Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Insonning ruhiyati dunyodagi eng katta topishmoqlaridan biri boʻlib kelmoqda. Tadqiqotchilar insonning psixologik xususiyatlari haqida koʻpgina qiziqarli faktlarni bilib olgan, va hatto baʼzi qoidalardan kelib chiqib, bizning harakatlarimizni bashorat qila oladigan boʻlsalarda, hali koʻp narsa nomalum boʻlib qolmoqda.

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Sizning xotiralaringiz qanchalik xatoligini, odatlaringiz qanchalik tez tuzilishi yoki orttira oladigan doʻstlaringizning sonini bilasizmi? Mana shu va boshqa psixolohik omillar oʻz-oʻzingizni yaxshiroq bilib olishingizga yordam beradi.

1. Siz “eʼtiborsizlik koʻrligi” dan azob chekasiz

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

“Koʻrinmas gorilla” tajribasi haqida eshitmagan boʻlsangiz kerak. Bu tajriba olib borilayotgan vaqtda jarayon videoga olingan. Ushbu videoda oq koftali odamlar necha marta bir birlariga toʻpni tashlaganlarini sanash kerak boʻladi. Bu “eʼtiborsizlik koʻrligi” deb nomlanuvchi jarayondir. Fikr shundaki, biz biror vazifaga butun eʼtiborimizni berganimizda, koʻpincha deyarli “burnimiz tagida” sodir boʻlayotgan narsalarni koʻrmay qolamiz. Ushbu tajribada gorilla kiyimidagi inson oʻyinchilar guruhi orasida oʻtadi, toʻxtaydi va qaytib ketadi. Toʻp otarishlarni sanash bilan ovora ishtirokchilar koʻpincha gorillani shunchalik koʻrishmaydi. Bundan tashqari, gorilla chiqishi haqida biladigan odamlaryanada eʼtiborsiz boʻlishadi va boshqa oʻzgarishlarni sezmay qolishadi (masalan, pardalar rangining oʻzgarishi, bir qizning ketishi).

2. Siz bir vaqtda atigi 3-4 ta elementni eslab qolishingiz mumkin

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

“Sehrli 7 soni plyus minus 2” qoidasi bor, va unga asosan odam bir vaqtning oʻzida 5-9 blok maʼlumotdan ortigʻini eslab qololmas ekan. Qisqa vaqtli xotirada maʼlumotning koʻpgina qismi 20-30 soniyaga eslab qolinadi, va soʻng biz uni darhol unutamiz, agar qayta-qayta takrorlamasak, albatta. Baʼzi odamlar xotirada 7 sonni qisqa vaqt ichida saqlab qolsalarda, bizning barchamizga miyamizda 10 ta sonni saqlab qolish qiyindir. Oxirgi tadqiqotlar koʻrsatishicha, biz bir vaqtning oʻzida undanda kamroq: 3-4 blok maʼlumotni saqlashimiz mumkin. Biz qabul qilgan maʼlumotlarni guruhlashga harakat qilsakda? Bizning qisqa vaqtli xotiramiz cheklangan boʻlib qoladi. Shu misolda telefon raqami biz uni tezroq eslab qolishimiz uchun bir necha qaramlar guruhiga boʻlingan.

3. Biz qizil va koʻk ranglar birikmasini yomon qabul qilamiz

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Bu ranglar koʻpgina milliy bayroqlarda ishlatilsada, qizil va koʻk ranglar bir biriga yaqin turganida bizning koʻzlarimiz buni ogʻir qabul qiladi. Bu baʼzi ranglar “ustun turishi” va boshqasi yoʻqolib qolishiga olib keluvchi “xromostereopsis” nomli taʼsir oqibatida sodir boʻladi. Bu koʻzlarning qizishini va charchashini keltirib chiqaradi. Koʻpincha bu taʼsir qizil va koʻk hamda qizil va yashil ranglar birikishida yuzaga keladi.

4. Siz narsalarni bir turda koʻrasiz, va boshqa turda qabul qilasiz.

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Kembridj universiteti tadqiqotiga binoan, “szdoʻa hlfarar tabitri qnaady tihusri miuhm eams. Eng mumhii, bnircihi va ogirxi haflrar oʻz jdyoia trihusi lziom”.

Hatto barcha qolgan harflar aralashtirilgan boʻlsa ham, siz gapni oʻqib olishingiz mumkin. Buning sababi shundaki, inson inson miyasi har bir harfni oʻqimaydi, u soʻzni butunligicha oʻqiydi. U sezgi organlaridan oladigan maʼlumotlarni doimiy ravishda oʻrganib chiqadi, va siz maʼlumotni (soʻzlarni) qanday qabul qilishingiz, qoida boʻyicha, siz koʻradigan (aralash harflar) dan farq qiladi.

5. Siz chuqur eʼtiboringizning atigi 10 daqiqa ichida saqlab turishga qodirsiz

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Hatto majlisda oʻtirgan boʻlsangiz ham, mavzu sizni qiziqtirsa ham va odam uni qiziqarli tarzda aytib berayotgan boʻlsada, siz unga eng koʻpi bilan 7-10 daqiqa ichida eʼtibor qaratasiz. Bundan soʻng eʼtiboringiz susayoshni boshlaydi va keyinchalik eʼtiborni saqlab turish uchun siz tanaffus qilishingiz lozim boʻladi.

6. Rohatlanishni chetga surish qobiliyati bolalikdan paydo boʻladi

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Sizning oʻz xohishlaringizni oʻsha zahotiyoq orqaga surish qobiliyatingiz bolalikdan shakllanadi. Bolaligidan xohishlarini orqaga surgan insonlar, maktabda yaxshi oʻqishgan, va stress hamda koʻngil soʻnishi bilan yaxshi kurasha olishgan.

7. Biz vaqtning 30% da orzularga berilamiz

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Osmonda parvoz qilishni yoqtirasizmi? Ruhshunoslarga koʻra, biz hammamiz kamida 30% vaqtimizda orzularga berilamiz. Baʼzilar esa bundan ham koʻproq vaqtni bu mashgʻulotga ajratishadi, va bu doim ham yomon emas. Tadqiqotchilar taʼkidlashlaricha, orzu qilishni sevadigan odamlar, qoida boʻyicha, ancha oʻychan va turlicha muammolarni yengilroq hal qilishadi.

8. Odat 66 kun ichida shakllanadi

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

U yoki bu harakatlar qanchalik tez bizning odatlarimizga aylanishini oʻrganayotgan olimlar, bu uchun bizga oʻrtacha 66 kun kerakligini aniqlashdi. Biz ega boʻlmoqchi boʻlgan odat qanchalik qiyin boʻlsa, unga ega boʻlish uchun shunchalik koʻp vaqt kerak boʻladi. Shunday qilib, jismoniy mashqlarni bajarish odati avtomatik boʻlib qolishi uchun, tushlikka meva yeyish odatini singdiruvchilarga sarflanadigan vaqtga nisbatan1,5 barobar koʻproq vaqt sarflanadi. Hatto siz bir yoki ikki kunni tashlab oʻtsangiz, bu odatni rivojlantirishga hech ham taʼsir qilmaydi, lekin izma-iz bir nechta bajarilmagan kunlar jarayonni sekinlashtirishi mumkin.

9. Siz kelajakdagi hodisalarga boʻlgan reaksiyangizni haddan tashqari baholaysiz

Qiziqarli dunyo: Siz oʻzingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar

Biz kelajakni unchalik yaxshi baholay olmaymiz. Aniqrogʻi, Biz kelajakda sodir boʻladigan hodisalarga, xoh u yaxshi, xoh u yomon boʻlsin, haddan ziyod baho beramiz. Tadqiqotlarga koʻra, odamlar turmush qurish yoki yirik yutuq kabi musbat voqealar bizni baxtliroq qiladi, haqiqatda uncjalik boʻlmasa ham. Xuddi shunday, negativ hodisalar, ishdan ozod boʻlish yoki favqulodda holat kabilar bizda, haqiqatdagidan koʻra ancha koʻproq tushkunlikka olib keladi deb oʻylaymiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar