Foydali

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Shunday yoʻl orqali pullaringiz qayerga ketayotganini tushunishingiz mumkin. 30 kun mobaynida nimaga qancha sarflayotganingizni kuzatishingiz kerak. Oyning soʻngida esa barchasini taxlil qiling. Sizda eng katta harajat nimaga qaratilayotganini topib uni kamaytirishga kirishing.

Agar siz xarajatlarni nazorat qila olsangiz, unda siz faqat pulni qanday tejashni bilibgina qolmay, balki umuman moliyaviy ahvolingizni nazorat qilishingiz mumkin.  Vazifani qanchalik uzoq bajarsangiz, xarajatlarga shunchalik ongli ravishda yondashasiz. Bu esa uzoq muddatga moliyaviy ahvolingizga ijobiy taʼsir qiladi.

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Gʻarbda yangi yil arafasida kelayotgan yil uchun reja tuzish juda ananaga aylangan. Shu yoʻl orqali har haftada ajratilgan pul miqdorini jamgʻirib qoʻyishni oʻzingizga yodga solib tura olasiz. Ushbu jamgʻarma uchun 52 haftaning birinchi haftasida 1 dollar, ikkinchi haftasida 2 dollar va uchinchisida 3 dollar yigʻishga olib qoʻying  va shu zaylda davom eting. Agar istasangiz ushbu amalni teskarisiga bajarishingiz mumkin. Ilk haftada 52 dollar, ikkinchi hafta 51 dollar, uchinchi haftada 50 dollardan jamlab, keyin pul miqdorini kamaytirib boring. Ushbu usulni amalga oshirsangiz yil mobaynida 1378 dollar yigʻishga muvaffaq boʻlasiz. 

Siz ushbu usulni shartlarini oʻzingizga qulay boʻlgan usulda oʻzgartirishingiz mumkin.  Bularning barchasi qancha pulni tejashni istayotganingizga va qancha tejashga qodir ekaningizga bogʻliq. Koʻpchilik har haftada emas balki ikki haftada yoki boʻlmasa bir oyda maosh oladi. Oʻz maoshingizni ushbu usul uchun taqsimlab olishingiz mumkin. 

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Ushbu usul bundan oldingisi bilan deyarli bir hil. Farqi shundaki  siz har kunda unchalik ham koʻp boʻlmagan miqdorda pul jamgʻarasiz. Kamgina tashlagan chaqangizning natijasi ham sizni quvontiradi.  

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Bu pul jamgʻarish borasidagi eng jiddiy usul. Agar siz aynan bir qiymatdagi  pulni  jamgʻarsangiz yaxshi natijaga erishishingiz aniq. Birnchi haftada 60 dollar yigʻish uchun tashlang. Ikkinchi haftada esa unga 5 dollar qoʻshib jami umumiy 65 dollar qoʻying. Shu yoʻsinda siz 12 haftada 1,000$ yigʻishingiz mumkin.

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Bu usul aslida juda oddiy.  Harajatlaringizni qisqartirish orqali siz faqat eng kerakli narsalarga pul sarflay boshlaysiz. Masalan:kommunal hizmatlar, oziq ovqatlar  va hokazo; Kino, restaranlar, kafelar muhim boʻlmagan haridlar  uchun pul sarflashdan voz kechish kerak.  Agar siz uzoq vaqt davomida ushbu usuldan foydalansangiz ancha sezilarli darajada pul tejaysiz.

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Harajatlaringizga toʻlovni naqd pul bilan amalga oshirsangiz bu usul sizga qoʻl kelishi aniq. Shunchaki kun davomidagi qaytimlarni ishlatib yubormang. Ularni kunning soʻngida pul yigʻish uchun moʻljallangan qutichangizga solib qoʻying. Oʻzingiz ham qanchalik tez pul yigʻib qoʻyganingizga hayron qolasiz. Usulni murakkablashtirib yil mobaynida shu yoʻlda keting. Ushbu usul bilan qanchalik tejamkorlikka erishish mumkinligini sinab koʻring. 

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya

Bu judda oddiy usul! Siz hech narsa qilmaysiz.  Koʻp banklar belgilangan miqdordagi pulni yoki foizni maxsus hisob raqamga tushirib berishni taklif etadilar. Bu qiymatni siz oʻzingiz berishingiz yoki boʻlmasa har oylik maoshingizdan taqsimlab berishingiz mumkin.

Baʼzi bir banklar harajatlardan belgilangan foizlarni mahsus hisob raqamga tushirib berishni taklif etadilar. Bu usul hisob kartochkalari orqali toʻlovni amalga oshiradigan insonlar uchun qoʻl keladi.

Pul jamgʻarishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar