Sayohat

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Biznes uchun gʻoyalar juda bisyor, oddiylaridan tortib, gʻayritabiiyligigacha. Turizmning nostandart turlari ham biznes uchun yaxshi gʻoyadir. Fojialar roʻy bergan joylarga sayyohlarning borishida hech qanday yomonlik yoʻq. Aksincha, bu bizning tariximizga yana bir bor nazar tashlab, fojia haqida unitmaganligimizni, uni hamisha yod etishimizni bildiradi. Ushbu maqolamizda dunyodagi shunday joylar bilan tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Bugungi kunda Fukusima atom elektr stantsiyasiga turizm sayohatlari uyushtirilgan. Tarqalgan radiatsiya tufayli bu yer tashlandiq holga kelgan. Tashrif buyuruvchi sayyohlar radiatsiyaga qarshi kostumlarni kiyishlari lozim boʻladi.

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Osventsim kontslageri – millatchi Germaniyaning dahshati va vahshiyligini koʻrsatuvchi joydir. Bugungi kunda bu yer ham turistlar tashrif buyurishi mumkin boʻlgan joy hisoblanadi. Bu yerga faqat yanvar-may oylaridagina tashrif buyurish mumkin.

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Bugungi kunda koʻplab sobiq qamoqxonalar omma uchun ochiq. Alkatras qamoqxonasi ham shular jumlasidandir. Bu qamoqxona San-Frantsisko qirgʻoqlari yaqinidagi orolda joylashgan. Baʼzi qamoqxonalar esa mehmonxonaga aylantirilgan. Masalan, Istambuldagi Malmaison Oxford hamda Amsterdamdagi Hotel Lloyd qamoqxonalari shular jumlasidandir.

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Bu shahr bir paytlar 50 ming kishilik aholidan iborat edi. Aholining koʻpchilik qismi Chernobil atom elektr stantsiyasida ishlar edilar. 1986 yildagi Chernobil AES dagi avariya sababli Pripyat tashlandiq shaharga aylandi. Bu shaharning qoʻrqinchli, xilvat koʻchalari va binolari bugungi kunda koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb qilmoqda. Kimsasiz koʻchalarda tashlab yuborilgan protivogazlar va SSSR davrining buyumlarini koʻrish mumkin.

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Kambodjadagi irqchilik fojiasi tufayli 3 millionga yaqin inson oʻldirilib, koʻmib yuborilgan. Bugungi kunga kelib ommaviy qirgʻin boʻlgan bu joyga turistlar oqimi kelmoqda. Bu yerda shuningdek, genotsid qurboni boʻlgan odamlarning bosh chanogʻi bilan toʻldirilgan tarixiy oʻgʻirlarni koʻrish mumkin.

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

Italiyaning Toskana viloyati sohilboʻyida Costa Concordiya kruiz laynerining halokatga uchrab, gʻarq boʻlgan joyi ekskursovodlarning diqqatini tortib kelmoqda. Ular ham oʻz navbatida turistlarni shu halokat sodir boʻlgan joyga olib bormoqdalar.

Qiziqarli dunyo: Fojia sodir boʻlgan joylarga sayohat

2005 yilda AQSH dagi Yangi Orlean shahriga Katrina toʻfonining yopirilishi oqibatida shahar yaxshigina zarar koʻrgan. Buning natijasida turistlarning ham qiziqishiga sabab boʻlgan. Shuning uchun ham bugungi kunda bu yerga sayyohlar kelib turadilar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar