Oshxona uchun 22 qoʻllanma

Oshxonadagi mahoratingizni beqiyos darajaga olib chiqa oladigan bir qancha maslaxatlarni jamladik. Meva va sabzavotlarni qanday qilib toʻgʻri saqlashni, tuxumni qaynatishni va ovqatlarning tez buzilishini oldini olishni oʻrganing.

1. Pishloqni kesganingizda, qadoqning kesilgan qismini tashlamang. Qolgan pishloqni qoplash uchun undan foydalaning.

2. Tovuq tuxumlarini muzlatgichga qoʻyishdan oldin oʻsimlik moyi bilan yogʻlang. Shunda ularni uzoq muddat saqlay olasiz!

3. Zanjabilni tozalash juda qiyin, ammo tozalash uchun choy qoshigʻini ishlatishga harakat qilsangiz, bu muammo yoʻqoladi.

4. Kesilgan tort eskirib qolmasligi uchun kesilgan joyga bir boʻlak non qoʻyib, ularni tish tozalagich bilan birlashtirib qoʻying. Shun holda tort emas nonning suvi qochadi.

5. Sizga bir necha tomchi limon sharbati kerak boʻlib qoldimi? Limonni kesishga shoshilmang! Tish tozalagich bilan teshib oling, bir necha tomchi sharbat darhol chiqib ketadi. Limon esa butunligicha qoladi, teshikchani esa skotch bilan yopib muzlatgichga qoʻying. Sifati buzilmaydi.

6. Mayanez idishida qolib ketsa, sirka va zaytun moyini qoʻshib qoʻying. Uni salat uchun ishlatishingiz mumkin.

7.Rezavolarni sifati buzilmasligi uchun kuchsizroq sirka sepib qoʻying.

8. Qogʻoz xaltachalar piyoz va sarimsoqni saqlash uchun eng yaxshi usul. Xaltachalar mogʻorlashdan ikki oygacha saqlay oladi.

9. Maydalangan avakadoni tez qorayib qolishdan saqlash uchun uni olma sirkasi yoki bir boʻlak kesilgan piyoz bilan saqlash maqsadga muvofiq.

10. Kartoshka shox otmasligi uchun uni olma bilan birga saqlang. Olma tarkibida etilen mavjud boʻlib, bu kartoshkadan shox chiqishini oldini oladi.

11. Sevimli Nutella qoldiqlari qolib ketsa, bankasiga issiq sut quying. Qaynoq shokoladli ichimlik paydo boʻladi.

12. Mango, kivi va avakadoni stakan orqali oson tozalash mumkin.

13. Ananasni teskati holatda saqlash kerak. tShunda ular tezda pishib, shirin boʻladi.

14. Selderey va brokkolini folga qogʻozga oralgan holda saqlang. Shunda ularning sifati tez buzilishini oldini olgan boʻlasiz.

15. Yongʻoq moyini idishdan oson olish uchun , teskari holarda qoʻyib qoʻying.

Bananni uchini skotch bilan oʻrab qoʻysangiz tez qorayishini oldini olgan boʻlasiz.

17. Koʻkatlarni sargʻayganini sezgan boʻlsangiz tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni maydalab zaytun moyi bilan aralashtiring. Aralashmani muz qolipchalarga joylashtirib muzxonaga qoʻying. - Salatlar, sous va suyuq taom uchun ayni kerakli narsaga aylanadi qoladi.

Karamni yaxshi saqlanishi uchun muzlatkichga solishdan oldin qogʻoz xaltachaga joylashtiring.

19. Chips yoki kraker qurib qoldimi? Xafa boʻlishga xojat yoʻq! Qisqa muddatga minipechga soling. Oʻz xoliga kelganini guvohi boʻlasiz.

Xom banan pechda yaxshi pishadi. Faqat pechga qoʻyilgan vaqt bir necha daqiqa boʻlsagina.

Pitsani istitmoqchi boʻlsangiz tova sizga qoʻl keladi.

22. Konselyar mixcha sizga osonlikcha tuhum tozalashga yordam beradi. Pishirishdan oldin qobigʻida kichik teshikcha hosil qiling, bu qaynatilgan tuxumni oson tozalashni kafolatlaydi!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



