Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Delfinlar okean va dengizlarning ogʻir sharoitlarida yashab, oʻzlarida takomillashgan qobiliyatlarni rivojlantirishgan. Masalan, delfinlar koʻp vaqt uyqusiz tura olishlarini, boʻshliqda ajoyib yoʻl topa olishlarini, magnit hissiga egaliklarini va hatto organizmdagi qon bosimlarini nazorat qila olishlarini bilarmidingiz?

Delfinlar uxlamasliklari mumkin. Dunyodagi barcha hayvonlar uyquga muhtojlar, shu navbatda inson ham. Jahon rekordi 11 kun uxlamagan Rendi Gardnerga tegishli. Ammo toʻrtinchi kunning oʻzida unda gallyusinatsiyalar boshlandi.
Agar inson uxlamasa, u oxir oqibatda oʻladi. Xuddi shuning oʻzi rivojlangan miya funksiyalari bor jonzotlarda takrorlanadi, ammo delfinlardan tashqari, ular maʼlum boʻlishicha, uxlamasdan yurishni va oʻzlarini yaxshi his qilishni oʻrganib olishdi. Masalan, delfin bolalari tugʻilgan soʻng, ota-onasi singari birinchi oyda umuman uxlamaydilar.

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Delfinlarning noyob koʻrish qobiliyati. Maʼlumki, delfinlar oʻzlari yashaydigan dunyoda yoʻnalishni toʻgri olishlari uchun exolokatsiyadan foydalanishadi. Suv chuqurliklarida koʻrish ancha qiyinroq boʻlganligi sababli, hayvonlarga predmetlarni “koʻrish” uchun ovozlarni ishlatish osonroq. Koʻrish qobiliyati ularga umuman kerak emas deb oʻylash mumkin, ammo bu unday emas.

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Sizga delfinlar ustiga nega boshqa suv jonzotlari, masalan qisqichbaqalar, ilinib qolmasligi qiziqtirsa kerak? Kitlar koʻpincha shu jonzotlar bilan ildirib olinganlar, ammo delfinlarda immunitet bor shekilli? Delfinlar terisi doimo sirpanchiq, toza va yaltillagan koʻrinadi. Buning siri nimada?

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Maʼlumki, delfinlar ajoyib suzuvchilar, Masalan, delfin-afalina 550 metr churuqlik suv ostiga kirib, 12 daqiqa ichida nafas olmaslikka qodir. Ular bunga noyob oʻpkalari sababli qodirlar. Ularning oʻpkalari hajmi boʻyicha biznikidan katta boʻlmasada, ular ancha samaradorliroq ishlaydi. Har bir nafas bilan delfin oʻpkada 80 ga yaqin yoki ortiqroq foiz havoni almashtirishadi. Biz atigi 17 foizni almashtira olamiz.

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Tanalarida ochiq jarohatlarga ega boʻlib turib, delfinlar bakteriyalar bilan toʻla suvda suza olishadi, va bunda hech qanday yuqumli kasallikni olishmaydi. Ularni hatto akulaning iflos tishlaridan qolgan jarohatlar ham qoʻrqitmaydi. Inson bunday vaziyatda qon ifloslanishidan bir necha kun ichida halok boʻlishi tayin. Ammo delfinlarga baribir!
Delfinlarga hech qanday yuqumli kasallik oʻtmas ekan. Maʼlumki, bu jonzotlarning immum tizimi biznikiga oʻxshash, lekin ular qanday qilib oʻzlaridan barcha infeksiyani itarishadi?

Delfinlarning davolovchi kuchi odamlarga yordam beradi. Aslida, delfinlarda bunday moʻjizali qobiliyatlar qayerdan paydo boʻlgani hech kimga ayon emas. Delfinlar plankton va suv oʻtlaridan oʻziga xos antibiotiklar olishi mumkin degan tahmin bor.

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

1936 yilda britaniyalik zoolog ser Djeyms Grey delfinlar qanchalik tez suza olishlari bilan hayratlangan edi. U delfinlarning anatomiyasini sinchiklab oʻrgana boshladi va shuni aniqladiki, delfinlar terisi surkalishni oldini oluvchi moʻjizali qobiliyatga ega boʻlishi lozim, aynan oʻshanda ular shunday tezlikni rivojlantirishga qodir boʻlgan boʻlardilar. Bu fikr “Grey paradoksi” deb nomlandi va 2008 yilgacha olimlar buni yecha olishmadi.

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Nega delfinlar va kitlar baʼzida qirgʻoqqa tashlanishadi? Bu topishmoq bir necha yillar davomida olimlarni qiynab kelgan. Turlicha nazariyalar taklif qilingan: gʻaroyib kasalliklar, atrof muhitning ifloslanishi yoki harbiy texnikaning sinalishi. Ammo tadqiqotlar biror bir nazariyani tasdiqlamadi.
Hayvonlar qirgʻoqqa tashlanishlari yuz yillar davomida kuzatilgan, lekin yaqindagina olimlar buning asl sababiga yetgandek boʻldilar: buning asl sababi Quyoshda va sayyoramizning magnit maydonida ekan.

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari

Delfinlar tanalaridagi exolokatorlar haqiqatdan ajoyibdir. Ularning masofada predmetlarni his qilish qobiliyati qoyil qoldiradi. Hayvonlar ovozli signallar uzatishga va obyektlardan kelgan aks sadoni eshitishga qodirlar.
Agar bu noyob hisga boshqa yuqorida aytib oʻtilgan qobiliyatlarni qoʻshib qoʻyganda, delfinlarni boshqa mavjudotlardan farq qildiruvchi haqiqatdan fantastik tuygʻular va qobiliyat egalariga chiqarish mumkin.

Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar