Avto

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Qoʻlda kir yuvish bir qancha afzalliklarga ega. Odatda, uy bekalari qimmatbaho va nozik matodan ishlangan liboslarni kir yuvish mashinasiga ishonmay yeng shimarib ishga kirishadilar. Kirni qolda yuvish buyumlaringizga ziyon yetkazmay tozalash imkonini beradi.

Qoʻlda kir yuvish ogʻir mehnat talab qilsa-da, ayrim hollarda siz istagandek natija bermay ranjitadi. Unutmang: kir libos va buyumlar qancha koʻp vaqt qoldirilsa, uni tozalash shuncha qiyinlashadi. Bundan tashqari toʻplangan kirga nohush hid oʻrnashib qoladi. 

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Ishga kirishishdan avval kirlarni rang va mato turiga koʻra saralab oling: oq liboslarni rangli matolardan, sunʼiy gazlamalarni tabiiylaridan ajratib olish lozim. Bundan tashqari, saralash chogʻida ularning ularning qay darajada kir boʻlganligini ham hisobga oling. Kirlarni suvga solishdan avval choʻntaklarni tekshirish yoddan chiqmasin.

Odatda, kir yuvish ivitib qoʻyishdan boshlanadi. Eʼtibor bering, faqatgina oʻz holatini oʻzgartirmaydigan buyumlarni ivitish mumkin. Rangli buyumlarni oq libosdan alohida ivitiladi. Kir buyumlar iliq suvda kir yuvish kukunini sepib bir necha soat qoldiriladi. Eng kir boʻladigan sohalar (yoqa, manjet va hokazo)ni oldindan sovunlab qoʻyish mumkin. Suv kirdan oʻn barobar koʻp boʻlishi lozim. 

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Qoidaga koʻra, avvalo, yengil kir boʻlgan, soʻngra oʻrtacha, ohirida eng kir liboslar yuviladi. Yupqa buyumlarga ziyon yetkazishni istamasangiz ularni qoʻlda yuvishingiz talab etiladi.

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Bunday buyumlarni tozalashda kir yuvish kukuni eritmasidan foydalanish darkor (4 litr iliq suv uchun 2 oshqoshiq kir yuvish kukuni va 3 oshqoshiq sirka).

Buyumni ushbu eritmaga solib, bir nech bor (aylantirmasdan) siqing, iliq suvda chayib toza matoga oʻrang.

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Oʻta kir va rangi chiqadigan buyumlarni tozalash uchun ularni oldindan osh tuzi eritmasida ivitib qoʻyish lozim (bir chelak suv uchun 1 oshqoshiq tuz).

Tozalangan libosni suv toʻliq toza boʻlguniga qadar chayish lozim. Rangli liboslarni chayishda bir chelak suvga 3-5 oshqoshiq sirka solib yuborish mumkin. Sirka libosning rangini ochib, unga yaltiroq tus beradi.

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Turli matolardan tayyorlangan mahsulotlarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Jundan toʻqilgan buyumlarni sovunli iliq suvda ichki tomonidan tozalanadi, chayishda biroz gliserin va bir necha tomchi novshadil spirti qoʻshilgan suvdan foydalaniladi. Jundan ishlangan buyumlar chayib boʻlingach yaxshilab siqiladi, biroq ularni aylantirib burash mumkin emas. Bunday buyumlar tekis yuza ustiga toʻshalib, ustiga paxmoq sochiq yoyilgancha quritiladi.

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari

Trikotaj matolarini iliq sovunli suv yoki kir yuvish kukunidan foydalangan holda yuvib, avval iliq, soʻng sovuq suvda chaying. Chayish jarayonida yengil siqib, namlikni tortib olishi uchun yumshoq matoga oʻrab qoʻying.

Sunʼiy matodan tayyorlangan liboslar (neylon, kapron va hokazo) sovunli iliq suvga bir necha marta botirib olinadi. Buyum avval iliq, soʻng sovuq suvda chayiladi. Uni yarim soat oldin kir yuvish eritmasiga botirib qoʻygancha oʻsha suvning oʻzida sovunsiz yuvish mumkin. Kir boʻlgan qismlar choʻtka yordamida tozalanadi.

Qoʻlda kir yuvishning afzalliklari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar