Qiziqarli

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

1. Faol, faol hayot;                                                    

2. Salomatlik (jismoniy va aqliy salomatlik);

3. Qiziqarli ish;

4. Tabiat vasanʼatning goʻzalligi;

5. Sevgi (sevgilingiz bilan maʼnaviy va jismoniy yaqinlik);

6. Moddiy farovonlik (moddiy qiyinchiliklarning yoʻqligi);

7. Yaxshi va sodiq doʻstlarga ega boʻlish;

8. Oʻziga boʻlgan ishonch (ichki qarama-qarshiliklar va shubhalardan ozod boʻlish);

9. Bilimga ega boʻlish (oʻz maʼlumotini oshirish, dunyoqarash, umumiy madaniyat,shuningdek intellektual rivojlanish);

10. Ozodlik harakatlardagi mustaqillik sifatida;

11. Baxtli oilaviy hayot;

12. Ijodkorlik (ijodiy faollik).

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

Juda ham koʻp emasmi, deyishingiz mumkin. Baxtning qaysi ushbu butlovchi qismlarini oʻz hayotingizda tasavvur qila olasiz? Haqiqiy, rangli tarzda! Qanchasini tasavvur qila olsangiz-  shunchasiga ega boʻlasiz. Vizualizatsiya doimo ishlaydi va biz doimo vizualizatsiya bilan shugʻullanamiz. Baʼzi tadbirlarni taqdim qilish, nimadir eslash, rejalashtirish, qoʻrqitish -biz har doim vizualizatsiya bilan shugʻullanamiz.

Biror narsa haqida oʻylashda his-tuygʻular (salbiy yoki ijobiy boʻlsa ham) qanchalik kuchliroq boʻlsa,shu fikrlarni roʻyobga chiqarish uchun kuch shunchalik baquvvat boʻladi. Chunki hissiyotlar quvvat manbai, ham ijodiy, ham halokatli. 

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

Endi esa yana bir bor baxtning tarkibiy qismlariga bir qarab, sizningcha, birinchi navbatda  oʻzingiz, shundan keyin ota-onangiz yoki bolalikdagi va hozirgi paytdagi yaqin atrofingizdagi odamlar ularning nechtasiga ega? - degan oʻzingizning savolingizga javob bering. Roʻyhatingiz, masalan, ota-onangiz uchun yozilgan roʻyhatni eslatadimi? Mana shuning uchun hambiz shaxsan oʻzimiz bilmagan narsalarimizni tasavvur qilishimiz juda qiyin, bu bizning dunyo qarashimizga mos kelmaydi. Lekin biz shaxsan koʻrmagan narsalar aslida yoʻq, degani emas. Misol uchun, siz dunyoning oltita qismida boʻlmagan boʻlsangiz ham, har qanday savodli katta odam kabi ularning borligidan shubhalanmaysiz-ku. Har kim oʻzini qanchalar baxtli tasavvur qila olsa shunchalar baxtli boʻla olishi mumkin. 

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

Bizning fikrimiz xatti-harakatlarimizni toʻgʻrilaydi va bizning aqlimizda hozir boʻlgan chegaralarimiz doirasiga solib turadi. Shunday qilib fikrlar va harakatlarning uygʻunligi kuzatiladi. Men oʻsib ulgʻayganimda, otam yoʻq edi, menda faqatgina otamning siymosi bor edi, men oʻzimda yoʻq ideal otaning siymosini yaratdim. Chak Norris, afsona-odam.

U yoki bu baxt qismlariga ega boʻlish uchun ularni rang-barang haqiqatda tasavvur qilish, nafaqat tasavvur qilish - koʻrish kerak. Buning uchun ularga allaqachon ularni koʻrganlarning koʻzlari bilan  qarab koʻrishingiz, ularning tabiatda mavjudligiga ishonishingiz mumkin. 

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

Quruq yoz hukmronlik qilayotgan edi. Fermerlar ham, kichik bir qishloq aholisi ham, hosilini nima boʻlishidan tashvishlanayotgandilar. Bir kuni yakshanba kunlik ibodatdan keyin ular maslahat uchun ruhoniyga murojaat qildilar. "Avliyo Ota, biz biror narsa qilishimiz kerak, boʻlmasa hosildan quruq qolamiz!" "Sizdan talab qilingan narsaning hammasi - mutlaq imon bilan ibodat qilishdir. Imonsiz ibodat ibodat emas. Bu yurakdan keladi", deb javob berdi ruhoniy. Keyingi haftada fermerlar ikki marotaba yigʻilib, Xudodan ularga yomgʻir yuborishini iltijo qildilar.Yakshanba kuni ular ruhoniyga kelishdi. "Hech narsa boʻlmadi, avliyo ota! Biz har kuni birga yigʻilamiz va ibodat qilamiz, ammo yomgʻir haligacha yoʻq.” "Siz imon bilan ibodat qilyapsizmi?" soʻradi Ruhoniy. 

Unga shunday ekanligini ishontirishga harakat qildilar. Ammo ruhoniy e"tiroz bildirdi: "Sizlar imonsiz ibodat qilayotganingizni bilaman, chunki bu erga sizlardan hech biringiz soyabon koʻtarib kelganingiz yoʻq!" 

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

Oʻzingizni biror narsaga ishontirish uchun majburlab boʻlmaydi - bu haqiqatdan ham shunday, tabiatda mavjud ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Va agar bubiror kishida boʻlsa, u holda boshqa insonda ham boʻlishi mumkin. Agar bunga haqiqatdan ham duch kelgan kishilar tajribasi bilan boyitib – sizga yetishmayotgan butlovchi qismlarga ega boʻlgan insonlar bilan muloqotda boʻlib, tegishli mavzular boʻyicha sifatli adabiyotni oʻqib, taʼlimiy filmlarni koʻrib va hokazo, bunga erishish mumkin. Boshqacha qilib aytganda agar siz yapon boʻlmasangiz-u yapon tilida gapirishni istasangiz yapon tilining grammatikasini oʻrganing,yapon tilidagi adabiyotlarni oʻqib, bu tilda filmlarni tomosha qiling va shutil ularning ona tili boʻlgan kishilar bilan muloqot qiling. Dunyoning olti qismdan iborat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun ularning har birida shaxsan oʻzingiz tashrif buyurishingiz mumkin, lekin geografiya sohasidagi bilimlaringizni takomillashtirib ham shu natijaga erishish mumkin. Oʻzingiz bilmagan va ishonmagan biror narsaga ega boʻlish mumkin emas. Bizning dunyomiz allaqachon oʻz  boshimizdagi narsalarning faqat koʻzgusigina,xolos. Shu sababli, sizga etishmayotgan va kerakli boʻlgan baxtning butlovchi qismlariga ega boʻlgan boshqa kishilarning tajribasi tabiiy ravishda hayotingizga kirib, oʻzingizning tajribangiz va haqiqatingizga aylansin.

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?

Baxtning ushbu butlovchi qismini oddiy va zarur boʻlgan narsadek qabul qila boshlab, uni oʻzingizni hurmat qilishga tayanib oʻzingizda saqlashga imkon yaratishingiz bilanoq ushbu narsa sizning ham hayotingizda paydo boʻladi.

Xoʻsh, baxtli boʻlish nimani anglatar ekan?

Psixologiya: Oʻzingizni baxtli deya hisoblaysizmi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar