просмотров
Tushlar ko’pgina kashfiyotchilarni ilhomlantirgan
Tushlar nafaqat kelajakni bashorat qiladi, balki,jidiiy qabul qilingan holda, omadga erishishga yordam beruvchi yangi fikrlarniin’om etishadi. Shunday qilib, Larri Peydj tushida Google fikrini, kashfiyotchiElias Xou – tikuv mashinasini, Dmitriy Mendeleyev esa – elementlarning davriyjadvalini ko’rishgan. Bunda ular, albatta, shu savollar ustida anchagina terto’kishgan. Olimlar fikrlariga qaraganda, agar siz chindan ham biror muammoniyechish ustida qattiq ishlasangiz, tush rostdan ham bu paytda yordamlashishimumkin, chunki, uyqu vaqtida sizning miyangiz mustaqil fikrlashga halaqitberadigan millionlab cheklanishlar bilan band bo’lmaydi.
Tush ko’rayotganda miya aktiv holda ishlab turadi
Siz uxlagan paytingizda ham, sizning miyangiz ishlashdan to’xtamaydi. Hattoaksincha: kuchli, hissiyotga to’la tushlar ko’rayotganda, u kunning eng aktivpaytlarida ishlayotgandek, ishlayveradi. Bunday tushlar miyaning darrov birnechta qismlarini aktivlashtiradi, shu navbatda, uxlamagan paytda yoqilmaydiganqismlarni ham. Ko’pgina mutaxassislar ongli tushlarga qarab, ularni ancha qiziqva samaradorli deb hisoblashadi, va ataylab ularni keltirib chiqarishadi.
Tushdagi falajlik chindan ham mavjud
Tushdagi falajlik – bu inson mushaklarining to’liqbo’shashi tush vaqtida emas, uyquga ketishdan oldin sodir bo’ladi vauyg’ongandan keyin ham davom etadi. Qoidaga asosan, u sababsiz qo’rqinch yokixavf tuyg’usi bilan hamrohlikda keladi. O’rta asrlarda tushdagi falajlikdanaziyat chekadiganlarni ruhlar yoki shaytonlar bilan aralashib, jinni bo’lganlardeb hisoblashardi. Bugunda shifokorlar aytishlaricha, tushdagi falajlik ruhiytabiatga ega va turli xil omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin – stress vanoto’g’ri ovqatlanish. Shu sababli, agar sizni noxush xavotirlar qiynayotganbo’lsa, uxlashdan oldin bir stakan suvga bir choy qoshiq asal qo’shib iching.O’shanda noxushliklar sizni tushda bezovta qilmaydi.
Tushda biz faqat tanish odamlarni ko’ramiz
Olimlar ta’kidlashlaricha, insonning bosh miyasi tushida yangi odam tasvirlarini yaratishga qodir emas, u xotirada allaqachon bo’lganlarni tiklashi mumkin, xolos. Bu, biz tushimizda ko’radiganlarning barchalari, bizga salgina bo’lsada ko’chada uchragan bo’lsa, aynan o’shalar tushimizga kirishlari mumkin. Afsuski, ko’pincha tushimizga bizga yoqadigan odamlardan ko’ra, unchalik xush kelmaydigan odamlar kiradi. Va buni tushuntirsa bo’ladi: tushimizda biz qattiq o’ylaydigan narsalarni ko’ramiz, real hayotda ham ko’pincha xursand odamlar va hodisalarga nisbatan, noxushlari haqida ko’proq o’ylaymiz. Demak,tushda sizga yoqmaydigan kishilarni ko’rish juda oson: shunchaki, atigi uyqudanoldin ularni boshingizdan chiqarib tashlang!
Odatda odamlar bir tun ichida bir nechta tushni ko’rishadi
Olimlarning ta’kidlashlaricha, inson bir tunning ichidayettita harxil tushni ko’rishi mumkin. Ularning soni tez tush bosqichlarigabog’liq: ular qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik ko’p tushlar ko’rishingizmumkin.
Tushlarning syujetlari jinsga bog’liq bo’ladi
Tadqiqotlar ko’rsatishlaricha, kuchli jinsvakillari ko’pincha agressiv syujetli tushlar ko’rishadi. Ularning tungi tushlarining70% personajlari – erkaklar. Ayollar tushlari ancha odamiyroq va ko’pincha oddiyturmush ishlari bilan bog’langan.
Hayvonlar ham tushlar ko’rishadi
Hayvonlar olamining ba’zi vakillari – masalan, kuchuklar yoki mushuklar hamtushlar ko’rishga qodir. Ular nima haiqa bo’lishi mumkin? Biz nima haqidako’rsak, ular ham shuni – dunyo, atrof-muhit haqida. Ular tushlarining syujeti– ov, ovqat, o’yinlar…Ammo ularning tushlari inson tushlaridan ko’ra anchakaltaroq va osonroq, bu esa o’z navbatida nafaqat bosh miya tuzilishi, balki,hayvonlarning ko’pilarida tush davrlari biznikidan ancha kaltaroq.
Ba’zi odamlar faqat oq-qora tushlarni ko’rishadi
Yer yuzidagi 12% odamlar tushlarni faqat oq-qora ranglarda ko’rishga qodirlar. Bu holatni tadqiqot qiluvchi olimlar, ta’kidlashlaricha, bu ko’rishqobiliyatiga javob beruvchi miya markazi ishidagi farqdadir: bu odamlarda tushvaqtida bu markaz rangli tasvirlarni ko’rsatishga qodir emas.
Сообщения из Facebook