Agar siz dunyoni yovuzlik va sovuqqonlik qamrab olgan, deb o’ylasangiz, unda mehr-muhabbat, hamdardlik kabi tuyg’ularga joy qolmagan deb o’ylasngiz – katta xato qilasiz. Mana bu suratdagi bolalarga bir qarang – ularning qalblari mehrga to’la. Ana shu mehrni ular atrofdagilar bilan bo’lishadilar va buning evaziga hech narsa so’ramaydilar. Ushbu postda yig’ilgan fotosuratlar buning yaqqol dalilidir. Bolalarning bu fidokorliklari biz kattalarga yaxshi namuna bo’la oladi. Marhamat, tanishing.
1. Qarovsiz, uyi yo’q jonivorlarga o’z qo’llari bilan uycha yasab bergan kichkina qahramon
2. Bu qizaloq o’z sochlarini saraton bilan xastalangan boshqa bir qiz uchun fido qildi
3. Bu dovyurak qizaloq hayotini xavf ostiga qo’yib, suvda cho’kayotgan kuchuk bolasini qutqarib qoldi
4. Bu bola o’z pul yutug’ini saraton kasali bilan xastalangan qo’shni qizaloqqa xayr-ehson qildi
5. Bu bolakay uyi yo’q, shuning uchun u har kecha kechqurungi do’kon yonida undan tushayotgan shu'la ostida dars qiladi
6. Bu ikki notanish kichkintoyning ta’sirli quchoqlashishlarida qancha mehr mujassam
7. Veterinar huzuriga otlangan bu jonivorga dalda kerak
8. Xafa bo’lma, seni ham davolashadi
9. Bu fahmi o’tkir bola yong’inni birinchi bo’lib ko’rib qolib, o’t o’chiruvchilarni chaqirdi va uyni asrab qola oldi
10. Bu qiz o’zining kundalik harajatlari uchun ajratilgan pullarini mahalliy uchastkadagi politsiyachilar uchun xayr-ehson qildi
11. Bu qizaloq drenaj quvurga tushib qolgan jajji o’rdak bolalarini chiqarib, qutqarib qoldi
12. Bu bolakay karantin xonasida yotgan do’stining yoniga kelib, video o’yin o’ynaydi va uni yolg’izlikdan qutqaradi
13. Qanday ta’sirli: bu bolalar uysiz hayvonlar saqlanayotgan joyga borib, ular o’zlarini yolg’iz his qilmasliklari uchun kitoblar o’qib beradilar
14. Bu qizaloq ko’chadagi buqachaga mehri tushib qoldi va uni uyiga olib keldi
15. Bolakay yozning jazirama kunida xizmat o’tayotgan politsiyachilarga suv ulashib chiqmoqda
16. Yomg’ir tagida ivib qolgan kuchukni soyabon bilan berkitdi
17. Kanadalik bolalar uysiz odamlar qishda sovuq qotmasliklari uchun issiq kiyimlarini ko’chadagi ustunlarga ilib chiqmoqdalar
18. Xavotir olma – men borman-ku!
19. Bu bola nogiron ukasini parvarish qilib, unga hayotdan zavq olib yashashiga yordam bermoqda
Сообщения из Facebook