Paleontologlar AQSHda yangi tugʻilgan tiranozavr bolasining qoldiqlarini topib oldilar

AQSHdagi Kanzas universitetining olimi Devid Bernxem (David Burnham) ning aytishicha "Dinozavr tishlarining tuzilishi va joylashishi darak berishicha bu tiranozavr. Biroq, bunga toʻliq ishonch hosil qilish uchun biroz vaqt kerak.

Bu yirtqichlarning yosh zotlari juda kam uchraydi, shuning uchun ham bu sal boshqacha anatomik tuzilishga ega boʻlgan tiranozavrning yosh namunasimi yoki fanga hali nomaʼlum boʻlgan yangi turdagi dinozavrmi, darrov tushunib olish juda qiyin. Bahtimizga, bu muammoni yechishga yordam beruvchi boshqa qoldiqlar ham bor, deydi olim.

Keyingi yillarda tiranozavrlar va tetanurlar – mezazoy davrining bahaybat ikki oyoqli yirtqich kaltakesaklari qatoridan boʻlgan ularning yaqin zotdoshlari oʻz “imidji”ning toʻla alamshuvini boshdan kechirdilar. Bugungi kunda olimlar tiranozavrlarni “Yura davri bogʻi” va shu kabi boshqa badiiy filmlarda koʻrsatilganday tangali va “tishli” reptiliy emas, tishlari kattagina lablar bilan toʻsilgan qanotli mavjudotlar boʻlgan deb hisoblay boshladilar.

Tiranozavrlarning boshqa koʻp jihatlari hozircha olimlar oʻrtasida tortishuvlarning mavzusi boʻlib qolmoqda. Ular “mezozoy qirollari” boʻlganmi yoki oʻlaksaxoʻrlarmi, ular qay darajada tez oʻsgan va yangi tugʻilgan bolalarining koʻrinishlari qanday koʻrinishlarga ega boʻlgani hozircha bizga nomaʼlum.

Paleontologlarning bir qismi tiranozavrlarning bolalari katta nusxalariga oʻhshamagan va umuman boshqa narsalar bilan oziqlangan deb hisoblashadi, biroq bu nazariyani tekshirib koʻrish hanuzgacha oʻta muammoli boʻlib kelmoqda.

Bernxem bilan uning hamkasblari tahminlarga koʻra boʻr davridagi eng yirik yirtqichining yuz yillardan oldinroq dastlabki qoldiqlari topilgan joy – Montana shtatidagi mashhur Xell-Krik, yaʼni “jahannam boʻlogʻi” formatsiyasi hududida qazish ishlarini olib borayotib tiranozavrlarning sirini bilib olishga yaqinlashdilar.

Paleontologning taʼkidlashicha ikki yil avval uning jamoasi gʻalati bir tosh qotgan qoldiqqa duch kelib qolgan. Bu qoldiqlar 1902 yilda Barnum Braun tomonidan topilgan qoldiqlarday mashhur boʻlib ketishi mumkin ekan.

Dastavval olimlar nima bilan duch kelib qolganlaridan xabari yoʻq edi, chunki ularda faqatgina tepa jagʻ va unda saqlanib qolgan asosiy va “zahiradagi” tishlari boʻlgan boʻlagi bor edi xolos. Oradan bir yil oʻtgach, Bernxem va uning hamkasblari topilgan boʻlakni togʻ jinsidan chiqarib olib hamda boshqa suyaklarning siniqlarini yigʻib birlashtirganidan soʻng bu qoldiqlar deyarli yangi tugʻilgan tiranozavrga tegishli boʻlishi mumkin deb xulosa qildilar.
Olimlarning umid qilishlaricha bu qoldiqlarning kelgusidagi tadqiq qilinishi ularga tiranozavrlar bilan bogʻliq boʻlgan paleontologiyadagi eng uzoq davom etib kelayotgan bahsni hal etilishiga yordam beradi. Bu “nanotiranlar” deb ataluvchilar dinozavrlarning alohida bir turimi yoki shunchaki yosh tiranozavrlarmi- shuni aniqlash masalasi uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelmoqda. Ularning qoldiqlari oʻtgan asrning oʻrtalarida topilgan va shundan beri olimlar bir toʻhtamga kela olmay, shu ikkala nazariyaning qay biri toʻgʻri ekanligini hamon aniqlay olmaydilar.
Bernxemning soʻzlariga qaraganda, uning jamoasi tomonidan topilgan qoldiqlar tiranozavrlar boshqa nusxalarining tanalari iziga nisbatan ancha yoshroq nusxasining tanasiga tegishli boʻlgan. Olimlar ularning topilmasidagi bu xususiyati “nanotiranlar”ning tosh qotgan qoldiqlarini Montanadan topilgan topilma bilan taqqoslab koʻrilganidan keyin ular haqiqatdan ham mavjud boʻlgan yoki boʻlmaganini aniqlashga albatta yordam beradi deb umid qilmoqdalar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



