Qiziqarli

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

Odamlar oʻz uylarining hovlisidan nimalar topmaydi deysiz. Baʼzan uncha ahamiyat bermagan topilmalar noyob narsa ekanligi aniqlangan. Quyida shunday voqealardan 10 si bilan tanishishingiz mumkin.

Ferrari avtomobili

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

1978 yilda Los-Anjelesda ikki bola uylarining orqa koʻchasidagi yerni kovlayotganlarida Ferrari Dino 246 GTS avtomobiliga duch keldilar. Mashina politsiya tomonidan kavlab olingandan keyin uning qidiruvda ekanligi maʼlum boʻldi. Taxmin qilishlaricha, avtomobilning oʻgʻrlanishi va koʻmilishi sugʻirta tovlamachiligining bir qismi boʻlgan. Topilgan mashina sugʻurta kompaniyasiga topshirildi, soʻngra esa kim oshdi savdosiga qoʻyildi. Biroq yer ostida ancha turgan avtomobilning ahvoli juda yomon edi.

Qadimgi bronenosets zirhi

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

Argentina fuqarosi Jose Antonio Nievas oʻziningfermasi yaqinida antiqa narsaga duch keldi. Hose Antonio bu topilmani dinozavrtuxumi deb oʻyladi. Aslida esa bu qadimgi yirik bronenosets (zirhli sutemizuvchi hayvon) – gliptodonning zirhi ekan. Undagi teshik esa boshqagliptodon bilan olishuv paytida hosil boʻlgan.

Oʻrta asr davrining xazinalari

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

Avstriya fuqarosi Andreas K. oʻzining hovlisiningpastki qismida qimmatbaho buyumdan iborat boʻlgan xazinani topib oldi. Xazinaikki yuzdan ortiq qimmatbaho taqinchoqlar va isdishlardan iborat edi. Bu odamtopgan xazinasini yashikka joylab, uni yertoʻlaga olib tushib qoʻygan va uhaqda unutib qoʻugan. Ikki yildan keyin yangi uyga koʻchib oʻtish arafasidaxazina haqida eslab qolgan. Qimmatbaho buyumlarni koʻzdan kechirgan ekspertlarxazinaning 650 yillik tarixga ega ekanligini aniqladilar. Andreas topilmanishahar muzeyiga beminnat topshirdi.

Meteoritlar ketma-ketligi

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

Bu inson esa hech narsa qidirmagan. Uning hovlisigameteoritlarning oʻzi kelib tushavergan. Bu narsa fizik hamda matematikhisoblarga umumam toʻgʻri kelmaydi, biqoq Bosniya fuqarosi Radivoje Lajicninghovlisiga meteoritlar ketma-ket naq olti marta kelib tushgan. Belgraduniversitetining olimlari toshlarning haqiqatdan samoviy jism ekanliginitasdiqladilar. Ayni damda ular Layichning uyi atrofidagi magnit maydonni oʻrganishmoqda va anomal holatningsabablarini aniqlashmoqchi.

Aʼlo darajadagi bombapanoh

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

Kris va Kollin Otcasek Kaliforniyada uy sotib olarekanlar, hovlida sovuq urush davrida qurilgan radiatsiyaga qarshi bombapanohborligini bilar edilar. Buni bir paytlar shu uyda yashagan muhandis oʻzi uchunqurgan. Yangi uy egalari 50 yil avval qurilgan bombapanohdan hech narsaqolmagan boʻlsa kerak deb oʻylagan edilar. Biroq ular yanglishgan ekanlar.Panohgoh yaxshi ahvolda saqlangan edi. U yerda qogʻoz salfetkalar, dori-darmon,konservalar, qahva, choy qadoqlari hamda kitob va jurnallar bor edi.

Xeops ehromiga olib boruvchi tonnel

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

Misrdagi Al Xaraneya qishligʻining fuqarolaridan biriafsonaviy Giza platosining yaqinida joylashgan uyining hovlisida yerkavlayotgan vaqtida sirli tonnelga duch keldi. Taxmin qilishlaricha bu tonnel –Gizaning uchta ehromlaridan biri boʻlgan Xeopsning buyuk ehromiga olib boruvchimaxfiy yoʻlak boʻlishi mumkin. Bunday yoʻlak borligi haqida bir paytlar qadimgiyunon tarixchisi Gerodot yozgan edi.

Oʻtgan mingyillikdagi hindu suyaklari

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

2014 yilda Solt-Leyk-Citi shahrining fuqarosi 14 yoshlik Ali Erturk dahshatlitopilmaga duch keldi. Bola uyining hovlisida hovuz uchun chuqur qaziyoyganvaqtda yerda yotgan odam suyaklarini koʻrib qoldi. Bolaning otasi darholpolitsiyaga xabar berdi. Ekspertiza natijalari suyaklar 1000 yil avval yashaganamerikalik hinduga tegishli boʻlaganligini aniqladi. Arxeologlar hovlidagiqazilma ishlarini davom ettirdilar. Ehtimol bu yerda hindular qabristoniboʻlgan boʻlishi mumkin.

$ 175 minglik nasha solingan sumka

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar

2012 yilning dekabr oyida Los-Anjelesda yashovchi MackReed uyining tomida quyosh batareyalarini oʻrnatmoqchi boʻldi. Yertoʻladanasboblar olib chiqish uchun tushgan yigit begona sumkaga koʻzi tushdi. Uniochganga ichida nasha bilan toʻldirilgan banka va paketlarni koʻrdi. EhtimolReedning uyda yoʻq paytida kimdir hovliga kirib, narkotiklarni berkitib ketgan.Tekshiruv natijalariga koʻra, giyohvand moddalarning narxi $ 175 mingga teng.Jinoyatchi kelib qolsa deb Reed shunday xatni yozib, sumkafga joylab qoʻydi:“Biz sumkani topdik va politsiyaga xabar berdik. Ular narkotiklarni musodaraqildilar va uyimni kuzatuv ostiga oldilar”.

Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar
Oʻz uyining hovlisidan topilgan noyob topilmalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar