Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Eng yaxshi tarixchilar, daho kriptograflar va xazina izlab yuruvchi eng ashaddiy ovchilarning harakatlariga qaramasdan, tarix, bizni hozirgacha shoshirib qoʻyadigan topishmoqlar bilan toʻla. “Kod Da Vinchi” va “Millat boyligi” filmlarida tasvirlangan oʻylab topilgan hikoyalar real hayotdagi sirlarga hech qanday aloqasi yoʻq. Bizning oʻta sirli kaliti topilmagan topishmoqlar va yechilmagan shifrlardan iborat roʻyxatimizga bir nigoh tashlang.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Polyak-amerikalik antikvar kitoblar savdogari Uilfrid M.Voynich nomiga atab nomlangan, u tomonidan 1912 yilda topilgan, 240-betlik detallashtirilgan “Voynich Manuskripti” kitobi umuman nomaʼlum tilde yozilgan. Uning betlari shuningdek, rangli suratlar va qiziq diagrammalar, biror-bir tanish turga oʻxshamas noyob hodisalar va oʻsimliklar rasmlari bilan toʻla, bu hujjatga noaniqlik va sirlilikni qoʻshadi hamda uni shifrini ochishga taaluqsiz qiladi. Manuskript muallifi aniq emas, ammo radiouglerodli analiz, uning betlari taxminan 1404 va 1438 yillar oraligʻida qilinganligi aniqlandi. Manuskript “Dunyodagi eng sirli qoʻlyozma” deb atalgan.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Kriptos – bu rassom Djim Sanborn tomonidan yaratilgan, Virdjiniyadagi Lenglida Markaziy tadqiqot boshqarmasi shtab-kvartirasida joylashgan sirli shifr bilan qoplangan haykaldir. U shunchalik sirliki, hatto MTB ham uning kodini oxirigacha ocha olmagan.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Beyl shifri bu amerika tarixidagi eng buyuk qazib qoʻyilgan xazinalarining (minglab oltin, kumush va qimmatbaho toshlar funtlari) joyini taxminan ochib beruvchi uchta shifrdan iborat majmuidir. Xazina ilk bora Tomas Djefferson Beyl ismli sirli shaxs tomonidan 1818 yilda Koloradodagi oltin qazib olish tadqiqotlari topilgan.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Fest diskining topishmogʻi Indiana Djons uslubidagi tarixiy hodisaga oʻxshaydi. Italiyalik arxeolog Luidji Pernye tomonidan 1908 yilda Festdagi minoy vayronalarida topilgan disk kuydirilgan loydan yasalgan va oʻzida balkim ierogliflarning noaniq shaklini mujassamlashtirgan sirli belgilardan iborat. U miloddan avvalgi ikkinchi mingyillikda yasalgan deb hisoblanadi.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

18 asrda qurilgan Staffordshir, Britaniyadagi Choʻponlik Yodgorligiga uzoqdan bir qarang, va siz Nikolya Pussenning “Arkadiylik choʻponlar” mashhur rasmning haykaltaroshlik asarini deb adashtirishingiz mumkin. Lekin oldinroqdan qarang, va siz harflarning qiziq ketma-ketligini DOUOSVAVVM – 250 yildan ortiq kaliti topila olinmayotgan qiziq kodni koʻrasiz. Ushbu shifrning muallifi noaniq qolishiga qaramasdan, baʼzilarning fikrlaricha, bu kod Muqaddas Qavmni toppish boʻyicha ritsar-tampliyerlar tomonidan qoldirilgan ishoradir.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Tamam Shud ishi Avstraliyaning eng katta topishmoqlaridan biridir, va u 1948 yilda Avstraliya, Adelaidadagi Somerton Bichda oʻlik topilgan, shaxsi nomaʼlum inson bilan bogʻliq. Inson kimligini aniqlay ololmaganliklari faktidan tashqari, bu insonning shimi ichidagi yashirin choʻntagida kichkina qogʻozda “Tamam Shud” soʻzli parchasi topilganligi, ishni yanada sirliroq qildi.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Bir zamonda 1977 yilning yozida, Djerri Eman, SETI (yer yuzidan tashqari jismlardan kelayotgan signallarni qidirish uchun keng tarqalgan dastur, ms. Mixednews) dasturining koʻngillisi, boshqa sayyordan xabar olgan yagona inson sanalsa kerak. Eman aqli bor jismlar tomonidan yuborilgan belgisiga ega signalga bexosdan uchrab qolish uchun uzoq kosmosdan radiotoʻlqinlarni skanerladi, oʻshanda u oʻz oʻlchovlarida siljishni kuzatdi.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Zodiak xatlari – bu fikrlarga koʻra, San-Fransisko fuqarolarini 1960 yilning ikkinchi yarimi va 1970 yillar boshida xavfli qotil, mashhur Zodiak tomonidan yaratilgan, toʻrtta shifrlangan xatlar seriyasidir. Xatlar, balkim, jurnalist va politsiyachilarning jigʻiga tegish uslubida yozilgan boʻlsa kerak, bir xatning kaliti topilgan boʻlsada, qolgan uchtasi haligacha noʻmalum turibdi.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Baʼzan “Amerikalik Stounxendj” deb nomlanadigan Djordjiyaning yoʻlboshchi toshlari – bu 1979 yilda Elbert Kaunti, shtat Djordjiya, tomonidan barpo etilgan granit haykalidir. Toshlar sakkiz tildagi gravirovkani oʻzida saqlaydi – ingliz, ispan, suaxili, hindu, ivrit, arab, xitoy va rus tillarida – va har biri “Aql Asri” uchun “yangi” oʻnta amrni oʻz ichiga olgan. Toshlar shuningdek, baʼzi astronomik oʻlchovlarni hisobga olgan holda oʻrnatilgan.
Va haykal oʻzida shifrlangan xabarlarni tutmasada, uning maqsadi va kelib chiqishi halihacha sir boʻlib kelmoqda. U, shaxsi aniqlanmagan va oʻzini R.S. Kristian taxallusi ostida yashirinib yurgan inson tomonidan oʻrnatilgan.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Rongorongo bu Pasxa orolida topilgan, turli artefaktlarda chizilgan sirli belgilar tizimidir. Koʻplar taxminlaricha, ular yoʻqotilgan husnixat yoki proto-husnixat tizimi ekanligini, va insoniyat tarixida mustaqil ravishda yaratilgan uch yoki toʻrt husnixat tizimining biri deb hisoblashadi.

Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar