Dunyoning eng hashamatli va qimmat poyezdlari
Bunday poyezdlarda yurishning o’zi bo’lmaydi. Chunki ularning chipta narxi aql bogvar qilmas sarajada qimmat va oddiy poyezdlarnikidan bir necha o’n va hattoki yuz barobar qimmatdir. Ammo qurbingiz yetsa hamda cho’ntagingiz ko’tarsa, bunday hashamatli poyezdlarga hayotingizda biror marta bo’lsa ham chiqib, sayohat qilib kelishingizni maslahat bergan bo’lardik, chunki bu shunga arziydi – bunday sayohat bir umr esingizdan chiqmaydi.

Yuqorida aytib o’tkanimizdek, bunday serhasham poyezdga chiqishning o’zi bo’lmaydi – gap faqatgina uning chipta narxida emas. Ba’zi dabdabali poyezdlar yo’nalish bo’yicha yiliga bir martagina chiqishlari mumkin. Bunday poyezdlarga chiqishni xohlovchilar soni esa yetarli, shuning uchun ularga chipta sotib olish uchun ham bir necha oy davomida navbatda turish zarur. 

“Sharqiy express” poyezdi

“Sharqiy express” poyezdi

Chipta narxi: 1 160 dollardan boshlanadi

Bu Sharq bilan G’arbni birlashtirgan temir-yo’l liniyasining ilk poyezdi edi. Ushbu poyezd Agata Kristining “Sharqiy expressdagi qotillik” asari sababli ham mashhur bo’lgan.

Eastern & Oriental Express poyezdi

Eastern & Oriental Express poyezdi

Chipta narxi: 2 217 dollardan boshlanadi

Har qanday besh yulduzli mehmonxona bilan tenglasha oladigan bu poyezd Singapurdan Malaziya hamda Bangkokka qarab yo’l oladi. 

The Golden Chariot poyezdi

The Golden Chariot poyezdi

Chipta narxi: 5 730 dollar

Dunyoning eng chiroyli va serhasham yo’lovchi poyezdlaridan biri hisoblanadi. U Buyuk Britaniya qirolichasiga qarashli eski Blue Express poyezdining uslubini takrorlaydi. 

Rovos Rail poyezdi

Rovos Rail poyezdi

Chipta narxi: 1 200 dollardan boshlanadi

Rovos Rail kompaniyasiga tegishli ushbu retro-poyezd Afrikaning g’ururi hisoblanadi. Vagonlar 1930 yillar qirolicha Viktoriya davriga mos uslubda bezatilgan. Unda sayohat qiladigan har qanday sayyoh o’zini eski davrga tushgandek his qiladi. Poyezd yo’nalishi bo’yicha Afrikaning eng diqqatga sazovor joylaridan o’tadi. Vagonlarning katta manzarali oynalari yo’lovchilarga tevarak-atrof manzarasidan bahra olish imkonini beradi.

Royal Scotsman poyezdi

Royal Scotsman poyezdi

Chipta narxi: 2 935 dollardan boshlanadi

Kichikligiga qaramasdan haddan tashqari qulay va shinam bo’lgan bu poyezd butun Shotlandiyani aylanib chiqadi. Uning vagonlaridan biri esa spa-salonga aylantirilgan.

Maharajas Express poyezdi

Maharajas Express poyezdi

Chipta narxi: 6 840 dollardan boshlanadi

Osiyodagi eng hashamatli va qimmat poyezd. Hindiston qirollik saroyining nusxasi hisoblanadi.

“Императорская Россия” poyezdi

“Императорская Россия” poyezdi

Chipta narxi: 5 274 dollardan boshlanadi

Dunoning eng mashhur va hashamatli poyezdlaridan biri hisoblanadi. Yiliga faqatgina bir marta sayohatga chiqadi hamda uchta yo’nalish bo’yicha harakatlanadi.

Blue Train poyezdi

Blue Train poyezdi

Chipta narxi: 740 dollardan boshlanadi

Poyezd Janubiy Afrikaning janibiy sohili bo’yidagi manzarali yo’nalish bo’yicha harakatlanadi. Poyezdning manzaralli oynalari yo’lovchilarga sayohat davomida Afrika jirafalari, antilopalari va bizonlarini tomosha qilib ketish imkonini beradi. 

“Золотой Орёл” poyezdi

“Золотой Орёл” poyezdi

Chipta narxi: 15 495 dollardan boshlanadi

Dunyodagi eng qimmat yo’lovchi poyezd hisoblanadi. Vagonlardan birida bar, pianino va shaxsiy kutubxona joylashgan. Moskva-Vladivostok yo’nalsihi bo’yicha harakatlanadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations