Qiziqarli

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Quyida biz oʻz vaqt-soatidan ancha ilgarilab ketgan va juda koʻp yillar oʻtib haqiqatdan ham dohiyona ekanligi tan olingan ixtirolar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yiqqanmiz.

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Zamonaviy tanklarning prototipi boʻlib hisoblangan Uygʻonish davrining tanki yogʻoch va temir qismlardan yaratilishi kerak edi. Xarakatga keltiruvchi mexanizm gʻildiraklar, tishli shesteryonkalar va dastaklardan iborat boʻlgan.

 

Tank tahminan 8 kishidan iborat boʻlgan ekipajning jismoniy kuchi vositasida harakatlanishi kerak edi. Qurilmaning perimetri boʻylab zambaraklar joylashtirilishi kerak boʻlgan. Tepada kuzatish minorasi joylashtirilishi kerak sanalgan.

 

U shu darajada baland boʻlishi kerak ediki, uning ichida narvonlar oʻrnatilishi reja qilingan. Leonardo da Vinchi Tanki — buyuk italyan ixtirochi, musavvir va olim Leonardo da Vinchining ixtirolaridan biri.

 

Sakkiz kishi jangdan tashqi qobiq bilan himoyalangan,shuning uchun ham piyoda yurish orqali bunday “tipratikan”ni oʻzlari yaralanmagan holda jang maydonining markaziga olib kirishi mumkin edi.

 

 

Himoya qobigʻi bilan qoplangan hamma tomonga oʻquzuvchi bu qurol dushman qoʻshinlari uchun halokatli boʻlishi mumkin boʻlgan.

 

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Ferdinand Verbist oʻz mashinasini "AstronomiaEuropea" kitobida taʼriflab bergan. Verbist diplomat, kartograf va tarjimon sifatida ishlagan, chunki u lotin, nemis,  golland, ispan, italyan hamda ivrit tillarida gapira olgan. U oʻttizdan ortiq kitob yozgan.

 

Ayrim taʼkidlashlarga koʻra, Verbist dunyodagibirinchi oʻzi yurar transport vositasini – ilk avtomobilning timsolini ishlab chiqqan.

 

1672 yilda u Xitoy imperatori uchun oʻyinchoq loyihasini loyihalashtirgan. Bu bugʻ yordamida harakatlanuvchi oʻzi yurar arava boʻlgan.

 

Uning uzunligi atigi 65 santimetr edi va shuning uchun ham haydovchi bilan yoʻlovchilarni tashishga moʻljallanmagan.

Sharsimon qozonda suv qaynashi hisobiga bugʻ hosil boʻlib orqa gʻildiraklarni harakatga keltiruvchi bugʻ turbinalarining parraklariga yoʻnaltirilgan.

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Bi Shen insoniyat tarixida birinchi boʻlib harakatlanuvchi shriftni va uning yordamida amaliyotda bosma belgilarni chop qilishni ixtiro qilgan.

 

Xitoy novatorining harakatlanuvchi shrifti Sun sulolasining toʻrtinchi imperatori Jen-szun hukmronligi davrida loydan tayyorlangan.

 

Bi Shen kelib chiqishi oddiy fuqarolar tabaqasidan boʻlgani uchun uning hayoti toʻgʻrisidagi chuqur va batafsil maʼlumotlar saqlanib qolmagan.Uning usul mohiyati shunda ediki, usta loyni olib unda ierogliflarni oʻyib chiqqan. Ular tanganing yon tarafi kabi ingichka boʻlgan. Har bir belgi alohida muhrni aks ettirgan. Keyin u shriftlarni qotirish maqsadida belgili muhrlarni olovda kuydirib pishirgan.

 

Bundan avval Bi Shen temir tunika tayyorlab uni qaragʻay saqichi, mum va qogʻoz kukuni bilan qoplab chiqqan.

 

Bi Shen biror narsani chop qilish zarurati boʻlganda u temir ramkani olib, uni temir tunukaga joylashtirgan holda uning ichiga ierogliflarning tasvirlari tushirilgan muhrlarni kerakli tartibda yonma-yon joylashtirgan.

 

Ramka toʻlganida yagona turgʻun blok hosil boʻlgan. Shundan soʻng ixtirochi uni yengil qizdirib, pasta sal eriganidan keyin u silliq taxtani olib blokning yuzasiga bosgan. Buning natijasida blok qayroq toshdek silliq holga kelgan.

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Rene Dekart koʻz nurini yaxshilash uchun bir tarafiga linza qoʻyilgan kichgina naychadan foydalanishni taklif qilgan.

 

Naychaning ichiga linza bilan koʻzning muguz pardasi oʻrtasidagi muhit boʻlishi kerak boʻlgan suv quyilgan.

 

1801 yilda Tomas Yang Rene Dekartning gʻoyasini hayotga tatbiq etdi.

 

Biroq keyinchalik gidroskop deb nomlangan linzalarning timsollari keng qoʻllanilish uchun tarqalib ketmay qoldi.

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Dastlabki savdo avtomati Geron ismli muxandis tomonidan I asrda Aleksandriyada ixtiro qilingan.

 

Ibodatxonaga kiruvchilar kohinlar tomonidan yoritilgan suvda qoʻlini yuvishi kerak boʻlgan. Lekin suvni yoritish va uning sotilishi juda koʻp vaqtni olgani tufayli Geron bu jarayonlarni muvofiqlashtirgan.

 

Yoriq joyga tushirilgan tanga loʻkidonni suruvchi dastakka tegib, surma qopqoq, yaʼni loʻkidon ochilgan va biri kishi qoʻlini yuvish uchun yetarli boʻlgan suv miqdori otilib chiqqan.

 

Bu mashina ibodatxonada ilohiy suvni tarqatish uchun moʻljallangan edi.

 

Eʼtiqod qiluvchilar uchun bu yana bir moʻjiza boʻlib koʻringan, ammo aslida esa tanga suv qopqogʻini vaqtincha ochib beruvchi maxsus platformaga tushgan.

 

Bundan chiqdiki, Geron savdo qiluvchi avtomatni uning zamonaviy ekvivalenti patenlashtirilishidan 1800 yil avval ixtiro qilgan ekan.

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Bogʻdod batareykasi — parfiya yoki sassoniylar davridagi Mesopotamiyaga oid artefakt. Uni topgan nemis arxeologi Iroq milliy muzeyining direktori Vilgelm Kyonig va uning bu taʼkidlashga ishongan boshqalar ham gohida buni qadimiy galvanik unsur deb hisoblaydi. Agar shunday boʻlsa, bu “galvanik unsur” Aleksandro Voltning tugʻilishidan tahminan 2 ming yil avval yaratilgan.

 

Bugungi kunda Bogʻdod batareykasi Iroq milliy muzeyida joylashgan.

 

Vilgelm Kyonig tahmin qilishicha, kislota yoki ishqor bilan toʻldirilgan Bogʻdod batareykasi (aniqrogʻi, "galvanik" unsur), bir voltga teng elektrik kuchlanishni yaratishi mumkin boʻlgan ekan.

 

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Isitish tizimi Rimliklarda paydo boʻlishidan avval, u yunonlarda, xususan minoyliklarda mavjud boʻlgan.

 

Yunonlar oʻz uylarining pollari ostida quvurlar yotkizgan. Ulardan oʻchogʻda isitilgan suv yuritilgan.

 

Bu tizim gipokaust nomiga ega boʻlgan, buning mazmuni "pastdan isitish"dir.

 

Rim gullab-yashnagan paytida gipokaustlar rim termlari (xammomlari)ning issiq xonalarini va xususiy serhasham uylarni issiqlik bilan taʼminlagan.

 

Rimda oʻtkazilgan qazilma ishlarida zamonaviy “issiqpol”larning prototipi boʻlgan gipokaustlar topilgan.

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Antikiter mexanizmi — 1901 yilda choʻkib ketgan qadimiy kemadan topilgan mexanik moslama.

 

Ushbu mexanizm eramizdan avvalgi taxminan 100 yillargaoid. U Afinadagi Milliy arxeologik muzeyda saqlanib kelmoqda.

 

Mexanizmda oldi tarafi bilan orqa tarafida soat koʻrsatkich omillari oʻrnatilgan toʻgʻri burchakli yogʻoch korpusida kamida 30 bronza shesteryonkalari mavjud boʻlgan.

 

Ikkita toʻgʻri burchakli bronza himoya tunikalari oldva orqa panellarini toʻsib turgan. Ularning tahminiy oʻlchamlari - 31,5×17×6 santimetrga teng boʻlgan.

 

Ushbu mexanizm samoviy jismlarning harakatlarini hisoblash uchun ishlatilgan va 42 nafar astronomik hodisalarning aniq sanasini bilib olish imkonini bergan.

 

Maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturi yordamida shu narsa aniqlanganki, bu moslama 33,3-37 shimoliy kenglikda yaratilgan. Rodosoroli (36,4 shimoliy kenglik) va Sirakuz oroli (37,1 shimoliy kenglik) koʻpincha antikiter mexanizmi ishlab chiqilgan joylar boʻlishi mumkin deb koʻpincha tahmin qilib qilinadi.

 

Antikiter mexanizmiga oʻxshash moslamalar eramizdan avval 300-yildan 500-yilgacha boʻlgan davrda yaratilgan bir necha adabiy asarlarida taʼkidlab oʻtilgan

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro

Eramizdan avval 132-yilda Xitoyda ixtirochi olim Chjan Xen dastlabki seysmoskopni taqdim etgan. Hisoblanishicha, u zilzilalarni zamonaviy asbob-uskunalarning aniqligi bilan oldindan bilish qobiliyatiga ega boʻlgan.

 

Tarixiy qoʻlyozmalarda uning aniq tashqi qiyofasi va ishlash tartibi batafsil yoritilgan, lekin uning aniq ichki tuzilishi haligacha jumboq boʻlib qolmoqda.

 

Ayrim olimlar uning ishlash tamoyillari nazariyalarini ilgari surib, shunday seysmoskopning modelini yaratishga bir necha bor urinishlar qilgan.

 

Ushbu nazariyalardan eng keng tarqalganining taʼkidlashicha, mis kolbasining ichidagi  mayatnik yerosti turtkilar paytida harakatga keladi, xatto zilzila epitsentri bir necha yuz kilometr uzoqlikda boʻlganda ham.

Oʻz vaqtidan oldin paydo boʻlgan 9 nafar ixtiro
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar