Tom Jerri: Multfilmning afsonaviy qahramonlari haqida 8 qiziqarli fakt

Biz kichik qahramonlar oʻrtasidagi abadiy janjal haqidagi quvnoq hikoyaning katta muxlislarimiz. Bugun biz eng sevimli multfilmlardan biri boʻlgan “Tom&Jerri” haqidagi eng ajoyib, gʻayrioddiy va qiziq faktlarni eslaymiz.

1. Birinchi qismlarda Tom haqiqiy mushukka oʻxshardi. U toʻrt oyoq bilan yurib, miyovlardi. Vaqt oʻtishi bilan Tom nafaqat ikki oyogʻida yurishni boshladi, balki kitoblar oʻqidi, musiqa asboblarida kuylar chaldi va sichqonchani ushlash uchun murakkab tuzoqlarni rejalashtirdi.

2. Multfilm tarixi mobaynida qahramonlarning tashqi qiyofasi deyarli oʻzgarmagan( ilk epizodlardan keyingi kichik oʻzgarishlarni hisobga olmaganda).

3. Mashhur multfilmning birinchi qismi "Puss Gets The Boot" nomi ostida chiqdi. Bu qahramonlar Jasper va Jinx deb nomlangan yagona seriya edi.

4. Tomning egasi- qora tanli uy bekasi - Mommy-Two-Shoes. Multfilm tarixi davomida uning yuzi “Saturday Evening Puss” seriyasida faqat bir marta namoyish etilgan.

5. Mommy Two Shoes-ning prototipi - qora tanli aktrisa Xetti MakDaniel, "Shamollarda qolgan hislarim" serialidagi Mammi roli uchun "Oskar" sovrindori.

6. Koʻpincha "Mommy-Two-Shoes" shunday dedi: "Tom, agar sen yaxshi mushuk boʻlsang, demak men Lana Tyornerman".

6. Tom va Jerri animatsion seriyalar mavjud boʻlganda bironta ham soʻz aytmagan. Ular Tom va Jerri animatsion badiiy filmida ovoz olishgan.

7. "Tom va Jerri" ning 7 ta "Oskar" haykalchasi bor. Serial multqahramonlari orasida bu hatto Disney studiyalari ham sindira olmagan rekorddir.

8. IGN animatsion serial "100 ta eng yaxshi animatsion shou" roʻyxatida 66-oʻrinni egalladi. 2000 yilda Amerikaning Time jurnali "Tom va Jerri" ni barcha zamonlarning eng buyuk teleshoularidan biri deb topdi.

Tom va Jerri uzoq umr koʻrgan multqahramonlardir. Multfilm qahramonlari bilan birgalikda bir nechta avlod bolalar oʻsib ulgʻayishgan. Hatto bugungi kunda ham ekran qarshisidan qoʻzgʻalmay tomosha qilishni hush koʻruvchi muhlislari talaygina.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



