Sayohat

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Ularning barini koʻrib, oʻrganishga arziydi. Lekin, Parijning baʼzi diqqatga sazovor joylari borki, ularni qoldirib ketish mumkin emas. Bu maqolada Parijning, ommaviy mashxurligi, tarixiy ahamiyati yoki estetik maftunkorligi uchun tanlangan, 10 ta eng zoʻr diqqatga sazovor joylari taqdim etilgan. Agar, siz Parijning eng yorqin diqqatga sazovor joylarini koʻrmoqchi boʻlsangiz, bu yoʻriqnoma sizga birinchi boʻlib nimani koʻrib, nima bilan mashgʻul boʻlishni aniqlashda yordam beradi.

Shunday qilib Parijning diqqatga sazovor joylarning (surʼatlar bilan, kommentlar, Parijning diqqatga sazovor joylarining xaritadagi belgilari bilan) top - 10 taligini taklif qilamiz:
Luvr
Notr-Dam sobori
Eyfel minorasi
Orse muzeyi
Sorbonna va Lotin kvartali
Triumfal arka va Elisey dalalari
Jorj Pompidu markazi va "Bobur"
Sakre-Ker, Monmartr, Mulen Ruj
Per-Lashez qabristoni
Sena boʻylab qayiq sayohati

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Luvr bilan mayda detallargacha tanishib chiqish uchun butun umrni bagʻishlash kerak. Bunga qaramay, nimadandir boshlash kerak:). Dunyoning XX asrgacha yaratilgan rassomlik, haykaltaroshlik, dekorativ shedevrlari, shoh asarlarning eng yirik va keng kolleksiyalari yigʻilgan joy. Luvr, shubhasiz, Parijning eng mashxur diqqatga sazovor joylaridan biri. Mona Liza va Milossk Venerasini yodda tutgan holda, Vermeer, Karavadjo, Rembrand va boshqa koʻplarning ishlaridan bahramand boʻling. Qasrning oʻzi Oʻrta asrlardan to bizning kunlargacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan boy tarixning guvohnomasidir. Qoʻshni boʻlgan Tyulri bogʻlari tashrifdan avval va soʻng sayr qilish uchun ideal mos.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Agar siz Evropaning goʻzal va betakror soborlaridan biri, gotik arxitekturasi - Notr-Damga tashrif etmasangiz, Parijga boʻlgan safaringiz toʻliq boʻlib hisoblanmaydi. Notr-Damning ajoyib minoralari, shpillari, vitrajlari va haykallari, kafolatli, sizni maftun qiladi. Avval bu sobor Oʻrta asrlar Parijining yuragi boʻlgan. Chunki, uni bitirish uchun deyarli 100 yil ogʻir mehnat talab etilgan. Shimoliy minorasiga koʻtarilganda, aynan oʻsha Kvazimodoning vitrajlari orqali, Parijga gʻaroyib panorama koʻrinishi ochiladi. Soborni bir marotaba koʻrib, siz nima uchun Notr-Dam Parijning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri ekanini tushunasiz.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Boshqa moʻljallardan koʻra eng koʻp boʻlib, Eyfel minorasi Parijning orasta va zamonaviy ramzi hamda, asosiy diqqatga sazovor joyi boʻldi. 1889 yilda Xalqaro koʻrgazma uchun Gyustav Eyfel tomonidan qurilgan, temir minora, ochilgan vaqtida parijliklar orasida juda ham nomashxur boʻlgan edi. Noroziliklat sababli uni demontaj qilish qarori qabul qilinishiga oz qolgan edi. Baxtga koʻra, bu yuz bermagan edi. Oʻsha uzoq vaqtlardan beri Eyfel minorasi 220 milliondan ortiq tashrifchilarni oʻziga jalb qilgan. Hamda, Parijni xozir usiz tasavvur qilish qiyin ishdir.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Luvrdan koʻprik orqali Orse muzeyi tomonga sayr qiling va koʻring - bu axir klassik va zamonaviy sanʼat oʻrtasidagi koʻprikku! Orse muzeyining keng va yorugʻ zallari impressionustlar va posr-impressionistlarning rassomchilikni dunyodagi eng qimmatbaho kolleksiyalarini taqdim etadi. Ular sizni 3 qavatda Degning raqqosalaridan Monening liliyalarigacha boʻlgan zamonaviy durdona asarlar boʻylab olib oʻtadilar. Sizni Van Gog, Delakrua, Monelarning asosiy ishlari kutmoqda.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari
Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Sorbona Parijning navbatdagi yorqin diqqatga sazovor joylaridan biri, hamda Lotin kvartalining tarixiy ruhidir. Sorbonada ilmiy fikr asrlar davomida gullab yashnagan. 1257 yili kichik guruh teolog talabalar uchun asoslangan Sorbona, Evropaning eng qadimiy universitetlaridan biridir. U koʻplab buyuk muloxazachilar, shu qatorda faylasuflar Rene Dekart, Jan-Pol Sartr va Simon de Bovuarlar uchun tayanch boʻlgan. Kolledj qarshisidagi kafening yerrasasida ichimliklardan bahramand boʻling. Soʻng, Sorbona qarshisida joylashgan Lotin kvartalining kichkina koʻchalarini oʻrganishga otlaning.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Deyarli ellik metrlik Triumfal arka imperator Napoleon I buyurtmasi boʻyicha qurilgan boʻlib, xozir aynan boshlangʻich maqsadi boʻlgan: absolyut harbiy kuch va tantana hissini uygʻotish rolini bajarmoqda. Bu diqqatga sazovor konstruksiya Parijda oʻz sharafiga oʻzi haykallar qurgan davrlarda qurilgan uylar. U vaqtlarda inshoatlarning masshtablari ularni qurdirganlarning egosini aks ettirgan. Napoleon soldlari va generallar xotiralarini arkaning goʻzal skulpturalari va bareleflari ulugʻlaydilar. Triumfal arkaga Elisey dalalarining bir xilda ulugʻvor avenyularini sayrini boshlash yoki yakunlash uchun tashrif etong. Siz albatta oʻzingizni ulugʻvor deb his etasiz!

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Parijliklar Jorj Pompidu markazini shaharning madaniy pulsi deb hisoblaydilar. Bu zamonaviy sanʼat muzeyi va madaniy markaz mahalliy aholi tomonidan yoqimli qilib Beaubourg (Bobur) deb nomlangan joyda joylashgan. U 1977 yili prezident Jorj Pompidu sharafiga ochilgan edi. Uning oʻziga xos skeletga oʻxshash konstruksiyasi suyaklar va qon tomirlarini eslatadi. Bu koʻrinish doim kategorik reaksiyani yuzaga keltirgan: yoki doimiy hayrat, yoki doimiy nafrat, lekin xech qachon moʻtadil oʻrtacha tuygʻular emas. Agarda ekssentrik dizayn sizning didingizga yoqmasa, u holda sizning diqqatingizni Zamonaviy sanʼat milliy muzeyidagi ishlarning kolleksiyasi oʻziga tortishi mumkin. U huddi shu binoda joylashgan. Oʻz ichida Modilyani va Matisslarning asarlarini jamlagan. Muzeyda XX asrning dunyodagi eng nufuzli sanʼat kolleksiyalari koʻrsatilgan. Hamda, Jorj Pompidu markazining tomiga koʻtarilib, u yerdan shaharga ochiladigan goʻzal koʻrinishni tomosha qilish juda zoʻr imkoniyati bor.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Takrorlanmas oq gumbazlari bilan Sakre-Ker bazilikasi Parijning eng baland nuqtasi, Monmartr tepaligida joylashgan. Bu bazilika 1909 yili yoritilgan edi. U oʻzining hayratda qoldiruvchi koʻrinishidan tashqari, yorqin tilla mozaikali interyeri, hamda Parijning keng panoramasi ochiladigan terrasasi bilan mashxur. Monmartrgacha metro stansiyasi yonida joylashgan funikulyorda uchib oʻting, yoki tepalikka zinapoyalardan koʻtarilib Sakre-Kerni koʻring, soʻng Monmartrning kichkina qishloqdagiga oʻxshash kochalarini oʻrganishga otlaning. Sakre-Kerga koʻyarilishga va Monmartr boʻylab sayrga kuchingizning katta qismi ketganidan keyin shu atrofda joylashgan, mashxur Parijning klassik kabaresi Mulen Rujni izlab toping.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Parijda boʻla turib hayolingizga qabristonga tashrif etish kelmaydi. Lekin, aslida ularning baʼzilari haqiqatda diqqatingizga va qaysidir maʼnoda taxsinningizga loyiq. Dunyodagi eng "sheʼriy" qabriston boʻlib, Per-Lashez qabristoni hisoblanadi. Bu yerda koʻplab taniqli odamlar koʻmilgan, masalan, ular orasida Doors guruhi yetakchisi Djim Morrison bor. Uning qabri doimiy ravishda uning koʻp sonli muxlislari tomonidan qoʻllab turiladi. Shu yerning oʻzida siz fransuz dramaturgi Moler, Oskar Uayld, Edit Piaf, Richard Rayt va boshqa koʻplab taniqli odamlarning qabrlarini uchratasiz. Per-Lashez qabristonini oddiy qabriston bilan assosiasiyalash kerak emas. Bu yerda sayr ancha qiziqarli va aniq koloritli boʻladi.

Parijning eng zoʻr diqqatga sazovor joylari

Sena daryosi boʻylab suzib, Parijning koʻp sonli diqqatga sazovor joylarining koʻrinishlaridan bahramand boʻlish - bu haqiqatda esda qolarli taassurot. Bateaux Parisiens kabi turli xil ekskursion firmalar Sena boʻylab bir soatlik ekskursiyani 10 evroga taklif qiladilar. Bortga chiqish yoki Eyfel minorasi yoki Notr-Dam yonida amalga oshiriladi. Bunday ekskursiyani, suvdagi chiroqlar aksining oʻynidan bahramand boʻlish uchun, kechqurun olishni tavsiya qilamiz. Issiqroq kiyining, chunki suvda doim salqinroq. Senadan tashqari, siz Parijning boshqa suv yoʻllari - baʼzi kanallar boʻylab ekskursiyalarni ham koʻrishingiz mumkin. Bu sizga shaharning turistlar koʻzlaridan berkingan xususiyatlarini koʻrish imkonini beradi.

Mavzuga oid: dunyoning eng yaxshi istirohat bogʻlari

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar