Qiziqarli dunyo: Eng baxtli bolalar yashaydigan 10 ta mamlakat

Farzandlarini hech kimdan kam qilmay oʻstirib tarbiyalashni har bir ota-ona istaydi. Biroq bolalarning oʻzlari hayotlarini qanday baholaydilar? BMT ning bolalar fondi vakillari dunyoning 29 ta mamlakatlarining bolalariga “Hayotingiz sizni qanchalik qoniqtiradi?” degan savol bilan murojaat qildilar. Va turli mamlakatlardagi bolalarning bergan javoblaridan kelib chiqib, eng baxtli bolalar yashaydigan mamlakatlar roʻyxatini tuzdilar. Keling, shulardan oʻntasi bilan tanishamiz.

Kichik yoshdagi gollandiyaliklar uchun ularning mamlakati – taʼqiqlardan holi boʻlgan jannatning oʻzginasidir. Gollandiyaliklar azal-azaldan erkinlikni yaxshi koʻradilar, shuning uchun ham farzandlarini hech narsada zoriqtirmaydilar va hech bir ishda raylarini qaytarmaydilar. Taʼlim-tarbiya borasida ham bolalariga bosim oʻtkazmaydilar. Gollandiyada hattoki oilaviy yigʻilishlarda ham oxirgi qarorni bolalar qabul qiladilar. Shuning uchun ham kichik diktatolar oʻz mamlakatlarida shodu-xurramlikda hayot kechiradilar.

Islandiyada ham anʼanalar huddi Gollandiyadek, faqat bu yer juda sovuq. Aynan ana shu omil “geyzerlar oroli” degan ikkinchi nomga ega mamlakatga roʻyxatning birinchi oʻridan joy olishga halal berdi. Bolalarga bu yerda bir talay erkinliklar yaratilgan. Otalar koʻp ishlaydilar, onalar esa roʻzgʻor ishlari bilan bandlar, farzandlari esa vaqtlarining koʻp qismini bogʻcha va maktablarda oʻtkazadilar. Lekin shunga qaramay bolalar oʻzlarini juda erkin va baxtiyor his etadilar.

Bu mamlakat oila madaniyati bilan roʻyxatimizning uchinchi oʻrnidan joy olmasligi mumkin emas. Ispaniyada bolalarni allada aziz, toʻrvada magiz qabilida ardoqlab erkalab katta qiladilar. Ota-onalar farzandlarini hech ham bir oʻzlarini uyda yolʼgiz qoldirmaydilar, maktabga ham bolalar 12 yoshga yetgunga qadar bir oʻzlari bormaydilar. Bolalar bogʻchasi yoki maktabdan qoʻngʻiroq qilib, bolaning yaqinlarini chaqirib qolishlari mumkinligi uchun kimdir – koʻpincha bobo yoki buvilar doimo tayyor turadilar. Bola bir soatgina qarovsiz qolsa, xushyor odamlar albatta politsiyani chaqiradilar. Albatta bunday paypaslashlar ostida katta boʻlgan bolalar yomon yashamaydilar.

Bu mamlakat taʼlim tizimi tufayli ushbu roʻyxatdan joy oldi. Boshlangʻich maktab oʻquvchilariga baho qoʻyilmaydi, uy vazifasi berilmaydi, har xil testlar bilan qiynashmaydi. Qanday ajoyib!

Bu mamlakat ham huddi Ispaniyaga oʻxshaydi, u yerda ham ota-onalar farzandlarini paypaslab katta qiladilar to uylangurlariga qadar. Gretsiya Ispaniyadan apelsinlarining nordonligi bilangina farq qiladi.

Belgiya dunyoda shokoladlari bilan dovrugʻ qozongan mamlakatdir. Bu yerda bolalar shirinliklarni bemalol hech qanday taʼqiqlarsiz istemol qila oladilar. Bundan tashqari kichkintoylarning mustaqilligi tahsinga loyiq. Shapkani xohlasa kiyadi, xohlamasa yoʻq, ota-ona aytayotgan boʻlsa ham, bola oʻz bilganidan qolmaydi. Balki ularga tanbeh berish kerakdir? Nimalar deyapsiz, bunday narsa u yerda also sodir boʻlishi mumkin emas.

Norvegiyada bolalar oʻyinchoqlari, hobbilari, sport turlari oʻgʻil bola yoki qiz bolaniki deb ajratilmaydi. U yerda “Yigʻlama, axir sen oʻgʻil bolasan” yoki “Nimalar qilyapsan, axir sen qiz bolasan”, degan soʻzlarni hech kim ishlatmaydi. Bolalar xohlagan narsalarga qiziqadilar, his tuygʻularini xohlagancha koʻrsatadilar, xohlagan oʻyinchoqlarini oʻynaydilar. Ularga yoqsa boʻldi, hech kim toʻsqinlik qilmaydi.

Shvetsariya aniq soatlar va ishonchli banklar mamlakatidir. Shu bilan birga bu yerda bolalar hali maktabga chiqmay turib, pansionatlarga joylashadilar va shunga qaramay u yerda oʻzlarini erkin his qiladilar. Albattada, axir 7 yoshgacha bolalar uchun moʻljallangan bu pansionatda bolalar hech qanday dars qilmaydilar, harf oʻrganmaydilar, kara jadval yodlamaydilar. Bu pansionatdagi bolalar taʼlim tarbiyani qiziq oʻyinlar, turli harakatlar, tabiatni kuzatish, oʻyin kulgi orqali oladilar.
Darvoqe, Pestalotssi, Rudolf Shtayner, Mariya Montesorri kabi pedagoklar aynan Shvetsariyada yashab ishlaganlar.

UNICEF maʼlumotiga koʻra, soʻrovda ishtirok etgan Estoniyalik kichkintoylarning 86% i onalari bilan juda yaxshi til topisha oladilar. Va shu omil tufayli Estoniya baxtli bolalar yashaydigan mamlakatlar 10 taligidan joy oldi.

Bu mamlakat aholisi oʻz yaqinlariga nisbatan boʻlgan his-tuygʻularini hech qachon oshkor etmaydilar, shu jumladan kichkintoylarga. Biroq munosabatlardagi bu sovuqqonlik kichkintoylar qalbidagi baxt hissini soʻndira olmaydi. Bu yerdagi bolalar juda baxtlidirlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



