Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Xato sababli millioner: talaba qiz kutilmaganda 1 million dollardan ortiq miqdorda stipendiya pulini oldi

27 yoshlik Sibongile Mani janibiy Afrikaning Mtata shahridagi Uolter Sisulu nomidagi universiteti talabasi, buxgalterlik ishini oʻrganadi. Har oy u 1430 rand (6,3 ming rubl yoki 108 AQSH dollariga yaqin) miqdorida ijtimoiy stipendiya oladi. Taxmin qilinishicha, bu mablagʻga talaba qiz oʻziga oziq-ovqat va oʻquv qoʻllanmalar sotib oladi.

Qiziqarli dunyo: Xato sababli millioner: talaba qiz kutilmaganda 1 million dollardan ortiq miqdorda stipendiya pulini oldi

Yoz boshida talaba qiz bankdagi oʻz hisob raqamini tekshirishi natijasida u yerda katta pullarni topgan. Universitetning moliyaviy ishlarini olib boruvchi kompaniya Intellimali, Manining hisob raqamiga 14,3 million rand oʻtkazgan ekan. Bu, taxminan 65 million Rossiya rubliga, yoki 11 million AQSH dollariga teng. Shunday qilib, 1 iyundan 13 avgustgacha Sibongile Mani Qora qitʼaning eng boy talabasiga aylandi.

Qiziqarli dunyo: Xato sababli millioner: talaba qiz kutilmaganda 1 million dollardan ortiq miqdorda stipendiya pulini oldi

Ehtimol xato yuz berganini talaba qiz xech kimga aytmaslikka qaror qilgan. Buning oʻrniga u shoxona yashab, oʻziga va doʻstlariga yangi narsalar, sovgʻalar olishni, dabdabali oqshomlar tashkillashtirishni boshladi. Bunday dabdabali hayot eʼtibordan chetda qolmadi. Universitetda mish-mishlar tarqala boshladi va natijada kimdir Manida 13 million randdan ortiqroq pul borligi koʻrsatilgan, bank chekini koʻrib qolgan.

Qiziqarli dunyo: Xato sababli millioner: talaba qiz kutilmaganda 1 million dollardan ortiq miqdorda stipendiya pulini oldi

Talabaning dabdabali pul sarf qiladigan hayot boshlanganidan 73 kun oʻtib, Manining stipendiyasini toʻlab beruvchi tashkilot NSFAS talabalarga milliy yordan dasturining vakillari bilan SASCO mahalliy talabalar tashkiloti kotibining yordamchisi bogʻlandi. Universitetda aytishlaricha, ular bunday daxshatli xato qanday yuz berganini tuwuna olmayaptilar. Talaba qizning hisob raqamidan mablagʻlarning qoldigʻini yechib olishdi. U sarf qilgan pullarini qaytarishi kerak. Hammasi boʻlib Mani taxminan, 850 ming randni sarf qilishga ulgurgan boʻlib, bu 3,8 million rublga teng.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar