish tartibiga rioya etsangiz bas.

Parxez tutish uchun kuchli sabab kerak. Istalgan natijaga erishish uchun esa anchagina vaqt zarur. Harakatga keltirgan sabab muhim hisoblanadi. Bu masalan, sogʻliqning yomonlashishi yoki semizlikdan uyalish, oʻzidan ruhiy qoniqmaslik kabi holatlar boʻlishi mumkin.
Namunali ovqatlanish tartibi – 5 mahal ovqatlanish, sutka davomida 2 litr suv ichish, ohirgi ovqatni uyquga yotishdan 3,5 soat oldin istemol qilish kerak deb hisoblanadi. Kun davomida 5 mahal oz-ozdan ovqatlanish lozim, ammo keskin oʻzgarishlar organizmingiz uchun qiyin kechadi. Aksariyat odamlar kun davomida 3 mahal ovqatlanadilar, yengil tamaddiga esa eʼtibor qaratavermaydilar.

Agar siz ozishga jiddiy axd qilgan boʻlsangiz, bu ishni boshlashdan oldin parxez kunlarini tuzishingiz kerak. Organizm kam ovqatga oʻrganishi uchun unga imkon bering. Parxez kunlarida koʻproq olma yeng yoki sharbat, shakarsiz koʻk choy va gazsiz mineral suv iching.

Keyin ovqatlanish tartibini oʻzgartirishingiz mumkin. Ayrim mahsulotladan voz kechib, hech qanday qiyinchiliksiz bir necha kilogrammni osonlik bilan yoʻqotish mumkin. Masalan taomnomangizdan fast-fod, yarim fabrikatlar, mayonez, spirtli va gazli ichimliklar, makaron mahsulotlari, shakar, tuz va non mahsulotlarini oʻchirib, ogʻirlikni yoʻqotishni boshlang.

Bu mahsulotlar roʻyxati emas, albatta, ammo ayni parhez paytida ularning isteʼmolini kamaytirgan yaxshi. Agar siz non va makaron mahsulotlaridan voz kecha olmasangiz, ularning dagʻal undan tayyorlanganlarini isteʼmol qiling. Bugʻdoy unidan tayyorlangan non foydali. Qora non boʻladimi yoki oq nonmi – koʻp isteʼmol qilish qandli diabet kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Qora va oq nonda kaloriya miqdori deyarli bir hil. Xazm qilinmagan non qonga katta miqdorda shakar chiqarib tashlaydi. Nonning sutkalik meʼyori – 120 gr.

Agar siz goʻsht mahsulotlarini yoqtirsangiz, ularni qaynatilgan yoki toblab pishirilganini isteʼmol qiling. Qovurilganini esa iloji boricha kamroq yeng. Kolbasa sosiska va dudlangan goʻsht mahsulotlari dietologlarning hisoblashicha, “oʻlik” mahsulot boʻlib, tarkibida katta miqdorda konservant va yogʻlar bor.

Mayonezni boshqa mahsulotlar bilan almashtirish kerak. Agar siz salatga mayonez solmoqchi boʻlsangiz, salatni dasturxonga qoʻyishingizdan avval soling. Salatlarga zaytun yogʻi, soʻya qaylasi va limon sharbati ham qoʻshish mumkin.
Aksariyat odamlar desertsiz ovqatlanishmaydi. Ayniqsa ishdan keyin charchoqni yozish maqsadidda choy bilan biron bir shirinlik isteʼmol qilishadi. Shuni unutmanki, shakar miya ishini kuchaytiradi, undan toʻliq voz kechish ham yaxshi emas.
Shirinliklar bilan oʻzingizni kunning birinchi yarmida siylang. Sotib olingan shirinliklar tarkibida shakar koʻp boʻladi. Shuning uchun ularni uy sharoitida oʻzingiz tayyorlang. Ana shunda uning ozuqaviy qiymati va kaloriyasini oʻzingiz belgilaysiz.

Turli qoʻshimchalar ovqatga yanada mazali taʼm bagʻishlashi mumkin. Shaxsiy parxezingiz oddiy boʻlishi ham kerak emas. Ovqatdagi ozroq tuz, zanjabil, kashnich, rayhon, qalampirmunchoq – bularning bari hushtaʼmlik baxsh etadi, tezda xazm qildiradi va toʻyganlik hissini baxsh etadi.

Turli hil parxezlarni sinab koʻrib organizmni qiynamang. Shunchaki oʻzingizga “Men toʻgʻri ovqatlanyabmanmi?” degan savolni bering.
Har bir odam oʻz organizmiga eʼtibor berishi va oʻzini yaxshi his qilishi uchun qanday mahsulotlar keragu, qandaylari zarur emasligini ajrarib olishi kerak.
Toʻgʻri ovqatlansangiz, immunitetingiz koʻtarilib, organizmingiz ham baquvvat boʻladi va siz har qanday ishni bajarish uchun oʻzingizda kuch topasiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



