Poyabzal haqida qiziqarli faktlar

Mashhur qoʻshiqchi Madonna juda koʻp turli xil poyafzallarni toʻplaydi. Xonandaning toʻplamida u hech qachon kiymagan juda koʻp juft poyabzal bor, chunki ular nozik va qimmatbaho materiallardan tayyorlangan.
Eng koʻp poyabzal ishlab chiqaradigan mamlakat Italiyadir. Hatto haritada ham Italiya hududi ayollarning etiklari shakliga oʻxshaydi.
Kedalar inson uchun, ayniqsa bola uchun zararli, rivojlanayotgan bola suyaklari tekis patakli kedada notogʻri shakllanadi degan fikr shunchaki hom hayol. Aksincha, bunday taglik sport uchun eng maqbuldir, hatto maktabgacha taʼlim muassasalarida ham sport faoliyati uchun bolaga shunday oyoq kiyim kiydirish mumkin.

2002 yil boshida eng katta poyabzal Filippinda ishlab chiqarilgan. Uning uzunligi 5,5, kengligi 2,25 va balandligi 1,85 metr edi.

Basketbolchi Shakir OʻNilning oyoqlari oʻlchami 55 ga teng.

Oʻrtacha ayolning oyoq oʻlchami 39 ga toʻgʻri keladi, Parij Xilton esa 44 oʻlchamdagi poyabzal kiyadi.
Tarixchilar Iso Masih 45 chi oyoq oʻlchamiga ega boʻlganligini aniqlashgan.
Dengizga tushgan sport poyafzallari suv yuzasida taxminan 10 yil davomida suzadi.
Koʻp sonli odamlar ikki hil oyoq oʻlchamiga ega.
Nikohni qonuniylashtirish uchun qadimgi inklar oyoq kiyimlarini almashtirganlar.

Tunis gʻayrioddiy anʼanalari bilan tanilgan. Kelajakdagi turmush oʻrtogʻiga kuyov oq shippak berishi kerak. Agar kelin sovgʻani qabul qilib, shippakni hamda oq qoʻlqopni kiysa bu uning roziligi alomatidir.
Lotin Amerikasidagi koʻplab oilalar shunchalik qashshoq ediki, bolalar poyabzalsiz qolishardi. Bir kuni mamlakatga poyabzal ishlab chiqaradigan koʻplab fabrikalarga egalik qilgan Bleyk Maykoski keldi. Bolalarning yalangoyoq yurishlarini koʻrib, toʻqilgan sandallarni ishlab chiqaradigan yana bir ishlab chiqarish korxonasini ochishga qaror qildi. Maykoski aksiya eʼlon qildi: bitta juft poyabzal sotib olsangiz, ikkinchi juftlik Argentinaning yalangoyoq bolalariga sovgʻa qilindi. Ishlab chiqarish boshlanganidan beri yuz minglab kambagʻal oilalar yangi poyabzallar olishdi.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida eski krossovkalarni qayta ishlovchi tashkilot mavjud. Ixtisoslashgan markazlarda eskirgan poyabzal qabul qilinadi va sportda ishlatiladigan materiallar uchun ishlatiladi. Poyafzalning har bir qismi oʻz maqsadiga ega. Yugurish yoʻlakchasi taglikdan ishlab chiqariladi, matosi esa basketbol maydonchasini yaratish uchun moʻljallanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



