19,850
просмотров
просмотров
Ehtimoli borki, yaqinda yo’llarda qanday avtomashinalar paydo bo’lishi haqida barcha qiziqsa kerak. Yaqinda odamlar yordamisiz kameralar, datchiklar va sun’iy intellekt orqali haydashni o’rganadigan zamonaviy avtomobillarning oltin asri boshlansa kerak. Xo’sh, hozirgi zamonda qanday avtomashinalar ishlab chiqilayotgan ekan.
8. Mercedes Benz BIOME
«Mercedes Benz BIOME» futuristik modeli.
Egologik jihatdan toza va yashil avtomashinani kutayotgan odamlar bu modelni astoydil kutishyapti. Avto kuzovi va ichidagi saloni to’laligicha genetic modifikatsiyalangan urug’lardan qilingan. Bundan tashqari, BIOME shu bilan birga, faqatgina sabzavot sharbati bilan ishlaydi. Avtomashina organik moddadan qilingani uchun, ekspluatatsiya muddati tugaganidan keyin u to’lig’icha burdalanib tashlanadi.
9. Toyota FV2
«Toyota FV2» futuristik modeli.
Tormozlari, rul g’ildiragi va gaz tepkisi bo’lmagan Toyota FV2 avtomashinasi “Tron” filmidagi qandaydir transport vositasidek ko’rinadi. Bu avtomashina mustaqil ravishda, o’girilmoq, tezlashmoq yoki to’xtamoq uchun yuz mimikasini taniy oladi va “tan tili” ni o’qiy oladi. Shu bilan birga, u qo’shimcha reallik ekrani bilan ta’minlangan bo’ladi.
10. Toyota iRoad
«Toyota iRoad» futuristik modeli.
Toyota iRoad – bu avtomobil emas, balki motosikl va avtomobil birikmasidir. Bu model aslida shahar uchun mo’ljallangan, va u atigi 59 km/s ga tezlasha oladi xolos. Yana mashina turgan joyida burilishi ham mumkin.
11. Faraday Future FF 91
«Faraday Future FF 91» futuristik modeli.
Bu mashinada shartli ravishda remenni bog’lab qo’yish lozim, nimagaki, Faraday Future FF 91 2,9 soniya ichida noldan 100 km/s tezlikkacha tezlashishi mumkin. Va bu hali boshlanishi – mashinada mustaqil ravishda mashinalar to’xtash joyiga keltirishi, eshiklarni ochishi, temperaturani boshqarishi va hokazolarni bajarishi mumkin bo’lgan yarimavtonom AI bor. Model 2018 yilda juda cheklangan tirajda mavjud bo’ladi.
12. Chevrolet Chaparral 2X Vision GT
«Chevrolet Chaparral 2X Vision GT» futuristik modeli.
Gran Turismo seriyasidan gonkalar uchun ishlatiladigan futuristik Chevrolet Chapparal 2X Vision GT xohishiy avtomashina sevadigandan so’lak oqishiga majbur qiladi. Unda ko’pgina noyob xislatlar bor. Birinchidan, haydovchi avtomashinani yotgan holda boshqaradi. Uning dvigateli lazerdan oziqlanadi. Ikkinchidan, haydovchi bosh kiyimi to’laligicha noshaffof va unda displeylar o’rnatilgan. Shuningdek, avtomashina 386 km/s gacha tezlasha oladi.
13. AeroMobil 3.0
«AeroMobil 3.0» futuristik modeli.
AeroMobil 3.0 – yana bir samolyot va o’giriladigan qanotli va orqasida propellerli futuristik birikma. Haydovchi orindig’I uchuvchi kokpitiga juda o’xshaydi.
14. Mercedes-Benz F 015
«Mercedes-Benz F 015» futuristik modeli.
Mercedes-Benz F 015 – o’rindiqlari bir-biriga “yuzma-yuz” joylashgan, rul g’ildiragisiz va kabinasiz futuristik model. Mashina to’lig’icha avtonom va o’rnatilgan AI tizimi bilan ta’minlangan. Agar yo’lda biror-kishi mashina oldiga chiqib qolsa, u darhol to’xtaydi va “Marhamat, o’ting” deb aytadi.
15. Lykan Hypersport
«Lykan Hypersport» futuristik modeli.
Lykan Hypersport dunyodagi eng qimmat avtomashinalar uchligiga kiradi va 3,4 million dollar turadi. Uning dizayni mashhur “Betmobil” ga o’xshagan juda futuristik va noyobdir. U W Motors tomonidan Beyrutda ishlabchiqarilgan va 2,8 soniya ichida noldan yuzgacha tezlikka tezlasha oladi. “Forsaj” ni yoqtiradiganlar uni franshizaning 7 qismida ko’rgan bo’lishlari mumkin.
Сообщения из Facebook