Qiziqarli maʼlumot: Oʻz egalariga qaytib kelgan noyob topilmalar

Biz sizning eʼtiboringizga yoʻqolgan buyumlarning egalariga ajoyib tarzda qaytib kelganligi haqida baʼzi misollarni keltiramiz.

Kitobning yoʻqolgan 6-tomini egasi ikki oy axtardi, qidirmagan joyi qolmadi. U esa kitob javonida oʻz joyida faqat oyogʻi osmondan boʻlib turgan ekan. Qidirayotgan odam ham uni 9- tom deb oʻylab, unga eʼtibor bermagan.

Ushbu mobil telefon egasi uni tushirib qoʻygan va topa olmagan. Bu telefon esa oʻz hovlisida tushib qolgan va muz ostida qolib ketgan. Uch oydan keyin topilgan telefonning quvvati ham oʻchmay turgan ekan.

Avtomobil egalari mashina oʻrindigʻini koʻtarib koʻrganlarida naq “xazina” ga duch keldilar. Oʻrindiqning tagida bir talay chaqa tangalar yigʻilib yotgan ekan.

Sabziga “Yer ostida oltin qoziq” degan taʼrif bekorga berilmas ekanda. Bir qariya tomorqada sabzi kavlab olib, bir necha yil oldin yoʻqolgan tilla nikoh uzugini topib oldi. U sabzi bilan birga yer ostidan chiqib keldi.

Yoʻqolgan iPod egasi uni ancha qidirdi, axtarmagan joyi qolmadi, oxiri umidini ham uzdi. Biroq bir yildan keyib iPod oshxonadagi stol usti qoplamasining tagidan topildi. Ha, u yaxshilab “berkinib” olgan ekanda.

Ushbu bir poy zirakning egasi uni qayerda tushirib qoʻyganini ham sezmay qoldi. Ikki oy oʻtib zirakning oʻzi topila qoldi. U oyoq kiyimining tagiga ilinib olgan ekan.

Oshraz amaki uzoq vaqt koʻzoynagini topa olmay yurgan edi va qayerga qoʻyganini eslay olmadi. Aniqlanishicha, oshpaz koʻzoynagini ovqatga qoʻshib pishirib yuborgan ekan.

Bir bolakay baliq oviga borib, antiqa oʻljani qoʻlga kiritdi. Qarmoqqa baliq oʻrniga ayollar sumkachasi ilindi. Uning ichi ochib koʻrilganda bu sumkacha 25 yil avval yoʻqolgani va shuncha davr mobaynida suv ostida yotgani maʼlum boʻldi.

Amerikaning GoPro kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan GoPro kamerasi yoʻqolganida ikki oy oʻtib, suv ostidan topildi.

Ushbu jeton esa 20 yil avval yoʻqolgan edi. Baliq ovida toʻrga ilinib chiqqan bu jetonni baliqchi oʻz egasiga qaytarib berdi.

Bir yigit yigirma toʻqqiz yil avval kontsertga tushaman deb sotib olgan chiptasini yoʻqotib qoʻydi. Uni qancha qidirgan va bu kontsertga tushganmi-yoʻqmi aniq emas. Biroq bu chipta qariyb oʻttiz yildan keyin topilishi hech kimning hayoliga ham kelmagan.

Yoʻqolgan narsani axtarganda ʼqidirmagan joyim qolmadi” deyishdan saqlaning. “Sizdan berkinib olgan” narsa hayolingizga kelmagan joyni tanlagan boʻlishi mumkin.

Bu esa daraxt ichiga kirib qolgan golf koptokchasi. Oʻyinchilar daraxtning yoniga dumalab borganini koʻrishdi-yu, biroq uni yoʻqotib qoʻyishdi. Daraxt ostiga kiib qolgan koptok yillar oʻtib mana shunday ahvolda topildi.

Bi r erkak esa koʻzoynagini yoʻqotib qoʻydi. Qayergadir qoʻyganini bilardu-yu, aynan qayergaligini eslay olmadi. Mashinasini avtoservisga olib borganida koʻyoynak mashinaning tagidan topildi.

Mashinaning kaliti yoʻqolib qoldi. Uning egasi oila aʼzolari bilan uzoq qidirishdi. Hech qanday natija boʻlmagach, uning topilishidan umidligini uzishgan edi. Biroq kalit biroz vaqtdan keyin topildi. Kalit oʻgʻilchaning oʻyinchoq mashinasiga oʻrnatib qoʻyilgan ekan.

Bu konki daraxtga osib qoʻyilganicha qolib ketavergan. Aftidan konki daraxtda juda uzoq osilib turavergan.

Bir oila uylarining devoriga oʻrnatilgan maxfiy seyfni topib oldilar. Sefni bir amallab ochganlarida undan 51 ming dollar pul, bir shisha eski burbon ichimligi va topilmalar haqidagi kitob borligi aniqlandi.

Uy cherdaklarining biridan topilgan Feberje haykalchasi Nikolay II zamoniga taalluqlidir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



