Qiziqarli maʼlumot: Madonna tavallud ayyomini qanday nishonladi


Bu mashhur yulduz olti nafar farzandlarining barchasi aks etgan suratlarini avval hech eʼlon qilmagan edi. Iyun oyida Madonna toʻrt nafar farzandi: Lurdes, Rokko, Devid va Mersi bilan birgalikda tushgan suratlarini omma nazariga havola etgan edi. Unda egizaklari Ester va Stella yoʻq edi.

Tugʻilgan kuni munosabati bilan tushgan suratlarni Instagram sahifasiga joylashtirar ekan, “Tugʻilga kun” deb qisqagina sharh qoldirdi, xolos.
Muhlislar darrov sharhlarini yuborishni boshladilar va Madonani tavallud kuni bilan tabriklay boshladilar.

Qoʻshiqchi tavallud ayyomini ikki kun nishonladi.Bu davr mobaynida u bolalari bilan orol boʻlylab aylanishga, kontsertga tushishga, ot minib sayr qilihga va shoʻx-shadon kecha uyushtirishga ulgurdi. Bu tomoshada Madonnaning qizlari Dolce&Gabbanna brendiga tegishli gul nisxali bir xil kuylaklarni kiydilar.

Eslatib oʻtamiz, Stella va Ester ismli egizak qizaloqlar joriy yilning fevral oyida qoʻshiqchi tomonidan boqib olingan edi. Oʻshandan beri ularning suratlari Madonnaning Instagramdagi shaxsiy sahifasida koʻrinib kelmoqda. Yulduz ular bilan baxtiyorligi ham koʻrinib turibdi. Boshqa farzandlar ham onalaridagi bu baxtni koʻrib, uning quvonchiga sherik boʻlmoqdalar.

Madonnaning katta qizi Lurdes 1996 yilda tugʻilgan. Uning otasi kubalik sportchi Karlos Leon boʻlib, Madonna u bilan bir vaqtlar uchrashib yurgan edi. Keyinchalik qoʻshiqchi Gay Richiga turmushga chiqdi va 2000 yilda ularning nikohlarida Rokko dunyoga keldi. Oradan olti yil oʻtib, ular 13 oylik Devidni boqib oldilar. 2009 yilga kelib Madonna Malavidagi bolalar uyidan Mersi ismli oʻgʻlini boqib oldi, bu vaqtda qoʻshiqchi ikkinchi eri bilan ham ajrashishga ulgurgan edi.

Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, Madonna boqib olgan toʻrt nafar farzandlarining barchasini Afrikadagi Malavi davlatining bolalar uyidan olgan.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



