Qishki taʼtil uchun antiqa 7 gʻoya

Konki uchish uchun oilaviy dam olish kunini belgilab, ushbu qiziqarli mashgʻulotga yaqinlaringiz, farzandingiz bilan tengqur farzandi boʻlgan doʻstlaringizni taklif qiling. Bolakay sirpanchiq uchishni bilmasa, oʻrganib olishi uchun ajoyib imkoniyat yaratishingiz mumkin. Vaqtni bu tarzda oʻtkazish farzandingiz hotirasida uzoq vaqt muhrlanib qoladi.

Farzandlaringiz bilan Yangi yil ertagi yoki biror multfilmni namoyishiga yoʻl oling. Sevimli shirinliklaridan harid qilsangiz, uning quvonch zavqi yanada ortadi. Bu ham unutilmas maroqli dam olish turidir.

Boshlangʻich sinfda oʻqiydigan kichkintoylarga Qorbobo va Qorqiz haqidagi ertaknamo sarguzashtlar yoqishi aniq. Bu kabi tomoshalar bilan nafaqat bolajonlar, balki kattalar ham Yangi yil kayfiyatini uygʻotadi.

Yurtimizning tarihiy obidalari, goʻzal goʻshalariga oilaviy sayohat uyushtirish yoki shahar tashqarisiga chiqish ham bolajonlar hotirasida uzoq vaqt muhrlanib oladi.

Bordiyu koʻchaga chiqishni istamasangiz, bolaga stul va choyshablardan uycha yasashni taklif qiling. Bundan mashgʻulot bolakayga maʼqul kelishi bilan birga, unioynai jahon va kompyuter oʻyinlaridan bir oz boʻlsa-da chalgʻitadi.

Uyda qolishni maʼqul koʻrganlar uchun yana bir qiziqarli mashgʻulot - turlioʻyinlardir. Oʻyinlarda bolalar bilan birga kattalar ha ishtirok etishi mumkin.Shunda bola oʻyinga yanada kirishib ketadi. Mazkur mashgʻulotlar bolaning intelektual salohiyati va hotirasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Qishki taʼtil- bola ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun juda qulay fursat. Ushbu vaqtda bolalar bilan uyni bayramona bezatish, derazalarga qorparcha va Yangi yil bilan bogʻliq boshqa turli tasvirlarni chizish mumkin. Archa uchun noodatiy oʻyinchoqlar, yaqinlar uchun Yangi yil tabriknomalarini yasash kichkintoylarga olam-olam zavq bagʻishlashi shubxasiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



