28,375
просмотров
просмотров
Zamonaviy geyshalar – bu eski Yaponiyaning urf-odatlariga so’zsiz roiya qiluvchi qizlardir. Ko’p kishilar geyshalar haqida eshitishgan, ammo aslida ular qanday bo’lishlari haqida aniq tasavvurlarga ega emaslar. Birovlar ularni yengil tabiat qizlar deb hisoblashadi, boshqalar – kurtizanka deb o’ylashadi.
Mayko Kitano-temmangu ibodatxonasida o’tkazilayotgan olcha gullashi festivalida choy tarqatmoqda.
Geyshalarning kiyimlari ba soch turmaklarini o’n yillab ularga xizmat ko’rsatadigan maxsus mutaxassislar amalga oshiradi. Avvaldagidek, qimmat bezatilgan kimonolar shaxsiy mulk hisoblanadi, va boshqa qizlar ularga qo’l tekkizishga haqli emas. Qiyin soch turmaklarini haftada bir marta qilishadi. Ularni buzmaslik va turmakni saqlab qolish uchun, geyshalar yarim yotgan holatda boshlari ostida yog’och ustunchalar bilan yotishadi.
Nagasakidagi ikkita Yoshi katta geyshalar.
Butun Yaponiya bo’yicha hozirda 1000 ga yaqin geyshalar bor va ular ishtirokidagi choy marosimi yoki bayramga faqatgina boy odamlar kirishi yoki taklifnomaga asosan kirishlari mumkin. Usta qizlar oyiga 5 000 dan 10 000 dollargacha maosh olishadi, bunda har kun og’ir ishlab, tunda bir nechta banketlarda qatnashishadi. Yevropaliklar va amerikaliklar yosh geyshalarga kirishga harakat qilishadi, shu paytni o’zida yaponiyaliklar esa qari geyshalarni xush ko’rishadi.
Sayuki (Fiona Grexem) — kelib chiqishi yaponiyalik bo’lmagan birinchi geysha.
Qadimiy jim turish qoidasi ham saqlangan. Geysha ishida eshitgan narsalari haqida hech kimga aytmasligi lozim. Yagona bu qoida buzilgan hol amerikalik-geysha taniqli yapon kompaniyasi banketi haqida aytib bergan hol bo’ldi. Shunga qaramasdan, bu qizlar orasida AQSH, Avstraliya, Ukraina, Ruminiya, Xitoydan qizlar ham bor.
Сообщения из Facebook