65,469
просмотров
просмотров
Masonlar bilan bog’liq ko’pgina afsonalar tarqalgan – “global jidomasonlik fitna” dan boshlab, marosimli qotillik haqida qalbni qonga beluvchi dahshatli hikoyalargacha.
Masonlar – sirlarga boy jamiyat.
1. Besh millionga yaqin masonlar
AQSh da ikki milliondan ortiq masonlar bor.
Masonlik butun dunyo bo’yicha turli shakllarda mavjud. Hammasi bo’lib dunyoda besh millionga yaqin masonlar mavjud (shu jumladan, Buyuk Britaniyada 480 mingga yaqin va AQSH da ikki milliondan ortiq).
2. Masonlar – sirlimi yoki sirli emasmi?
Xizmatchining kiyimi.
Keng tarqalgan fikrlardan o’laroq, masonlar jamiyati sirli jamiyat hisoblanmaydi. Mason odamlarga mason ekanligi haqida bemalol aytishi mumkin. Biroq, ularga o’z ordeni sirini oshkor qilish mumkin emas.
3. 1717 yilning 24 iyuni
London.
Masonlik hodisa sifatida 1717 yilning 24 iyunida– Buyuk London Lojasiga ga asos solingan kunda paydo bo’lgan.
4. Axloq, do’stlik, qardosh sevgi
Chiroyli va to’g’ri.
Masonlar ramzida tasvirlangan ish qurollari orden vakillarining axloq, do’stlik va birodarlik sevgisini bildiradi.
5. Ramzning kelib chiqishi
Ko’pchilik masonlar o’qishni bilmaganlar.
Aytilishicha, masonlar o’z ramzlarinidan birodarlikning maxfiyligi uchun foydalanishadi. Lekin aslida, masonlikda ramzlardan foydalanishning sababi – jamiyatning ayni shakllanishi davrida uning ko’pgina vakillari o’qishni bilmaganlar.
6. Kvadrat va kompas
Eng keng tarqalgan masonlik ramzi.
Eng eski masonlik ramzi – kvadrat va kompas. Shuningdek, u eng keng tarqalgan masonlik ramzi hisoblanadi, ammo uning aniq ma’nosi turli mamlakatlarda turlichadir.
7. Masonlar Lojasi – odamlar jamoati
Umumiy qabul qilingan marosimlar mavjud emas.
Masonlar Lojasi – bu odamlar jamoati, shunchalik bino nomi emas. Har bir loja “Buyuk Loja” dan sertifikat olishi kerak bo’ladi, lekin bundan so’ng ular asosan o’zini-o’zi boshqaraveradi. Shuningdek, majlislarni olib boorish uchun muayyan marosimlar mavjud emas, ular har bir lojada o’ziga xosdir.
8. Ateist? Demak, mason emas
Biror-bir buyuk kuch borligiga ishonmoq.
Ateist mason bo’la olmaydi. Birinchi talab shu-ki, jamiyatning salohiyatli a’zolari qanday bo’lmasin buyuk kuch borligiga ishonishlari lozim.
Сообщения из Facebook