Top 10: NASA kosmik agentligi tomonidan kashf qilingan har kunlik predmetlar
Top 10: NASA kosmik agentligi tomonidan kashf qilingan har kunlik predmetlar
Kosmosga uchish uchun byudjet pullarini sarf qilib nima qilasiz? Bu ko’pgina mamlakatlardagi soliq to’lovchilar orasida juda keng tarqalgan savol. Biz uchun boshqa sayyoralar hayoti qandoq hayratlanarli va istiqbolli tuyulishidan qat’iy nazar, shubhachilar pullarni faqatgina Yer yuzidagi hayot bilan bog’liq loyihalarga sarflash kerak deb o’ylashadi.
Biroq, bu odamlar, kosmos bilan bog’liq ilmiy tashabbuslarga bo’lgan sarmoyalar doimiy ravishda jamiyat uchun sotib olinishi, va bu allaqachon bir qator foydali kashfiyotlar tomonidan namoyish etilgani haqida bilishmaydi. Mutaxassislar baholashlaricha, NASA loyihalariga sarmoya qilingan har bir dollar, Amerika iqtisodiyotiga 7 $ dan 14 $ gacha pulni qaytaradi, va buni tekshirish mushkul emas. Olimlarga kosmosda tirik qolish bilan bog’liq jiddiy masalalarni hal qilish payti kelganida, bu har doim Yer uchun ham juda foydali bo’ladigan innovatsiyalar ishlab chiqilishiga olib keladi. Ushbu maqolada siz NASA kosmik dasturi yordamida paydo bo’lgan bir atigi bir nechta ancha foydali kashfiyotlar bilan tanishasiz. Bir nazar soling! Bu perdmetlarda ba’zilari uyingizda yoki hatto tanangizda ham uchrashi mumkin…

10. Pataklar va tashqi tagliklar

10. Pataklar va tashqi tagliklar
Inson uchun birta kichkina qadam butun insoniyat uchun nafaqat katta qadam, balki patak uchun haqiqiy rivojlanish bo’lib chiqdi. Nasa ishlab chiqaruvchilari Apollon dasturi astronavtlari skafandri uchun ishlatgan texnologiyalari, krossovka ishlab chiqarishga tubdan ta’sir qildi, ayniqsa, sport poyabzalning yangi modellari uchun pataklar va tashqi tagliklar tuzilishiga ta’sir qildi. NASA tomonidan yaratilgan rezina shakli texnikasi fuqarolik tashkilotlariga, hech qachon raketa va kosmolyotlarda uchmagan oddiy odamlar uchun oyoq kiyimi patak shakllarini yengillashtirgan. Astronaftlar uchun maxsus kashf qilingan izolyatsiyalovchi mahsulot endi sizning oyog’ingizni shu yerda, ya’ni Yerda himoyalash uchun xizmat qilyapti. NASA dagi muhandis Frenk Rudi (Frank Rudy) poyabzal sanoatchilari bilan kosmik agentlik yangiliklari to’g’risida bo’lishdi, va taniqli Nike Air brendi krossovkalari uchun zarbaga chidamlilik va amortizatsiya konsepsiyasini taklif qildi. Insonni Oyga jo’natgan ilm-fan sababli, butun dunyo bo’ylab odamlar qulay poyabzalni kiyib, undan bahra olmoqdalar.

9. Uyali aloqa telefonlariga o’rnatilgan raqamli fotoapparatlar va kameralar

9. Uyali aloqa telefonlariga o’rnatilgan raqamli fotoapparatlar va kameralar
Informatsion asrning eng qulay, foydali va taniqli yangiliklaridan biri – bu cho’ntagimizga sig’adigan mittigina kamera orqali rasmga olib, ularni bir-birimizga yuborishimizdir. Va, albatta, bu uchun ham aynan NASA ga tashakkur aytishimiz kerak. Raqamli kamera konsepsiyasining o’zi birinchi marta 1960-yillarda reaktiv dvigatellari bilan bog’liq tadqiqotlar bilan shug’ullanadigan JPL (Jet Propulsion Laboratory) laboratoriyalarida ishlab chiqilgan. Aynan NASA ilmiy xizmatchisi Yudjin Lalli (Eugene Lally) birinchi bo’lib, harakatlanmaydigan obyektlarni rasmga tushirish uchun birta yaxlit sxemaga jamlangan rangli sensorlarni ishlatishni taklif qilgan. 1990- yillarda esa boshqa kompaniya, ya’ni JPL kosmik kemalar kameralarini ancha kichik hajmga keltirgan texnologiyani ishlab chiqdi. Ushbu innovatsiya shu bilan birga, surat sifatini, rasmga tushirish tezligini va uskuna batareykasi samaradorligini yaxshilashga yordam berdi. Shuningdek, muhandislar kompakt kameralarni nafaqat teleskoplar uchun ishlatish mumkin ekanligini tushunib yetishdi. Mittigina fotoapparatlar insoniyat hayotining barcha sohalarida omadga erishdi, ya’ni veb-kameralardan boshlab, tibbiy endoskoplargacha, uyali aloqa telefonlari haqida gapirmasak ham bo’ladi. Shuning uchun kelgusida, selfi qilayotgan vaqtingizda, bu imkoniyat uchun yana bir bor NASA ga raxmat ayting.

8. Bolalar oziqlanishi

8. Bolalar oziqlanishi
Kichkina bolani oziqlantirish - qiyin masala, ammo astronaftni kosmos va vaznsizlik o’rtasida oziqlantirish – yanada mushkul ish. Aynan shu uchun NASA Martek Biosciences Corporation kompaniyasini, uning mutaxassislari amerikalik kosmik dasturi astronavtlari uchun ozuqali aralashmalarni ishlab chiqishlari uchun ishga taklif qildi. Ushbu kompaniya olimlari suvo’tlari xususiyatlarini o’rganish jarayonida, ikki xil yog’li kislotani ishlab chiqaradigan, hamda onalarning suti tarkibida mavjud bo’lgan shtammni aniqlashdi. Ushbu tarkibiy qismlar bizning tanimizda tabiiy yo’l bilan vujudga keladi, va bioximiklar, oxirigacha rivojlanmagan bolalar ratsioniga sun’iy ravishda ushbu ozuqaning qo’shilishi, ularga ona qornidan tashqari muhitda birinchi oylarda tirik qolishiga yordam beradi. Shu sababli, agar siz do’konga bolalar ozuqasi uchun borsaningizda, shartli ravishda tarkibida DGK (dokozageksaenli kislota, Omega-3 sinfli yarimto’yimsiz yog’li kislota) va AK (araxidonli kislota, Omega-6 to’yimsiz yog’li kislota) bo’lgan ozuqani xarid qiling. Hechkim sizning farzandingiz kosmonavt bo’ladi deb va’da bermaydi, ammo kamida siz u NASA kosmik dasturining haqiqiy ishtirokchisi sifatida ovqatlanishi uchun xursand bo’lishingiz mumkin.

7. Protezlar

7. Protezlar
Protezlashtirish fikri bir necha asrlar oldin paydo bo’lgan, ammo aynan NASA agentligiga biz, ancha yengilligi va narxi ancha pastroq zamonaviy modellar paydo bo’lishi uchun minnatdor bo’lishimiz lozim. 20 asrning katta qismida sun’iy protezlar gips va makkajo’xori kraxmalidan tayyorlangan. Natijada yasaladigan protezlar juda og’ir va mo’rt bo’lgan, va bu xususiyat ularni ko’pchilik invalidlar uchun noqulay qilgan. Holatni o’zgartirishni xohlagan Xarshbergerdagi ortopediya va protezlashtirish Markazi (Harshberger Prosthetic and Orthotic Center) yordam so’rash uchun Djordj Marshall nomidagi kosmik uchishlar Markaziga (Marshall Space Flight Center) murojaat qildi. Tashqi konteynerlar va kosmik shatllar ishlab chiqaradigan NASA guruh olimlari uchun bir nechta sun’iy qo’l va oyoq protezlarini yasash juda oson vazifa bo’ldi. Marshall Markazi ishchilari Xarshenberger olimlariga rezervuarni isinishdan himoya qiluvchi, yengilligi va o’ta mustahkamligi bilan farqlanuvchi o’z izolyatsion ko’pigini namoyish qildi. Protezchilar baxtiga, ushbu ko’pik sun’iy oyoq va qo’llar yasashda juda qo’l keldi. Protezlar og’irligi kamayishidan tashqari, yangi material, mahsulotga muhtojlar uchun, unga bo’lgan narxni tushirishga, hamda yirik masshtabli ishlab chiqarishni yo'lga tushirishga imkon berdi. Shifokorlar va kosmonavtlar hamkorligi haqiqiy siljish bo’ldi va juda mushkul hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan oddiy insonlar muammosini ancha yengillashtirdi.

6. Memory ko’pigi (past elastiklik darajali modifikatsiyalangan ko’pikli poliuretan)

6. Memory ko’pigi (past elastiklik darajali modifikatsiyalangan ko’pikli poliuretan)
Bu aslida astronavtlar bellari va dumbalarini himoya qilish uchun mo’ljallangan juda oddiy kashfiyot edi. Memory ko’pigini NASA olimlari, uchuvchilarning kosmik kemalari o’rindiqlari yumshoqroq va qulayroq bo’lishi uchun yaratishgan. Hammasi astronavtlarning maksimal qulayligi uchundir. Ushbu ko’pik poliuretan turning kashf qilinishidan keyin 1969 yilda, uning yaratuvchisi Charlz Yost (Charles Yost) o’z kompaniyasiga asos soldi. Olim o’z mahsulotidan tijorat foydasini olishni istadi va bu harakati bilan xato qilmadi. U o’z texnologiyasini mujassamlashtirishda davom etdi (va bu uchun yaxshi pul topdi), va Yost sababli bugun biz Memory ko’pigidan hamma joyda, shuningdek, meditsina yotoqlari va motosiklchilar bosh kiyimidan foydalanmoqdamiz. Natijada Yost kompaniyasi g’alabari NASA agentligi tomonidan tan olindi, va u past narxlari va mahsulorning juda katta foydasi uchun AQSHning kosmik texnologiyalari fondi shuhrat zaliga qo’shildi(US Space Foundation’s Space Technology Hall of Fame). Balkim, siz hozir ham o’sha NASA tomonidan xushlangan, va birinchi marta kosmik uchishlar uchun foydalanilgan ko’pikli matrasda yotayotgandirsiz.

5. Djoystik

5. Djoystik
Videoo’yinlar paydo bo’lmasidan djoystiklar AQSH ning HSF harbiylari tomonidan samolyotlarni yerda qo’ndirish uchun ishlatilgan. Avvaliga ular ancha katta va noqulay edi, va albatta zamonaviy boshqarish pultlariga kam o’xshardi. Natijada, djoystiklarni kosmik shattllarda o’rnatishdi, va o’z foydasini bu djoystiklar Apollon dasturi missiyasi vaqtida isbotladi. O’yinli djoystikning oddiy modeli birinchi bo’lib 1969 yilda Sega kompaniyasi tomonidan yaratilgan Missile arkadali o’yini chiqishi bilan bir vaqtda paydo bo’ldi. Ushbu pult o’yinchilarga o’z uchish apparatlarini 4 tomonga uchishiga va qo’shimcha tugma orqali jismlarni otishga imkon berardi. Biroq unda haligacha harbiy uchuvchilar havoda bir qator qiyin harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan funksional qismlar yo’q edi. Lekin bunday kichkina, sezgir va ko’p funksiyali zamonaviy djoystik qanday paydo bo’di? Albatta, gap yana NASA kosmik ishlanmalari haqida ketadi. Djonson nomidagi Kosmik markazda (Johnson Space Center) astronavtlarni tayyorlash bo’yicha trenajorlarda o’rnatilgan pultlarni o’rganib chiqqandan keyin, Thrustmaster Inc. o’yin kompaniyasi kosmik simulyatorlarda mavjud bo’lgan, boshqaruv pultlaridagidek texnologiyalarni o’z ichiga olgan, o’zining o’ta realistik djoystigini yaratdi. Innovatsiya o’yin texnologiyalarini yangi darajaga chiqardi va yana bir marta NASA ning tijorat korxonalari bilan hamkorligi foydasini isbotladi.

4. Koxlear implantant

4. Koxlear implantant
Har bir buyuk tashkilot singari NASA ham shunisi bilan ajralib turadiki, u eng yorqin aqlli insonlarni o’ziga jalb qiladi va ular o’sishi va rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Adam Kissia (Adam Kissiah), koxlear apparat yaratuvchisi, aynan shu kabi aqlllardan edi. Kissia hozirgi zamonda butun duydo bo’ylab on’lab mingta kar va yomon eshituvchi insonlar ishlatadigan tibbiy uskunani yaratdi, biroq u tibbiyotga hech qanday aloqasi yo’q edi va tibbiy ta’limi ham mavjud emas edi. O’z eshitish apparatini u NASA da elektron uskunalar bo’yicha muhandis bo’lib ishlagan davrlarida ishlab chiqdi. Muhandislikdagi o’z bilimidan foydalanib, olim o’z eshitish qobiliyati muammosini yo’qotishga harakat qildi. Kissia shunchaki ovozni baland qiluvchi eski eshitish apparatlari kamchiliklarini tushunar edi. Buning o’rniga uskuna quloqdagi noto’gri ishlaydigan eshitish analizatorlari aylanib o’tib, ma’lumotni to’g’ridan-tog’ri miyaga yuboradi. Kosmik muhandis yaratgan implantant, ovozlarni qabul qiluvchi va ularni to’g’ri miyaga olib boruvchi elektrik impulslarga aylantiradigan kichik mikrofon sababli ishlaydi. 2003 yilda o’z kashfiyoti uchun Kissia AQSH ning kosmik texnologiyalari bo’yicha Kosmik fondi shuhrat zaliga qabul qilindi, va o’z misolida, qanday qilib bir sohadagi bilimlar boshqa sohada yordam berishini va odamlar hayotini yaxshi tomonga o’zgartirish mumkinligini ko’rsatdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook