Kabob uchun bo’lgan go’shtning har xil turlarida qancha kaolriya, qanday mahsulotlar bilan birga qo’shib tanovul mumkin va qanday go’sht kabob uchun yaxshi– mutahasislarning fikri bilan tanishing.
Kabob uchun bo’lgan go’shtning har xil turlarida qancha kaolriya, qanday mahsulotlar bilan birga qo’shib tanovul mumkin va qanday go’sht kabob uchun yaxshi– mutahasislarning fikri bilan tanishing.
Izlanishlar natijasida Yevropa diyetologlar assosatsiyasi matbuotda e’lon qilishicha, quyon go’shti eng diyetik go’sht hisoblanar ekan. Isbotlanishicha: uning oqsillari inson organizmiga tez moslashar ekan. Hozirgi kunda pediatrlar bolani ratsioniga go’sht kiritishni quyon go’shtidan boshlashni maslahat beradilar. Bu go’sht juda kamdan – kam holda allergiya qo’zg’atishi mumkin.
Qomatni buzilishidan asraydigan hamda sog’liq uchun xavfsiz go’shtdan tabiat qo’ynida kabob pishirish uchun qaysi go’sht maqulligini mutaxasilar yaxshi biladilar. Keling ularni tavsiyalariga quloq solamiz.
Qo’y go’shti
Ko’pchilik odamlar qo’y go’shtini juda yog’liq va og’ir deb hisoblaydilar. Aslida esa unday emas. Qo’y go’shti – ko’pgina mamlakatlarda energetik parhez tarkibiga kiritilgan. Energetik parhez – organizmga kaloriyalarni quvvatga aylantirishga hamda tanani sport bilan shug’ullanganda qo’llovchi mahsulotlardan iboratdir.
Qo’y go’shtida tish emalini mustahkamligini ta’minlovchi ftor moddasi mavjud. Shu xususiyatlari bilan u boshqa go’shtlardan ko’ra avzallikga ega.
Qo’y go’shtidan pishirilgan kabob tarkibida 280-320 kilokaloriya mavjud.
Mol go’shti
Mol hamda yosh buqaning go’shtida yaxshi o’zlashtiradigan oqsil, temir hamda A vitamini mavjud. Biroq kardiologlarning aytishlaricha, qari mol go’shtida tomirlarga zararli ta’sir qilib, organimzni qaritadigan moddalar mavjud.
Yosh buqacha go’shtidan tayyorlangan kabob 250 kkal ga ega.
Tovuq va kurka go’shti
Yaxshi, antibiotiklar bilan to’yinmagan tovuq go’shti bizning yuragimiz uchun juda foydalidir. B6 vitamini bo’yicha go’shtlar ichida yetakchilik qiladi. Shuningdek, tovuq go’shtining tarkibida stresslarga qarshi kurashishga yordam beruvchi hamda asab tizimi bilan immunitetni ushlab turuvchu oqsil mavjud.
Kurka go’shti ham huddi baliq kabi foydalidir. Uning tarkibida suyak va bo’g’imlar uchun juda muhim bo’lgan fosfor mavjud. Yaqinda esa bu go’shtda uyqu garmoni hisoblangan melotonin gormoni borligi aniqlandi. Shunday ekan, uyqusizlikdan azob chekayotgan bo’lsangiz kurka go’shtidan tayyorlangan kabobni iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
Tovuq go’shtidan tayyorlangan kabob 100-150 kkalga ega.
Fakt
Sog’lom turmush tarzining tarafdorlari go’shtning kontserogen xususiyati haqida har tarafda bong uradilar. Ammo shuni bilish kerakki, go’shtdagi kontserogen moddalar uni qozonda bir talay yog’ ichida qovurilganda hamda bir necha marta isitilganda kelib chiqadi. Yog’da qovurilmay tayyorlangan go’shtli taom esa bir necha barobar havfsizdir. Shununigdek, ko’mirda pishgan go’shtli taomlarda hayot uchun muhim bo’lgan vitaminlar saqlanib qolinadi, faqat kuydirib yuborilmasa bas. Go’shtning qorayib pishgan joylarida ham zararli moddalar saqlanib qolinadi.
Qo’shimcha ma’lumot: ko’mirda pishgan go’shtni nima bilan istemol qilish mumkin?
Mol, qo’y, chochqa go’shtlari kraxmalli mahsulotlar bilan yaxshi chiqishmaydi. Bunday mahsulotlar oqsillar birga bog’lab, go’shtlarning hazm bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun kabobni kartoshka, jo’xori kabi mahsulotlar bilan birga tanavul qilmang.
Ammo barcha ko’katlar go’shtning hazm bo’lishiga yaxshi ta’sir qiladi – kashnich, ukrop, petrushka, salat barglari, selder va xokazo. Shuningdek, bodring, pomidor, loviya, bulg’or qalampiri hamda piyoz kabi sabzavotlar kabob bilan yaxshi chiqisha oladi.
Сообщения из Facebook