39,501
просмотров
просмотров
Sharsharalar - tabiatning go'zal manzaralaridan biridir.Suv oqimi shiddat bilan balandlikdan tushar ekan, parcha-parcha bo'lib, ketib, quyosh nurida tovlanadi - bu haqiqatdan ham hayratga soluvchi manzara. Har bir sharshara buyuklik va qudrat timsolidir, ammo dunyoda shunday sharsharalar borki, ulardan ko'z uzish amrimahol, soatlab tomosha qilging keladi.
Quyida biz sizlarning e'tiboringizga dunyodagi ana shunday noyob sharsharalar aks etgan suratlarni taqdim etamiz.
Quyida biz sizlarning e'tiboringizga dunyodagi ana shunday noyob sharsharalar aks etgan suratlarni taqdim etamiz.
Anxel – dunyodagi eng baland sharsharadir. Uning balandligi – 979 metr bo’lib, mashhur Niagara sharsharasidan 15 marta kattadir. Bu sharshara Venesueladagi Kanayma milliy bog’ida joylashgan. Har yili minglab turistlar tabiatning bu mo’jizasini tomosha qilish uchun mamlakatga tashrif buyuradilar.
Kauai orollari sharsharasi, Gavaya
Kauai – Gavaya orollarining eng asosiysi bo’lib, 6 mln yillar avval vujudga kelgan. Katta miqdordagi yog’ingarchiliklar tog’larda chuqur kanyonlarga ega bo’lgan sharsharalar hosil bo’lishiga olib keladi.
Niagara sharsharasi, AQSH
Niagara sharsharasi AQSH ning shimoli-sharqida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng shiddatli sharsharadir – bir soniyada 2,8 mlnlitr suv 53 metr balandlikdan tushadi. Minglab turistlar bu tabiat manzarasini tomosha qilish uchun tashrif buyuradilar.
Сообщения из Facebook