Dunyodagi eng qimmat idishlar
Dunyodagi eng qimmat idishlar
Idishlarning sifati va nafisligi qadimgi zamonlardan beri egalarining mehmondo'stligi va didliligini tavsiflaydi. Iqtidorli dizaynerlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar har qanday mexmonxona yoki ovqatlanish xonasini bezatishi aniq. Dunyo miqyosidagi eng yaxshi usta asarlari ko'pincha qimmat va noyob mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Shu kabi qimmatbaho buyumlar esa odatda qirollik oilalari va zodagonlar xonadonidan o’z o’rni topadi.

"FANCY JURNAL" tomonidan tuzilgan eng qimmat idishlar reytingini e’tiboringizga havola etamiz!

De Lamerie kompaniyasi reytingni haqli ravishda ochib beradi. Qo’l mehnati orqali yaratilgan ushbu idish sof oltin yordamida tushirilgan naqshlar va bezaklar mijozlarni hayratga solmay qo’ymaydi. Qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kumush buyumlar ushbu kompaniya tomonidan tez-tez ishlab chiqariladi. 

Oltin bilan bezak berilgan ushbu buyum Siala mahsuloti bo'lib, u ikkinchi o'rinda turadi. Bu to’plamning bahosi- 150 000 yevro. Bu qadar qimmatbaho ekanligining yana bir sababi uning hoshiyasida 121 ta olmos mavjud.

Fissler kompaniyasining ushbu mahsuloti juda hashamatli hisoblanadi va ushbu reytingda uchinchi o'rinni egallaydi. Innovatsion texnologiyalar premium kostryulkalar yaratishga imkon berdi. Ushbu brend tomonidan yaratilgan 13 ta olmosli kostrulka paneli butun dunyoda mashhur bo'lib, uning narxi 607 ming dollarni tashkil qiladi.

Dizayner Van Perkins shampan uchun chelak va ushlagichida 6 stakandan iborat bo’lgan mazkur qimmatbaho buyumni ishlab chiqdi. Ushbu oltin buyum  qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan va u 725 000 dollar turadi. Oltin "oyoqlar" billur oynalar kompozitsiyani to'ldirib, to'rtinchi o'rinni egallaydi.

Fransuz ishlab chiqaruvchisi Haviland va mashhur ingliz Wedgwood kompaniyasi beshinchi o'rinni egallashdi. Dunyodagi eng boy odamlar idishlarni ushbu markali ishlab chiqaruvchilardan sotib olishadi. Haviland chinnilari hayratlanarli darajada oq tus va murakkab bezaklarga ega. Wedgwood idishlari faqat boylarning stollarini bezatibgina qolmay, balki jahon muzeylarida  ham saqlanmoqda. Ushbu chinni buyum fil suyagidan tayyorlangan va tabiiy oltin bilan bo'yalgan.

Va nihoyat reytingning oltinchi po’gonasini Italiyaning Sambonet kompaniyasi egalladi. U o’zining yuqori sifatli kumushdan ishlangan idishlari bilan jahonga mashhur. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook