Qiziqarli dunyo: XX asrdagi mashur shaxslarining nabiralari bugungi kunda

Quyida biz esga olmoqchi boʻlgan mashhur shaxslarning koʻpchiligi afsuski hayotdan vaqtli koʻz yumdilar va avlodlarini koʻrolmay oʻtib ketdilar. Ammo biz oʻtgan asrning eng muhim shaxslarining nabiralari bilan tanishish imkoniga egamiz. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.

Opa-singillarning kattasi boʻlmish Rouzning tashqi koʻrinishi mashhur buvisiga juda oʻxshab ketadi. U Garvardni tamomlagan, kinoga qiziqadi va yaqinda komediyali serialda suratga tushdi. Kichigi Tatyana esa Yelsk universitetini tamomlab, jurnalistika sohasida faoliyat yuritadi.

Ularning Jek ismli ukalari ham bor. Ot izini toy bosadi deganlariday, u afsonaviy ajdodining izidan ketib, oʻzini siyosatga bagʻishladi.


Emma – rassom. Uning buvisi UNICEF bilan hamkorlik qilgani uchun Emma yoshligidan Florentsiyadagi sanʼat Akademiyasida tahsil olgan.
Yaqinda bu qiz model sifatida bir qancha fotosessiyalarda ishtirok etdi.


Bu qiz oʻzining yulduzli ajdodiga juda oʻxshash. Elisonga buvasidan iqtidor, maftunkorlik va jozibadorlik meros sifatida oʻtgan. Biroq u kinoni tanlamasdan, model boʻlishni afzal koʻrdi.


Bob Dilanning nabirasi buvasi kabi musiqaga qiziqadi va gitarada ham oʻynaydi. Biroq bi ishni faqatgina yaqinlarining atrofidagina qiladi. Oʻzi esa hamma mashhur shaxslarning avlodlari kabi modellik sohasini tanladi.


Sharlotta kino yulduzi Greys Kellining nabirasi va Monako qirolligining malikasi boʻlmish Karolinaning qizidir. U Sorbonani (falsafa fakulteti) tamomlab, hozirda jurnalistika sohasida faoliyat yuritadi, xayriya ishlari bilan shugʻullanadi va chavandozlikni yaxshi koʻradi. Boʻsh vaqtida esa moda brendlarining reklamasida suratga tushadi. Masalan yaqinda u Gucci mahsulotlarining reklamasida ishtirok etdi.


Buyuk rassom Pikasso hayot boʻlganida bunday nabirasi bilan faxrlanishi aniq edi. Axir Diana bobosining nozik rassomlik iqtodorini, uslubini meros sifatida qabul qilib olgan, biroq oʻzi rassom boʻlmadi. Buning oʻrniga u sanʼat tarixini oʻrgana boshladi. “Sotbis” kim oshdi savdosi bilan ekspert sifatida hamkorlik qildi. Hozirgi kunda dunyoning yetakchi muzeylarida koʻrgazmalar tashkil qiladi.


Bob Marli oʻzidan keyin boy meros tashlab ketdi va bu meros faqatgina ijodiy emas. Mashhur musiqachining 7 nafar ayoli boʻlgan va ulardan11 nafar farzand koʻrgan. Hozirgi kunda uning uch nafar nabirasi keng ommaga tanish. Niko – amerikacha futbolning professional oʻyinchisi, Sela – dongʻi ketgan model, Skip esa Ketti Perri bilan duet aytib mashhur boʻlgan.


Raylining bobosi mashhur qoʻshiqchi boʻlishiga qaramasdan u buvisi kabi aktrisalikni tanladi. Yaqinda u serialdagi roli uchun “Zolotoy globus” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



