Qimmatbaho toshlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Yovvoyi tabiat qoʻynida topilgan eng katta gavhar tosh – Alloh javohiri, deb nomlanadi va 6,3 kg ni tashkil etadi.

Qirolicha Yelizavetaning qimmatbaho buyumlar kollektsiyasi 57 mln. dollarga teng.

“Titanik” filmidagi “Ummon yuragi” nomli olmos uydirma emas. Oʻsha mashʼum tunda kema bilan birga kattagina sapfir dengiz tubiga gʻarq boʻlgan.

Barcha olmoslar uzoq vaqt davomida grafitga aylanadi.

Olmoslar tabiatdagi eng qattiq jism hisoblansada, undan ham qattiq sunʼiy nanomateriallar ishlab chiqarilgan.

Olmos yuqori qattiqlikka ega boʻlishiga qaramay, u juda nozik. Bolgʻacha bilan urishingiz bilan u boʻlaklarga parchalanib ketadi.

Opal bezak toshining 30% suvdan iboratdir.

Yuqori sifatli zumrad toshlar brilliantlardan qimmatroq hisoblanadi.

Sof oltin asli faqat sariq rangli boʻladi, unga boshqa metallar qoʻshilsagina rangini oʻzgartirishi mumkin.

Eng yirik sapfir “Osiyo Yulduzi” deb nomlanadi va u hozirda Amerikaning Smitson muzeyida saqlanadi.

Dunyo tarixida qazib olingan oltinlarning barchasini siqib, 16 metrlik kub hajmga keltirish mumkin.

Dunyo okeanlarida 10 milliard tonna atrofida oltin bor.

Javohir 10 000 chigʻanoqdan 1 tasidagina shakllanar ekan.

Millionlab topilgan omoslarning faqat bittasigina zargarlik bezagi sifatida ishlatilishi mumkin.

Barcha olmoslarning yoshi 3 milliard yildan oshiq.

Har bir yil oyining oʻziga mos tushuvchi qimmatbaho toshi bor, ularning har biri Isroilning 12 qabilasi nomi bilan ataladi.

Nikoh uzugi nomsiz barmoqqa taqiladi, chunki u yerdan toʻgʻridan-toʻgʻri yurakka boruvchi tomir oʻtgan, deb hisoblanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



