Oʻzingizni bahtli his etish uchun kerakli tavsiyalar

Ha, shoir aytganidek, har bir fasl inson ruhiyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi.
Tevarak-atrofnik oʻz qamashtiruvchi yashil rangga burkagan zumrad bahor faslida oʻzingizni maʼyus va tushkun kayfiyatda sezganmisiz? Agar ayni paytda ruhiy zoʻriqish, xafsalasizlikdan qiynalayotgan boʻlsangiz, quyidagi maslahatlarimiz sizga yordam berishi, shubhasiz.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, sport bilan shugʻullanuvchilar ruhiy tushkunlikka besh marta kamroq uchrar ekan.
Jismoniy mashqlar inson vuchudida baxt garmoni - endorfin ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Sogʻlom odam uchun hafta mobaynida 4-5 marta sport mashgʻuloti bilan shugʻullanish kifoya.
Bukchayganyelka, soʻlgʻin nigoh "Men qaygʻudaman" degan maʼnoni bildiradi. Lekin bu holatning atrofingizdagi odamlardan koʻra, oʻzingizga ziyoni koʻproq. Oʻtkazilgan tajribalardan maʼlum boʻlishicha,har qanday inson oʻzini qaygʻuli holatga solsa, kayfiyat birdaniga yoʻqoladi yoki aksincha, optimistik holat qaygʻuni haydar ekan.
Tabassumniesa fiziologlar "yaxshi kayfiyat tugmasi", deyishadi. Hattoki, koʻzda yosh bilan majburan jilmaysangiz ham qalbingiz gʻubordan tozalanib borishini hisqilasiz. Buni oʻzingizda sinab koʻring.

Oziq-ovqat mahsulotlari ham maʼlum darajada sizga baxtli lahzalarni hadya etishi mumkin.
Quvonch, xursandchilik garmoni-serotonin shokolad, olma va olxoʻrida koʻproq uchraydi.Tarkibida triptofon aminokislotasi mavjud sut, tuxum hamda dukkakli oʻsimliklarni koʻproq isteʼmol qilsangiz, kayfiyatingiz ancha koʻtariladi.
Shuningdek,uglevodga boy boʻlgan non, kartoshka va makaron esa tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

Maʼyuslikbizlarni kuz va qish faslida taʼqib etishining sababi quyosh nurlarining kamligidandir. Mutaxassislar fikricha, insondagi tushkunlik psixologik emas, balki aniq fiziologik jarayonga bogʻliq. Ultrabinafsha nurlarining yetishmasligi inson kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Kayfiyatingiz yomonlashdimi, ochiq havoda, quyoshning iliq nurlari ostida biroz sayr qiling, qalbingizga yorugʻlik kirganini oʻzingiz yaqqol sezasiz.
Atrofimizdagi odamlar bilan muloqotda biz xohlaymizmi yoki yoʻqmi, ularning ruhiy toʻlqiniga moslashib boraveramiz. Kulgu "yuqumli" ekanini hammamiz bilamiz. Biroq yomon kayfiyat undan ham tezroq yuqishini anglab yetmaymiz.
Avstraliyalik olimlar yomon kayfiyatda ishga kelgan xodim jamoadagi barcha kasbdoshlarini qaygʻuga solib qoʻyishiga 20 daqiqa vaqt kifoya ekanligini aniqladilar. Mana shuning uchun ham doim hayotidan rozi, umrini shukronalik bilan oʻtkazayotgan, kelajakka esa ishonch bilan boqayotgan baxtiyor insonlar davrasida koʻproq boʻlishga harakat qiling...
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



