Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 23:26 da sodir boʻladi, biroq bizning mintaqada uni toʻgridan-toʻgʻri koʻrishning imkoniyati boʻlmaydi. Quyosh tutilish hodisasini AQSH hamda butun Shimoliy Amerika mintaqasi va qisman Janubiy Amerika mintaqasi aholisi kuzatishi mumkin. Bu noyob astrologik hodisada Oy Quyoshni naq bir yarim soat vaqtga toʻsib qoʻyadi.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Bu Quyosh tutilishi Oy bilan bogʻliqligi sababli odamlarga, ularning kayfiyati, sogʻligʻi va hattoki taqdiriga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Bu taʼsir tutilishdan uch kun oldin va uch kun keyin sodir boʻlib turadi, yaʼni 18 avgustdan 24 avgust kunlarigacha. Bu davrda katta oʻzgarishlar, kutilmagan hodisalar roʻy berishi mumkin. Shuning uchun bu kunlarda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Quyosh tutilish davrida odamlar murosasiz kelishuvlar qabul qiladilar, oqibati yomonlik bilan tugaydigan ishlarga qoʻl uradilar. Shuning uchun bu davrda muhim ishlar, oldi-sotdi va yirik shartnomalar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirmagan maʼqul. Bu kuni yoʻlga chiqishni moʻljallagan boʻlsangiz, sal keyinroqqa suring.

Undan tashqari bu davrda ish va oʻqish joyini ham alishtirmay turgan maʼqul, aks holda uzoq vaqt yangi ish topa olmaysiz.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Keng omma bilan bogʻliq marosimlarda ham qatnashish, odamlar koʻp boʻlgan joylardagi yigʻilishlarga borishdan tiyilgan maʼqul. Chunki, Quyoshning quvvati ommaga kuchliroq taʼsir qiladi.

Bunday davrda koʻrilgan tushlar koʻpincha oʻngidan keladi va taqdiringiz haqida belgilar berishi mumkin. Shuning uchun bunday tushlarga beeʼtibor boʻlmang.
Mutaxassislarning fikricha, Quyosh tutilish davrida insonlar asabiy va jahldor boʻlib qoladilar.

Agar yaqin odamingiz sizni hafa qilgan boʻlsa, ahamiyat bermang, ehtimol unga Quyosh tutilishi taʼsir qilganbdir.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Quyosh tutilishining salbiy taʼsiri bilan birga ijobiy taʼsiri ham bor. Astrologlarning aytishicha, bu davr ijod va hayotdagi faoliyat uchun juda qulaydir.

Bu kunlari shuningdek hayotda va uyda yigʻilib qolgan keraksiz narsalardan xalos boʻlish kerak. Bu davr har tomonlama “tozalanish”, kuchlarni toʻplash va hayotni yorqin boʻyoqlar bilan toʻldirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bu davr shuningdek hayotni yaxshi tarafga oʻzgartirish, koʻnglingiz yoqtirmagan insonlar hamda yomon hayollar bilan hayrlashish uchun qulaydir.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Astrolog olimlarning taʼkidlashlaricha, quyoshning tutilishi koʻproq erkak kishiga taʼsir qilsa, Oy ayollarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Biroq jinsidan qatʼiy nazar bu vaziyatda bolalar va qariyalar aziyat chekishlari mumkin.

Quyosh tutilishi sogʻliqqa ham taʼsir oʻtkazmay qoʻymaydi – bosh ogʻrigʻi, qon bosimining koʻtarilishi , surunkali kasalliklar xuruj qilishi mumkin. Shuning uchun sogʻligʻingizga ahamiyatliroq boʻling.

Bunday holda kontrast dush qabul qilgan afzal, ob-havo oʻzgarishiga beriluvchan insonlar esa kuchli jismoniy faoliyatni cheklashlari maslahat beriladi.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Agar Quyosh tutilishi davri tugʻilgan kuningizga toʻgʻri kelib qolgan boʻlsa, kelasi yilingiz oʻta muhim voqealarga toʻla boʻladi. Biroq esda tuting, bu kunga toʻgʻri kelib qolgan bunday astrologik hodisa ham negativ va ham muvaffaqiyatli voqealarga sababchi boʻladi: nikoh/ajralish, yangi joyga koʻchish.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi

Tarixdan maʼlumki, koʻpgina katta oʻzgarishlar, olamshumul voqealar, taqdirni hal qiluvchi kutilmagan hodisalar aynan shunday Quyosh tutilish davrida sodir boʻlgan. Mutaxassislarning fikricha, bu yilgi Quyosh tutilishi Amerika mintaqasi ustida sodir boʻlgani uchun aynan oʻsha yerdagi davlatlarga oʻz taʼsirini koʻproq oʻtkazadi. Xususan, AQSH da katta oʻzgarishlar sodir boʻlishi kutilmoqda.

Qiziqarli maʼlumot: Bugun 2017 yil 21 avgust kuni noyob koinot hodisasi - Quyosh tutilishi roʻy beradi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar