Foydali

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Oldga qoʻyilgan maqsadga erishishni oʻrgatadi 

Oʻzimizning hayotimizni yaxshi tomonga oʻzgartirishga qanchalar koʻp vaʼda beramiz, ammo biroz vaqt oʻtib, boshqa vaʼdalarni beramiz yoki ular toʻgʻrisida umuman esdan chiqaramiz? Bu kitob oʻz imkoniyatlarini ishga solish va oldga qoʻyilgan maqsadlarga erishishni oʻrgatadi. Unda taniqli biznes-murabbiy va ruhshunoslik boʻyicha lektor M. Dj. Rayan muvafaqiyatning asosiy qismi niyat qilish paytidayoq shakllanishini aytib, oʻz oldiga vazifalarni qoʻyish va ularni bajarish toʻgʻrisida amaliy maslahatlari bilan oʻrtoqlashadi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Bu kitobda ijtimoiy psixologiya sohasidagi mutaxassis Xaydi Grant Xelvorson oʻquvchilarga oʻzining oldiga toʻgʻri maqsadlarni qoʻyishga yordam beradi, irodani chiniqtirish boʻyicha maslahatlar beradi va muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi fikrlashdan qochish yoʻllari toʻgʻrisida yozadi.“Yutuqlar psixologiyasi” qoʻyilgan maqsadlarga mustaqil ravishda erishishga va boshqalarni shunga undashga oʻrgatadi. Shuning uchun ham u boshqaruvchilarga hamda ota-onalarga juda mos keladi.

Muvafaqiyatga yoʻl toʻgʻri odatlarni ishlab chiqarish orqali oʻtadi. “Odat hukmronligi” kitobida New York Times gazetasining jurnalisti Charlz Daxigg kundalik marosimlar qanday shakllanishini va inson oʻzini muvaffaqiyatga dasturlab qoʻyishi uchun ularni qanday qilib oʻzgartirish mumkinligini taʼriflaydi. “Odat hukmronligi” yuksak maqsadlarga ega odamlar bilan birga oʻz hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirish istagidagilarga ham yordam beradi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Bu kitob — iroda kuchini tarbiyalash boʻyicha haqiqiy yoʻriqnoma. Unda Stenford universitetining professori, falsafa doktori va ruhshunos Kelli Makgonigal oʻziga berilgan vaʼdalarni bajarish uchun nimani va qanday qilish kerakligini hikoya qiladi. Igor Mann gapiga qaraganda “Iroda kuchi”ni oʻqishga kirgan har bir talabaga imtihonlar daftarchasi bilan berib, dastlabki imtihon esa aynan shu kitob boʻyicha boʻlishi kerak.

Ayrim paytlarda maqsad sari yoʻl bizdan keskin oʻzgarishlarni talab qiladi.“Hech qachonlardir” hayotning qotib qolgan tarzidan voz kechib yarim yoʻldan qaytmaslikka yordam beradi. Kitob avtopilotdagi hayotdan voz kechishnining har bir bosqichi alohida koʻrib chiqilgan olti qismga boʻlingan. Kitobni oʻqib boʻlganidan keyin avvalgi bir xillikdan qatʼiy voz kechish mantiqan toʻgʻri, qonuniy va hech ham vahimali boʻlmay koʻrinadi.  

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Odamlar bilan til topishga oʻrgatadi

Mark Goulston —politsiya va FBR muzokarachilarini oʻrgatuvchi ruhshunos. Oʻz kitobida u ishonch uygʻotib istalgan narsaga erishish uchun odamlar bilan muloqotda boʻlishni oʻrgatadi. Uning uslubida faqat manfaatparastlikka oid hisobnigina koʻrish notoʻgʻri: Goulston tavsiyanomalari odamlar bilan gʻarazli qiziqishsiz til topishga yordam beradi.

Bu kitobda esa odamni qanday qilib avrash, unga yoqib qolish va oʻzingiz istagan narsani bajarishga majbur qilish sirlari hikoya qilinadi. Bu tilyogʻlamalik boʻyicha yoʻriqnoma emas. Muallif faqat ayrim odamlar boshqa odamlarga yoqimli narsalarni qilishga yordam beradi. Gohida oʻz manfaatlarini koʻzlab ham!

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Bu kitob odamlar bilan muloqot paytida oʻziga nisbatan ishonchsizlikni yengishga yordam beradi. Tadbirkor va biznes-murabbiy Mark Roudz qanday qilib psixologik gʻovlardan oʻtish, inkor qilinishdan qoʻrqishdan qutilish va shu holda suhbatni boshlash sirlari toʻgʻrisida hikoya qiladi.

Afsuski, hayot bizni faqat xushfeʼl insonlar bilangina roʻbaru qilavermaydi, gohida juda ham yoqimsiz, mutlaqo mijgʻov odamlar bilan ham uchrashtiradi. “Sizni boshdan-oyoq eshityapman” kitobidan tanish psixiatr Mark Goulston konstruktiv suhbat qurib boʻlmaydigan kimsalar bilan minimal zarar va  maksimal foyda bilan qanday muloqotda boʻlish kerakligini hikoya qiladi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Aloqalar —muvaffaqiyatning tarkibiy qismlari boʻlgan omad, isteʼdod va tirishqoqlikdan zarracha kam boʻlmagan yana bir boʻlagi. Har qalay— yon daftarchasida prezidentlar, rok-yulduzlar hamda taniqli tadbirkorlarning telefon raqamlari boʻlgan netvorker Keyt Ferratssi aynan shunday, deb taʼkidlaydi. Muallif foydalitanishlarni ushbu kitobda taʼriflab bergan aloqa oʻrnatish strategiyalari tufayli orttirgan.

Romantik munosabatlarni qurishga yordam beradi

Bu kitobda psixiatr Emi Benks boshqa odamlar bilan yaqinlashish imkonini beruvchi toʻrt narsa: vazminlik, qabul qilish, rezonans va energiya toʻgʻrisida hikoya qiladi. Kitobdagi zamonaviy neyrobiologiya yutuqlariga asoslangan amaliy vositalarmiyani mustahkam munosabatlarga “moslashtirish” imkonini beradi.Olingan koʻnikmalardan nafaqat romantik, balki hamkasblar yoki oila aʼzolari bilan qurilajak munosabatlarda ham bemalol foydalanish mumkin.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Qarama-qarshiliklar bir-biriga tortiladi, ammo bunday munosabatlarni saqlab qolish juda ham oson emas. Mualliflar agar siz hamkoringizdan keskin farq qilsangiz qanday qilib mojarolardan qochish va bahtli oila qurish uchun ushbu farqlardan qanday qilib foydalanish mumkinligi toʻgʻrisida hikoya qiladilar.

Kitobning asosida biznes-rahbarlar oʻz boʻyniga olishi kerak boʻlgan toʻrt vazifani koʻzlovchi Itsxak Adizesning uslibiyati yotadi. Gumanitar bilimlar sohasidagi magistrlar Iexezkel va Rut Madanes bu uslubiyatni romantik munosabatlar sohasida qoʻllab koʻrib shuni aniqladilarki, bunday muomala maishiy arazlarni chetlab oʻtishga yordam berar ekan.

Ayrimlar munosabatlarni mustahkamlashga urinayotgan bir paytda, boshqalar ularni xatto oʻrnata olmaydi ham. Koʻp hollarda bunga sabab oʻrnida nimjon boʻlib koʻrinib qolishi qoʻrqinchi xizmat qiladi. Daniyalik psixoterapevt Ilse Sand hayotdan misollar keltirib, ruhiy himoyalanishning turli variantlari yordam bermay, aksincha toʻlaqonli hayot kechirishga halaqit berishini va ulardan qutilish yoʻllarini tushuntiradi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Taniqli oilaviy terapevt Syu Djonson muhabbat oʻzi nima ekanligi, nima uchun u oʻtib ketishini va nimaga biz uni shunchalar qumsashimizni hikoya qiladi. Muallif tanglik paytlarida odamlarni biri-biriga boʻlgan ixlosini kuchaytirish va hamkor bilan hamjihatlikka erishishga yordam beruvchi suhbat uchun yetti gʻoya bilan boʻlishadi.

Muammolar xatto eng bahtli juftliklarda ham yuzaga keladi. “Meni qattiqroq quchoqla” kitobi shu muammolarni boshdan kechirib yana yaqinlikka erishishga yordam beradi.

Yetakchilarning shaxsiy rivojlanishi boʻyicha maslahatchi Olga Lukina unga yordam soʻrab murojaat qilgan odamlarning olti nafar voqealarini hikoya qiladi. Bu insonlar doimo kuchli boʻlishga va oʻz muammolarini oʻzlari hal qilishga oʻrganib qolganlar.Xoʻsh, psixoterapevt qabulida boʻlib qolganidan keyin ularning holatini qanday baholasa boʻladi? Shaxsiy hayot bilan ish yoki xizmatdagi mavqe oʻrtasida muvozanatni izlash— kechagina paydo boʻlib qolgan yangi muammo emas. Bahtimizga, kitob muallifi bu muammo yechimini hal etishni biladi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Aqlliroq boʻlishga yordam beradi

Kreativlik — rivojlantirish mumkin boʻlgan yana bir koʻnikma. Bunga Maykl Mikalkoning “Guruchli hujum” kitobi yordam beradi. Unda gʻoyalarni samarali dunyo keltirish uchun uslublar va mashqlar bayon etilgan. Bu kitobda noandozaviy fikrlash borasidagi masalalar, oʻyinlar hamda dushvor vazifalarni topib dunyoni oʻzgartirib yuborgan ijodiy oʻpirilmalar toʻgʻrisida bilib olasiz. 

Gumanitar fanlar bilan shugʻullanuvchilarning koʻpchiligi matematik fikrlashning aniqligi va mantiqiga ular aqli hech qachon yetmaydi, deb hisoblaydi. Oklend universitetining professori Barbara Oakli bu farazni mutlaqo inkor qilib, aniqfanlar boʻyicha mutaxassislar foydalanadigan uslublarini oʻrgatishga harakat qiladi. Muallif matematika sohasidagi tayanch bilimlar biologiya, moliya yoki psixologiya boʻlishidan qatʼiy nazar istalgan sohada maʼlumotlarni oʻzlashtirishga yordam berishi toʻgʻrisida hikoya qiladi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

AQSHning hotira boʻyicha oʻtkazilgan chempionatining gʻolibi Djoshua Foer oʻz hotirasini bir yil davomida mashq qilgani toʻgʻrisida hikoya qiladi. Shu bilan birga “Eynshteyn Oyda sayr qiladi” kitobida eslab qolishning samarali uslublari, ming yilliklar davomidagi hotira vazifasiga bagʻishlangan oʻtmishga ekskursiya va ilmiy tadqiqotlarning hulosalarini topish mumkin.

“Simpsonlar” serialining ssenariynavislari jamoasiga matematika sohasidagi ilmiy unvonlarning egalari ham kiradi. Ajab emaski, multserialning lavhalari har kim uchun aniq-ravshan va tushunarli boʻlmagan joylarga toʻla. Saymon Singx kitobi kundalik hayotda siz eʼtibor bermay qolgan narsalar toʻgʻrisida hikoya qiladi, madaniyat ashyolarida yashirin nomalarni izlashga oʻrgatadi, ayrim matematik bilimlarni taqdim qiladi va qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishtiradi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Biz doimo yangi axborot qabul qilamiz, ammo uning hammasi ham haqiqat emas. Maykl Shermer oʻzining “Skeptik” kitobida haqiqatni aniqlash uchun oqilona yondoshishdan foydalanish toʻgʻrisida hikoya qiladi va hayotdan gumrohlikning yorqin misollarini keltiradi. Bu kitob ayniqsa fanlarni chuqur tadqiq qilish istagidagilar uchun juda ham foydali.

Yaxshiroq ishlashni oʻrgatadi

Mahsuldorlik boʻyicha mutaxassis Maksim Dorofeev oʻzining kitobida “fikriy yoqilgʻi” terminini joriy qiladi— bu bizning mahsuldorligimizga taʼsir oʻtkazadigan aqliy zahiralar. Boshqa paytlarda bajarish uchun bir kun vaqt sarflangan vazifani ayrim paytlarda bizatigi ikki soatda bajarishimizni muallif aynan “fikriy yoqilgʻi”ning miqdori vasifatiga bogʻliqligini tushuntiradi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Favqulodda qobiliyatni kashf etish — ishning yarmi. Oʻz manfaatlari yoʻlida undan foydalanishni oʻrganish ancha muhimroq. Maksim Dorofeev bunga qanday erishish mumkinligi toʻgʻrisida hikoya qiladi va “fikriy yoqilgʻi”ni saqlash boʻyicha uslublari bilan oʻrtoqlashadi

Sobitqadamlik, tirishqoqlik va urinishlarga sarflangan yillar maʼlum bir sohada muvaffaqiyatga boʻlgan imkonlarni oshirib yuboradi, ammo uni hech kafolatlay olmaydi. Dunyoda aniq fanlarni zabt etishga yoki oddiy yozishni oʻrganib olishga chorasiz uringan odamlar qancha? Kel Nyuport umidsizlikka tushganlarga umid bagʻishlab ularni qoʻlidan kelgan sohada professional boʻlishga chaqiradi.

Ehtimol, chala dasturchi reklamada oʻzini topar, omadsiz yozuvchi esa iqtisodchi vazifasida oʻz bahtini topar, balki. Muallif orzu qilishni inkor etishga emas, hayotiy rejani tuzishda realist boʻlishga chaqiradi. Bunday nigoh achchiqlantirishi mumkin,ammo biroz fikr qilib hayotning bir necha yilini behudaga sarflashdan asrab ham qolishi mumkin.

“Mann, Ivanov va Ferber” noshiridan amaliy qoʻllanma. U oʻquvchiga oʻz ishida eng zoʻri boʻlib qolishga yordam beradi.“Nomer 1” — hajmi boʻyicha juda ham katta boʻlmagan kitobcha. Unda faqat eng zarur narsalar bor: harakatlar rejasi, tavsiya qilingan adabiyotning roʻyxati va hozirning oʻzidanoq yaxshiroq boʻla boshlashga undaydigan amaliy qismi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

“Komfort hududidan chiq” — bu shaxsiy samaradorlikni oshirishning 21 uslubi. Ularning bir qismi Layfxaker oʻquvchilarining har biriga tanish boʻlsa ajab emas. Muallif har kungi bitmas-tugamas vazifalarni rejalashtirish va filtrlash muhimligi toʻgʻrisida hikoya qiladi va darhol ulardan foydalanishga kirishish maqsadga muvofiq boʻlgan qimmatli maslahatlarini beradi.

Koʻp vazifalilik— diqqat bilan bajariladigan ish va samaradorlikning asosiy dushmani. Ruhshunoslik fanlaridan dars beruvchi Devora Zakbir necha ishni bir vaqtning oʻzida bajara turib koʻp narsaga ulgurib boʻlmaslikning isbotini keltirib beradi. “Bir vazifalilik” axborot shovqinidan qutulish va vazifalarni birin keting bajarib, masalani samarali yechish imkonini yaratadi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Yaxshi rahbar boʻlishga yordam beradi

“Oson boʻlmaydi”— har qanday biznes egasiga, ayniqsa, oʻz ishini ilk bor ochayotganlarga juda foydali boʻladigan maʼlumotlarning ulkan toʻplami. Bu kitobdagi maslahatlar murakkab vaziyatlarda yechim topishga yordam beradi, istehzoli va meʼyorida kulgili tarzdagi hikoya qilinishi esa “Oson boʻlmaydi” kitobini nafaqat foydali, balki juda qiziqarli asar sifatida namoyon qiladi.

“Noldan birga” kitobini oʻzining oʻqib chiqish kerak boʻlgan kitoblar roʻyxatiga xatto qachonlardir PayPal toʻlov tizimining yaratuvchisi va shu kitobning muallifi Piter Tilning raqibi boʻlgan Ilon Mask ham kiritgan. Oʻz biznesini olib borish toʻgʻrisida gap ketayotganida, eng yaxshisi bu sohada muvaffaqiyatga erishgan kishiga murojaat qilishdir. Tadbirkor va milliarder Piter Til oʻz biznes yoʻlining boshida strategiyani qanday tanlash toʻgʻrisida hikoya qiladi va biznesning eng sodda boʻlsa ham, ish beruvchi sirlari bilan boʻlishadi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

“Oʻzi uchun oʻziMVA” — orqasida jiddiy biznes-maʼlumotiga ega boʻlmagan, biroq oʻz ishini ochish istagidagilar uchun amaliy qoʻllanma va juda kuchli motivator. Kitobning muallifi Djosh Kaufman oʻzi ham oʻz kuchi bilan oʻrganuvchining yoʻlini bosib oʻtib diplom boʻlgani yaxshi, ammo biznes qanday ishlashi toʻgʻrisida maʼlumotni mustaqil olish mumkinligini tushunib yetgan.

“7 koʻnikma” —bu har bir biznes egasi yoki jamoa aʼzosi oʻzlashtirib olishi shart boʻlgan yetti nafar asosiy kalit qoidalar. Har birining boshida kalit koʻnikma koʻrib chiqiladi, masalan proaktivlik yoki sinergiya. Kitob dastlab 1989 yilda chop etilishiga qaramay unda bayon qilingan maʼlumotlar hamon juda dolzarb.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Koʻpchilik tadbirkorlarning hisoblashicha biznesdagi muvaffaqiyat —yaxshilik yaratish va odamlarga yordam berish istagining natijasidir. Bu gʻoyani ommalashtiruvchilaridan biri Toms Shoes kompaniyasining yaratuvchisi Bleyk Maykoski. Toms Shoes — nafaqat oʻzining mahsuloti bilan, bir juft sotib olingan paytda ikkinchi juft oyoq kasalliklari bilan kasallangan kam taʼminlangan bolalarga joʻnatish tartibini joriy qilganligi bilan ham mashhur boʻlgan poyafzal ishlab chiqaruvchisidir. Oʻzining “Oʻz izingni qoldir” avtobiografik kitobida Bleyk Maykoski foyda keltiradigan samarali biznesni tashkil qilish toʻgʻrisida hikoya qiladi.

Yangilikka oʻrgatadi

Yangi tilni oʻrganish uchun kech qoldim, deb oʻylasangiz qattiq adashasiz. Katta yoshda chet tilini oʻrganishga miyaning “qotib qolgani” emas, odatda qatʼiy intizom va irodaning yoʻqligi halaqit beradi. Qanday tilni oʻranmoqchi boʻlganingizdan qatʼiy nazar “Kattalar uchun chet tili” juda foydali dastgohingiz boʻladi. Kitob mualliflari eslab qolish boʻyicha maslahatlari bilan boʻlishishadi va shugʻullanish odatini shakllantirish yoʻllari toʻgʻrisida hikoya qiladi. 

Idoradagi boshqaruvchi, bankdagi xizmatchi, maktabdagi oʻqituvchi — hamma doim nimanidir yozadi. Buodamlar oʻzining matnlarini bilan yozuvchilar va jurnalistlardan zarracha kam boʻlmagan holda dunyoga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Maksim Ilyaxov va Lyudmila Sarycheva “Yoz,qisqartir” kitobida qisqa va aniq matn yaratish boʻyicha oʻzining andozaviy retsepti bilan boʻlishishadi va hulosalarni biz har kuni duch keladigan misollar bilan tasdqilaydi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Bu qoʻllanma surat chizish — mutlaqo tugʻma koʻnikma, degan fikrga qarshi chiqadi. Unvonli oʻqituvchi Mark Kistlerning kitobida qadamba-qadam koʻrsatmalar, maslahatlar, tehnikalar, layfxaklar, shuningdek suratda chuqurlik taassurotini yaratish imkonini beruvchi toʻqqizta asosiy qonunni topish mumkin.

Juda tez oʻqish bilan birga iloj bor qadar koʻproq maʼlumotni oʻzlashtirish professional adabiyotni oʻrganishga toʻgʻri kelgan har bir kishi uchun juda muhim koʻnikma.

Kitob oʻzining oldiga qoʻygan maqsadi - sizni hayol tezligida oʻqiy olishni oʻrgatishdan iborat. Piter Kampning qoʻllanmasi ilk bor chop etilgan kunidan 40 yil oʻtgandan keyin ham unga boʻlgan qiziqish soʻnmay, aksincha ortib borayotganini hisobga olsak – buuning haqiqatdan ham ishlashidan darak beradi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

“Har kuni fotosuratga ol”— zerikarli boʻlmagan tilda yozilgan va har qanday kamera bilan sifatli fotosuratlarni yaratish boʻyicha jozibador bezatilgan qoʻllanma. Bu kitob bilan siz avtomatik rejimda suratga olishdan bosh torta olmay qolasiz, obyektivning ochiq turish vaqti hamda yorugʻlik sezgirligi nima ekanligini bilib olasiz, ijtimoiy tarmoqlar uchun fantastik portretlar, manzaralar, hayvonlar va xatto taomlarning suratlarini yaratishni oʻrganib olasiz.

Bahtliroq boʻlishga yordam beradi

Neyrobiolog Vendi Suzuki miya mashgʻulotlarining noyob mashq bajarish usullari va badan bilan birga fikrlar shakliga ham taʼsir qiladigan jismoniy mashqlarning mualliflik uslublari bilan boʻlishishadi.  Neyrobiologiya bilimlaridan foydalanga holda, muallif oʻz miyasini qayta dasturlashga va shu tarzda oʻzgarishga erisha olda. Endi esa, u oʻz kitobxonlariga huddi shunday qilishga yordam berishga tayyor. Agar kunlardan bir kun uyqudan turib oʻzingizga yoqmay ketayotgan boʻlsangiz — bu kitob aynansiz uchun.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Fuqarolarining bahtliligi boʻyicha dunyo mamlakatlarining reytingida Daniya doimo yetakchilik qiluvchi oʻrinlarda namoyon boʻladi. Hamma gap “xyugge” — Daniyaliklarning asosida bir necha oddiy qoidalar yotgan hayot falsafasida. “Xyugge” dunyoqarashi biron bir moddiy narsaga emas, muhit va hissiyotlarga asoslangan, shuning uchun ham Daniya aholisining vakillari bahtning tarkibiy qismlarini oddiy kundalik narsalardan izlab topishni biladi. Mayk Viking kitobida xyugge qoidalari va bahtiyor Daniyaliklarning fikrlashiga iloji bor qadar yaqinlashish usullari boʻyicha oʻnlab maslahatlar bayon etilgan. 

Ayrimlar bir vaqtning oʻzida juda koʻp ishlarni bir yoqlik qilishga urinib, shu bilan birga taym-menedjment, yaʼni, vaqtdan unumli foydalanish sanʼatini oʻzlashtirishga intilayotgan bir vaqtda, neyrofiziolog Endryu Smart yalqovlikni insonning oliy maqsadlaridan biri sifatida eʼlon qiladi. Muallif bandlik bilan bogʻliq boʻlgan muammolarning tub ildizini ochib tashlab, inson oʻzini anglashi uchun uning asl yoʻli bayramona turmush tarzi orqali oʻtishini taʼkidlaydi. Bu kitob insonga oʻz yalqovligidan uyalishni toʻhtatadi, erinchoqlikni oʻz manfaatlari yoʻli ishlatishni oʻrgatadi, pirovard natijada tejagan asablaringiz hamda har bir daqiqangizni oqlaydi. Kitobga baho berish oʻzingizga bogʻliq.

 

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Ijodiy shaxslarni tadqiq qilayotgan paytda muallif ular dili yorishish paytida oqim holatini his etishlaridan bahtli ekanligini aniqladi. Ushbu oqimda hozir boʻlish juda ham oson emas: bu katta eʼtibor va kuchlanishlarni talab etadi, bahtning oʻzi esa –biz bilan sodir boʻladigan narsa emas, uni his etishni oʻrganish kerak boʻlgan sanʼat.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati

Bu kitob aslida siz xohlagan narsani - kerak boʻlganda odamlarga “yoʻq” javobini berishni oʻrganib olib, oʻzingizga ishonch hosil qilishni aniqlab olishga yordam beradi. Petra Kuntse taʼkidlashicha, “yoʻq” deya bilish sizni oqibatsiz odam qilib qoʻymaydi, u faqat oʻz ehtiyojlaringizga quloq solish hamda oʻz manfaatlaringizni himoyalashga yordam beradi.

“Yoʻq” deya olish qobiliyati” interaktiv va boʻsh hoshiyalarga ega boʻlgan maxsus daftarga oʻxshaydi. Muallif hamma javoblar allaqachon tayyor, ularni faqat ovoza qilishdan qoʻrqmaslik kerakligiga ishora qiladi.

Oʻzgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob roʻyhati
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar