Qiziqarli maʼlumot: Biz avval oʻylab koʻrmagan noyob savollar va ularning javoblari


Metro 50-70 metr chuqurlikda qaziladi. Bunday chuqurlikdagi tuproqning sifati yaxshi boʻladi, shuning uchun uni turar joy massivlarining qurilishida yoki yoʻllarni tekislasah uchun jarliklarni koʻmishda ishlatishadi. Shaxta qazilmasi – bu boshqa gap. Bir necha kilomert chuqurlikdagi yer qatlamida katta miqdordagi sulfat kislotasi hamda ammiak mavjud boʻlib, bu moddalar u bilan davomiy aloqaga kirishadigan har qanday tirik mavjudodni halok qiladi. Bunday zararli kimyoviy moddalarni bartaraf qilish uchun maxsus sunʼiy qoplamlar yaratiladi. Shundan keyin bu tuproq 20-25 yil davomida qayta kultivatsiya qilinadi va zararli moddalardan butkul halos boʻlgandan keyin tomorqalarda ishlatiladi yoki jarliklarni tekislashda foydalaniladi.

Pasport almashtirish uchun koʻrsatmalardan biri tashqi koʻrinishning sezilarli darajada oʻzgarishidir: haddan tashqari ozib ketish yoki semirish, soch turmagi yoki rangining tubdan oʻzgarishi hamda plastik operatsiya. Odam oʻzining pasportdagi rasmiga shundoq ham koʻpincha oʻxshamay qoladi, tashqi koʻrinishdagi oʻzgarishlar sababli esa inson deyarli boshqa insonga aylanib qolganday boʻladi va hamisha plastik jarrohlik klinikasidan berilgan hujjat bilan yurishga toʻgʻri keladi. Shuning uchun tushunmovchiliklarga duch kelmaslik uchun bunday hollarda pasportni almashtirgan maʼqul.

Shoxli hayvonlarda suzishganlarida bosh chayqalish holatlari boʻlmaydi. Ular shunga moslashganlar, bosh chanoqlari ham suzish jarayonida ogʻriq boʻlmaydigan qilib yaratilgan. Biroq bu hayvonlarda bosh ogʻrigʻi boʻlmaydi, degani emas. Barcha jonivorlarda bosh ogʻrigʻi boʻladi, shoxdorlar ham bundan mustasno emaslar. Lekin bunin hech ham shoxga bogʻliq joyi yoʻq.

Insonda nutq olti yoshgacha shakllanib boʻladi. Shunday qilib, nutq koʻnikmasi shaxs asosini tashkil etadi va mustahkam himoyalangan boʻladi: nutq uchun javobgar boʻlgan hujayralar miyada chuqurroq joylashgan. Xotira esa miyaning yuza qavatida joylashgan boʻlib, mustahkam himoyalanmagan, shuning uchun ham u amneziya vaqtida oʻchib qoladi.

Koʻpchilik ayiqlar yirtqich boʻlishlariga qaramay, ular hamma narsalarni yeyaveradilar. Qoʻngʻiq ayiq oʻrmonda yashagani uchun u oldidan uchragan mevalar, rezalar, baʼzan esa asalni ham yeydi. Biroq bu boʻri bugʻuni yemaydi. Qutbdagi oq ayiq esa roʻparasidan asalli qutbchi chiqib qolsa, asalni ham, qutbchini ham paqqos tushiradi.

Bu qonun qadimgi paytlarda paydo boʻlgan: sport tabiatga qarama-qarshi ravishda tashkil qilingan (yaʼni sunʼiy rivojlanish tabiiy rivojlanishga qarshi chiqqan). U paytlarda soat millari boʻlmagan, shuning uchun ham quyosh soatlaridagi soya harakatiga qarama-qarshi tomonga qarab yugurilgan. Bir necha asrlardan keyin esa atletlar bunday yugurishning ancha qulayligini his etganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



