Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami

Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami
Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami

Insoniyat yaralganiga necha ming asrlar boʻldi. Buningorasida uning boshidan nimalar oʻtmadu-yu, nimalarga guvoh boʻlmadi. Boʻliboʻtgan voqealarni kelajak avlodga yetkazish uchun xalq ogʻzaki ijodi, yaʼnifolklyordan foydalanildi. Biroq folklyor ishonchli manba boʻla olmas edi.

Yozuv paydo boʻlishi bilan hamma narsa oʻzgardi.Insoniyat hech narsani unutmaydigan, barcha davrlar, xalqlar, hokimiyat,imperiya va sivilizatsiyalarni bosib oʻtib, ular haqida maʼlumotlarni yetkazaoladigan narsa, yaʼni kitobni yaratdi. Siz ushbu satrlarni oʻqiyotgan aynivaqtda dunyoning turli burchaklaridagi muzeylarda juda koʻhna davrga tegishliboʻlgan sahifalar maxsus sharoitda saqlanmoqda.

Oʻtmishga, ayniqsa qadim oʻtmishga bizning hurmatimizjuda cheksiz. Oʻsha davr haqida biz koʻproq narsa bilishga harakat qilamiz.Bunda kitob bizga katta yordam beradi. Unda qadimiylik muhri mujassam. Bundaykitobni koʻrgan odam donishmand moʻysafid bilan uchrashganday boʻladi, chunkioʻtmish haqida juda qimmatli maʼlumotlarga ega boʻladi. 

Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami
Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami
Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami

Bilimga intilish nafas olish yoki ovqatga intilishdankam emas. Bunda kitobning oʻrni beqiyos. Bilimga, qiziqishga boʻlganchanqoqlikni qondirish uchun inson kitobga murojaat qiladi. Qorin yanaochganday, bilimga boʻlgan qiziqish ham kuchayib boraveradi. Shunda inson yanakitobga yuzlanadi. Sahifalarini varaqlar ekan, borgan sari unga bogʻlanibboraveradi.

Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami
Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami

Kitoblarni sehrli deb taʼriflash oʻrinlidir.Kitoblarga jo qilingan bilimlar shunday qudratli kuchga egaki, ularni sehrbilan tenglashtirish mumkin. Kitob muqovasini ochar ekansiz, sirli olamga kiribqolganday boʻlasiz. 

Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar