Tog’lardan yaxshiroq yana nima bo’lishi mumkin? Faqatgina zabt etilmagan tog’ va uning cho’qqisi. Maqsadga erishgandan keyin nima qoladi? Yana zabt etilmagan tog’ va cho’qqilarni zabt etish. Ushbu maqolamizda dunyoning eng zabt etilishi qiyin bo’lgan tog’ cho’qqilari haqida ma’lumotlar beriladi.
Banntxa-Brak, Pokiston
Qoqaqurum tog’li massivida joylashgan uchbu cho’qqini bor yo’gi uchta ekspeditsiyagina zabt eta olgan. U dunyodagi ko’tarilishi qiyin bo’lgan bo’lgan tog’ cho’qqilaridan biridir: birinchi (1977 yil) va ikikinchi (2001) muvaffaqiyatli ko’tarilishning orasi 24 yilni tashkil etadi. Ko’tarilish qiyinligi hamda halok bo’lgan alpinistlar sonining ko’pligi uchun bu tog’ “odamxo’r” nomini olgan.
Vinson massivi, Antarktida
Vinson cho’qqisiga ko’tarilish unchalik qiyin emas, biroq uning Antarktidada joylashganligini hisobga olganda uni zabt etishda anchagina qiyinchiliklarni yengib o’tish kerak. Antarktidada ushbu tog’ massivining borligi haqida 1957 yilda ma’lum bo’ldi. Uni amerikalik samolyot uchuvchilari aniqlaganlar.
Serro-Payne-Grande, Chili
Serro-Payne-Grande cho’qqisi Chilidagi Koldilyer-del-Payne tog’li massivida joylashgan. Fits-Roy tog’idagi kabi bu cho’qqiga ko’tarilishga tog’ning juda qiyaligi hamda noqulay ob-havo sharoiti halal beradi.
Lxotse, Nepal/Xitoy
Lxotse cho’qqisi bevosita Everest bilan bog’liq va balandligi bo’yicha to’rtinchi o’rinni egallaydi. Bu tog’ga 400 marta muvaffaqiyatli hamda 20 ta o’lim bilan yakunlangan chiqish qilingan. Lxotse tog’iga chiqish aytarli qiyin emas, har holda bir turoperator bitta ekspeditsiya tarkibida ikkala cho’qqini zabt etishni taklif qiladi.
Melungtse, Nepal/Xitoy
Melungtse tog’ining cho’qqisiga yagona muvaffaqiyatli chiqish 1992 yilda qayd etilgan. Bu cho’qqini zabt etishning mushkulligi Tibet hukumati tominidan ruxsatnoma berilishining qiyinligida.
Сообщения из Facebook