Oshxona pardasi va sochigʻidagi dogʻlarni ketkazish boʻyicha foydali maslahatlar

Oshxona pardasidagi yogʻli dogʻni ketkazish uchun kir sovundan foydalanish mumkin. Chuqur togʻorani iliq suv bilan toʻldiring, uning ichiga yarimta kir sovun boʻlagini qirib soling. Pardani mana shu togʻoraga soling va bir soat davomida ivitib qoʻying. Soʻngra dogʻli joylarini yaxshilab ishqalang va pardani butunligicha yuving.
Togʻorani suv bilan toʻldiring, 1,5 osh qoshiq ichimlik sodasi qoʻshing va yaxshilab aralashtiring. Pardani togʻoraga soling va kir sovun bilan dogʻlarni ishqalab chiqing. Soʻngra togʻoraga idish-tovoq gelidan qoʻshing-da, yana bir bor ishqalab chiqing. Ana endi pardani togʻorada 1-2 soatga ivitib qoʻying. Ivib boʻlgandan keyin pardani qoʻlda ishqalab yuving, natija sizni hayron qoldiradi.

Bu usul yangi dogʻlar uchun toʻgʻri keladi. Kir boʻlgan joyga idish-tovoq gelidan ozgina surtib qoʻying, 20-30 daqiqaga qoldiring, soʻngra oqar suvda ishqalab, chayib tashang.
Pardani yechib, uni chuqur togʻoraga solib qoʻying. Unga ozroq miqdorda suv va 1 osh qoshiq tuz soling, va mana shu suyuqlikda pardani 30 daqiqaga ivitib qoʻying. Soʻngra qoʻlda yoki kir yuvish mashinasida yuvib tashang.
Kir pardani 1 osh qoshiq uksus qoʻshilgan suvda ivitib qoʻying. Soʻngra qoʻlingizda ishqalab, yuvib, yaxshilab chayib oling.

Agar oshxona pardangiz haqiqatan ham kirlangan va unda eski dogʻ boʻlsa mana shu usuldan foydalaning. Buning uchun sirli togʻorani iliq suv bilan toʻldiring, yarim flakon nashatir spirt va yarim boʻlak kir sovunidan qoʻshing, hosil boʻlgan suyuqlikni yaxshilab aralashtiring. Pardani shu togʻopraga soling va 20-30 daqiqa davomida qaynating (suv qaynab chiqqandan keyin, olovni pasaytirishni unutmang). Qaynatib boʻlgach, pardani sovishini kuting, soʻngra qoʻlingiz yoki kir yuvish mashinasida yuvib tashlang.
Mana shu oddiy va oson usullar bilan oshxonadagi pardangizning rangi ochiladi va yangiday boʻladi. Albatta, kirlarni va dogʻlarni yangiligida ketkazishga harakat qilish kerak, unda oddiy usullar ham qoʻl keladi. Bu maslahatlarni oshxona sochigʻidagi kirlarni ketkazishda qoʻllasa ham boʻladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



