72,734
просмотров
просмотров
Sizga ba'zi bir qiziqarli va shu bilan birga aql bovar qilmas faktlarni havola qilamiz. Ular sizni hayratga solishiga ishonamiz.
Fransuz faylasufi Volterning 80 ta hassasi bo‘lgan. Zamondoshi Jan Jak Russoda esa 40 ta. Fransiyada hassaga tayanib yurish ham ayollar, ham erkaklar uchun urf bo‘lgan.
Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha xonadon egasining nomi bilan aniqlanardi.
Fransiyada 1944 yilga qadar ayollarga ovoz berish huquqi berilmagan.
Ilk sug‘urta 1151 yilda Islandiyada qayd qilingan. Odamlar o‘lat va yong‘indan sug‘urtalanganlar.
Hozirgacha eng og‘ir odam 1983 yilda vafot etgan amerikalik Jon Brauer Minnok hisoblanadi. U 635 kilogramm tosh bosgan.
Qadimgi Misrda dalalarning asosiy zararkunandalari chigirtka yoki qo'n'izlar emas, begemotlar hisoblangan.
Сообщения из Facebook