Qiziqarli maʼlumotlar: Qiziqarli va noyob sport turlari

Bugungi kunda koʻp sonli sport turlari mavjud. Ha bir sportning butun yer shari boʻylab oʻz havaskorlari bor. Baʼzi sport turlari hatto aktyor va xonandalardan ham koʻra sevimliroqdir.

Koʻp oʻyinlar juda antiqa tuyulishi mumkin, ammo ulardagi qoidalar juda qiyindir. Shunga qaramasdan, bu kabi oʻyinlarning ham havaskorlari bor. Shu oʻrtada, bu sport bilan shugʻullanish uchun alohida uskuna kerak emas, futbol, basketbol, beyzbol kabi oddiy sport turlarida ishlatiladigan oddiysi ham boʻladi, va siz o'zingiz ham bu sport turlarini shahringizda ham tashkil qilishingiz mumkin.
Djibbing

Siz biror marta zina dastasi boʻylab sirpanganmisiz? Bun mashgʻulotga bagʻishlangan butun bir sport turi bor. Buning uchun yuza boʻylab osongina sirpanish maxsus chuqurchalik oyoq kiyimi ishlatiladi. Bugungi kunda bu sport turi boʻyicha bir qator musobaqalar ham oʻtkaziladi, va maxsus roliklar yoki snoubordlar ishlatiladi.
Xerling

Mana siz eshitmagan oʻyin turlaridan biri. Bu sport turi Irlandiya hududida juda taniqli. Bu oʻyinni qanday ifodalasa boʻladi?Bu beysbol, xokkey va futbol birlashmasidir. Qiziqarli tuyulyapti, shundaymi? Oʻyinda raqib darvozalriga sharni kirgizish uchun ishlatiladigan maxsus klyushkalardan foydalaniladi. Eng koʻp gol urgan komanda yutadi. Oʻyin ikki ming yil oldin dunyoga kelgan. Irlandiyada bayramlar oʻtlazilayotgan paytda, bu oʻyindan 100-200 kishi, baʼzida esa koʻproq odam bahra olgan.Birta oʻyin hatto bir kunda ortiq davom etgan hollari ham boʻlgan.
Buzkashi

Bu oʻyinda otlardan foydalaniladi. Oʻyin ishtirokchilari ularni minishadi. Balkim, bu oʻyin tanish boʻlishi mumkin? Ammo xulosa qilishga shoshmang. Oʻyin uchun boshsiz echki badani ishlatiladi. Oʻyinchilarning vazifalariga hayvon goʻshtini iloji boricha uzoqroq ushlab turish kiradi. Bu oʻyinni moʻgʻullar olib kelishgan. Hozirda buzkashi – bu oʻyin, ammo avvallari shu tariqasida askarlarni himoyalanishga oʻrgatishgan. Sekin asta bu faoliyat shu oʻyinga aylangan. Aytgancha, bu oʻyinni Tojikiston va Afgʻoniston hududlarida oʻynashni xush koʻradilar. Ammo doim ham hayvon goʻshtidan foydalanishmaydi. Koʻpincha oddiy mulyajdan foydalanishadi.
Shaxboks

Shaxmat? Boks? Ikkalasi birga? Boʻlishi mumkin emas? Bu eng oddiy anekdotga oʻxshasada, aslida, chindan ham shaxmat va boksni oʻz ichiga olgansport turi paydo boʻlgan. Bu sport turi deyarli yaqinda, 2003 yilda paydo boʻldi. Oʻyin 11 raunddan iborat. Sportchilar oʻz qobiliyatlarini avval ringda, keyin darhol shaxmatda navbatma-navbat koʻrsatishadi.
Skibob

Ushbu sport turida qandaydir jihati bilan oddiy velosipedni eslatadigan transport turi orqali qorli togʻ boʻylab tushish kerak boʻladi. Biroq bu transport uskunasida gʻildirak yoʻq, ularning oʻrniga changʻI bor. Skibob yaqinda paydo boʻlgan deb oʻylaysizmi? Lekin bu sport turi 100 yildan buyon mavjud. Oʻtkir hissoyotlarga chanqoq odamlar allaqachon skibobni oʻynab koʻrganlar. Unda maxsus qoidalar bor. Har bir sportchi pastga tushish uchn maxsus uskunalardan foydalanadi.
Bossabol

Har birimiz voleybol kabi sport turi bilan yaxshi tanish. Tasavvur qiling, siz plyajda voleybol oʻynamoqdasiz, ammo oyogʻingiz tagida batut qoʻyilgan. Mana shu bossabol deb ataladi. Qizigʻi shundaki, bu oʻyinni standart qoidalarga asoslanib oʻynashdan tashqari turlicha tryuklarni ham koʻrsatish mumkin, va bu tomoshabinlarga behisob yoqadi.
Djalay-alay

Agar siz Ispaniya kelib qolgan boʻlsangiz, bu sport turidan bahra olishingiz mumkin. Aslida, bugungi kunda boshqa davlatlar ham sekinlik bilan djalay-alayga qiziqish orttirib kelmoqdalar. Aniq aytish mumkinki, bu butun sayyora ichida eng tezkor sport turidir. Oʻyin hatto Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan. Oʻyindagi koptok soatiga 300 km tezlikkacha yetadigan katta tezlik bilan uchadi. Koptokni uloqtirish uchun oddiy savatni eslatadigan qoʻlqop ishlatiladi. Bu noyob oʻyinning siri nimada ekan? Gap shundaki, raqib, uning orqasida joylashgan devorga uchayotgan koptokni ushlab bilishi kerak. Qoida boʻyicha koptokni devorga tegib uchganidan soʻng ushlash mumkin, faqat u yerga tegmasligi lozim.
Xornussen

Endi Shveytsariya hududiga oʻtamiz. Uzun, ammo keng boʻlmagan maydonni tasavvur qiling. Unda oʻyinchilar turibdi, va har birlarining qoʻllarida qandaydir predmet bor. Uni odatda qorni tozalaydigan yogʻoch belkurakka oʻxshatishimiz mumkin. Bu predmet – antiqa nomga ega – yaʼni shpindel. Aynan u bilan yogʻoch qamchi orqali otariladigan shaybani urib yuborish kerak. Bu shayba osongina 300 metrlik chiziqdan oʻtishi mumkin. Boshida shaybalar yogʻochdan boʻlgan, biroq oxirgi vaqtda ularni qattiq rezinadan tayyorlashadi.
Kyorling

Ushbu sport turi rasman 1998 yilda Olimpiadaga kiritilgan. Oʻyin maʼnosi shundaki, 20 killogramlik harakatlanayotgan tosh oldidagi yoʻlni tozalash kerak. Bu tosh harakatlanishi traektoriyasini oʻzgartirish uchun uchun qilinadi. Olimpiadaga bu sport turi yaqin kiritilgan, ammo Shotlandiyada bu oʻyin 16 asrdan buyon oʻynaladi.
Kabbadi
Biz aytib beradigan oxirgi oʻyin 4 ming yil oldin paydo boʻlgan. Bugungi kunda kabbadi Osiyo oʻyinlari dasturiga rasman kiritilgan. Oʻyin uchun ikkita guruh kerak boʻladi. Har bir guruhda 7 kishidan boʻlishi kerak. Chiziq bilan ajratilgan maydonning ikkita qismi bor. Bu qismlar – guruhlar maydonlaridir. Raqib maydoniga birtadan guruh vakili yuboriladi. Uning vazifasi raqibning maydoniga oʻtish uchun oʻz maydonini kesib oʻtish. Raqib maydoniga oʻtganidan keyin, takrorlab “Kabaddi!” deb qichqirishi kerak. Bir nafasda qichqirish kerak. Oʻyinchi baqirishi paytida, u iloji boricha koʻproq raqiblarga qoʻlini tekkizishi kerak. Oʻpkadagi nafas tugaganidan keyin, hujumchi raqib tomon uni ushlab olmagunicha oʻz maydoniga oʻtib olishi shart. Agar oʻyinchi oʻz maydoniga kirib olsa, u tekkan raqiblar oʻyindan chiqishlari kerak. Agar hujumchiga tekkizilsa, unda yurish huquqi raqibga oʻtadi. “Kabbadi” qanday tarjima qilinishini bilasizmi? Uning tarjimasi - “Nafas olma!”.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



